Home / Siyosat / Tigray qirgini: Efiopiyada yangi urush olovi. U erda nimalar bulmoqda?
Место рекламы

Tigray qirgini: Efiopiyada yangi urush olovi. U erda nimalar bulmoqda?

Efiopiyada hukumat va ayirmachilarning «Tigray ozodlik khalq fronti» kuchlari urtasida ziddiyat avj olmoqda. Tigray provinsiyasini nazorat qiluvchi jangarilar qushni provinsiyadagi ikki aeroportga raketalar bilan hujum qilishgan va bunday hujumlar davom ettirilishi tugrisida ogohlantirishgan. Shuningdek, Efiopiya hududidan qushni davlat Eritreya poytakhti Asmerega ham raketalar yullangan. Qarama-qarshilik oqibatida sunggi bir necha kun ichida bir necha yuz kishi halok bulgan.

Tiksa Negeri/Reuters

Efiopiya hukumati va tigraylar tashkiloti urtasidagi keskinlik sunggi oy ichida kuchayib borib, qurolli tuqnashuvlarga aylanib ketdi. Amnesty International inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti malumotlariga kura, 9 noyabr kuni May-Kadera qishlogida jangarilar hujumi oqibatida yuzlab kishilar uldirilgan.

«Tigray ozodlik khalq fronti» ushbu qirginga aloqadorligini inkor etayotgan bulsada, Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad ushbu tashkilot rahbariyatini ommaviy qotillik uyushtirishda ayblamoqda.

Avvalroq hukumat rasmiylari «Tigray ozodlik khalq fronti»ni federal harbiylarning lageriga hujum uyushtirishda ayblab, ayirmachilarga qarshi keng kulamli harbiy amaliyot boshlash tugrisida buyruq bergandi. Shundan sung ikki tomon urtasida havo zarbalari orqali tuqnashuvlar boshlanib ketgandi.

Tigray – Efiopiyaning shimoliy provinsiyasi bulib, Eritreya va Sudan bilan chegaradosh bulgan bu hudud aholisi uzlarini tigraylar deb atashadi. Mamlakat markazi va janubida yashovchi aholi esa amkhar khalqiga mansub hisoblanadi.

Aeroportlarga yullangan raketa zarbalari haqida nimalar malum?

Efiopiya hukumati malumotiga kura, raketalar juma kuni kechqurun Amkhara hududidagi Bahr-Dor va Gonder shaharlariga qarata uchirilgan. Raketalardan biri Gonder aeroportiga tushgan va uning bir qismini vayron qilgan.

Usha vaqtda uchirilgan ikkinchi raketa Bahr-Dor aeroporti atrofiga tushgan. Qurbonlar haqida malumot berilmagan. Ikki aeroportdan ham yulovchi samolyotlar va harbiy samolyotlar parvozi uchun foydalanilgan.

Amkharadagi kungillilar federal harbiylar tomonida turib jang qiladi / AFP

Uz navbatida, «Tigray ozodlik khalq fronti» raketa zarbalari bosh vazir Abiyga buysunuvchi hukumat harbiylari tomonidan berilgan havo zarbalariga javob ekanini malum qilgan. «Tigray khalqiga hujumlar tukhtamas ekan, bizning hujumlarimiz ham kuchayib boradi», degan tashkilot vakili Getachu Reda feysbukdagi sahifasida.

Keyinroq Tigray telekanalida chiqish qilgan Reda yangi zarbalar berilishi ehtimolidan ogohlantirdi. Uning suzlariga kura, keyingi nishon Eritreya poytakhti Asmera bulishi mumkin, bu esa ushbu nizo ikki qushni davlat miqyosiga kuchishi mumkinligini anglatadi.

