2021 yilda Tokioda bulib utadigan Olimpiada uyinlarini tashkil qilish uchun yana 2,4 mlrd dollar talab qilinadi. Bu haqda uyinlar tashkiliy qumitasi ijrochi direktori Tosiro Muto malum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu mablagning 1,5 mlrd dollari uyinlar sanasini kuchirish bilan bogliq operativ ehtiyojlar, yana 900 mln dollar koronavirusga qarshi kurashish choralari uchun sarflanadi.
Muto kharajatlarni pasaytirish uchun tashkilotchilar barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini takidladi.
Avvalroq Olimpiada byudjeti 13 mlrd dollar deb baholangandi.
Tokio Olimpiadasi va Paralimpiadasi 2020 yil yozda bulib utishi kerak edi, ammo pandemiya sababli bir yil ortga surildi. Endilikda Olimpiada 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiada esa 24 avgustdan 5 sentyabrgacha utkaziladi.