Shanba kuni kechqurun Asmeraga Efiopiya hududidan turib zarba berilgani malum buldi. Diplomatik manbasiga asoslanib khabar tarqatgan Reuters agentligi malumotiga kura, shaharga kamida uch raketa uchib kelgan, ulardan ikkisi aeroport hududiga tushgan. Tigraydagi ayirmachi kuchlar Eritreya Efiopiya hukumatiga harbiy yordam kursatib keladi deb hisoblaydi, ammo eritreyaliklar hukumati buni inkor etadi.

Tahlil: Eritreyaga zarba berilishi nimaga olib kelishi mumkin
BBC’ning ushbu mintaqadagi mukhbiri Uill Ross «Tigray ozodlik khalq fronti» Eritreya poytakhtiga raketa zarbalari yullanishidan keyin vaziyat yanada jiddiylashgani va buni endi tukhtatib bulmasligi haqida fikr bildirgan. Buning oqibatida mintaqadagi barqarorlik izdan chiqishi mumkin.

Mukhbirning fikricha, vaziyat yanada keskinlashuviga Efiopiya bosh vaziri 1993 yildan buyon Eritreyaga rahbarlik qilib kelayotgan Isayyas Afeverki bilan ittifoq tuzgani sabab buladi. Endi ikki siyosatchining umumiy dushmani bor: «Tigray ozodlik khalq fronti»dan bulgan siyosatchilar – ular kup yillardan buyon Efiopiya siyosiy hayotida muhim urin tutib kelishardi. Shu jumladan, 1998-2000 yillarda Eritreya bilan chegara tufayli bulib utgan urushda un minglab kishilar (ayrim baholarga kura ikki tomondan jami 300 ming qurbon) halok bulgan vaqtda ham.

Harbiy harakatlar boshlangach tinch aholi orasida minglab kishilar qushni Sudanga qochib utdi / AFP

Hozircha tomonlar khalqaro hamjamiyatning tinchlik chaqiriqlarini inkor etib kelishmoqda, minglab qochqinlar qushni Sudan hududiga utgan.

Efiopiya bosh vaziri Tigraydagi ayirmachilar bir necha kun ichida tor-mor etilishini malum qilgandi, ammo u raqibning kuchlariga tugri baho bera olmagan bulishi mumkin. Tigraydagi harbiy kuchlar ham harbiy harakatlar olib borishda tajribaga ega va ular mahalliy togli hududni alo darajada yakhshi bilishadi.

Shu bilan birgalikda, keng kulamli mintaqaviy nizo Efiopiyaning tinch aholisi va butun Afrika shokhi mintaqasi uchun ogir oqibatlarga ega bulishi mumkin.

Kim kim bilan urishmoqda?
2019 yilda bosh vazir Abiy Ahmad Ali qushni Eritreya bilan kup yillik mojaro hal qilingani uchun tinchlik buyicha Nobel mukofotini olgandi. Ammo endi u tufayli yangi urush avj olmoqda.

2019 yilda Abiy Ahmad Ali tinchlik buyicha Nobel mukofotiga sazovor bulgandi / GETTY IMAGES

Ayni vaqtda 44 yoshda bulgan Abiy asli dasturchi bulib, 2018 yilda modernizasiya haqidagi shiorlari bilan hokimiyatga kelgandi.

Markscha-lenincha sosialistik goyalar asosiga qurilgan «Tigray ozodlik khalq fronti» partiyasi uzoq vaqt davomida hukumatdagi koalisiya tarkibida bulgan va umummilliy darajada tasirga ega bulgan, ammo Abiy Ahmad davrida tashkilot va markaziy hukumat urtasidagi aloqalarga darz ketdi.

Tigray etakchilari bosh vazirni notugri siyosat yuritishda va tigrayliklarni hukumatdan chetlatishga urinishda ayblaydi, bosh vazir esa ularni korrupsiyada va islohotlarni sabotaj qilishda. Ahmadning suzlariga kura, Tigray qonun taqibidan qochqinlar uchun boshpanaga aylangan.

9 sentyabr kuni Tigray hukumati markaziy hukumatga buysunishdan bosh tortdi va hududiy parlament uchun saylovlar utkazishga qaror qildi, markaziy hukumat esa koronavirus pandemiyasi tufayli saylovlarni bekor qildi.

3 noyabr kuni Abiy Ahmad mahalliy ayirmachilar mintaqaga joylashtirilgan harbiy lagerga hujum uyushtirgani haqida malum qildi. Shu kuni Efiopiya parlamenti «Tigray ozodlik khalq fronti»ni terrorchi tashkilot deb elon qildi, prokuratura esa tashkilotning 64 nafar asosiy etakchilarini, shu jumladan, tashkilot rahbari Debresion Geberemayklni hibsga olishga order berdi.

4 noyabr kuni tashqi dunyo uchun nomalum hudud bulgan Efiopiya shimoli butun dunyo diqqat markazidagi hududga aylandi. Bu erda harbiy harakatlar boshlandi, hukumat harbiylari aviasiyadan foydalanmoqda. Poytakhtdagilar hujumlar muvaffaqiyatli bulgani haqida aytishgan.

Hududdagi vaziyat

Tinch aholi vakillari uz erlarini quriqlashga tayyorlanmoqda/GETTY IMAGES

Tigrayda telefon aloqasi va internet ishlamagani tufayli Tigraydagi vaziyat tufayli aniq va tekshirilgan malumot olishning imkoni yuq. Ammo BBC’ning Addis-Abebadagi mukhbiri khabar berishicha, ziddiyat kun sayin keskinlashib, vaziyat yomonlashmoqda. Qarindoshlari Tigrayda yashovchi jurnalist Khana Zerasionning aytishicha, mintaqada un, gaz va hammasidan ham yomoni suv taqchilligi yuzaga kelgan – endilikda ichimlik suvi ulchab tarqatilmoqda.

500 mingga yaqin kishi istiqomat qiladigan Mekele shahrida suv quvuri bir haftada bir marta ishlaydi. Odamlar avvaliga suvni buyurtma qilishayotgandi, endi mobil aloqa uchirib quyilgani tufayli buning imkoni yuq.

Payshanba kuni elektr toki ham uchib qoldi, khabarlarga kura, mahalliy gidrostansiya portlatib yuborilgan.

«Men oilam uchun juda tashvishdaman, ayniqsa 11 yoshli ukam uchun. U kasal va hozirda unga dori topish juda mushkul ishga aylangan. Avval biz videoaloqa orqali boglanib turardik, ammo endi bu ham yuq», degan Khana.

Beshafqat qirgin

Harbiy harakatlar 9 kun muqaddam, mamlakat hukumati Tigraydagi harbiy bazaga hujum uyushtirilganini malum qilgach boshlangandi

Mavjud malumotlarga kura, qirgin 9 noyabr kuni kechqurun bulib utgan. Bundan bir kun oldin hukumat harbiylari Lugdi nomli hududda ayirmachilarni qaqshatqich maglubiyatga uchratgandi.

«Tigray ozodlik khalq fronti» bu vahshiylikka aloqadorligini rad etmoqda. Debresion Geberemaykl «Frans press» agentligiga bergan intervyusida bu haqda hech narsa bilmasligini aytib, hukumatni Mekele viloyati markazi va Adigrat shahrida aviazarbalar berish orqali tinch aholi vakillari ulimiga sababchi bulishda ayblagan.

Debresion Geberemaykl/REUTERS/Tiksa Negeri

Ammo Amnesty International tashkiloti guvohlarga asoslangan holda, ommaviy qirgin ayirmachi kuchlar tomonidan amalga oshirilganini malum qilmoqda.

«Amnesty International Tigray viloyatining janubi-sharqida joylashgan May-Kadra shahrida 9 noyabrga utar kechasi unlab, balki yuzlab insonlar suyib yoki chopib tashlangani tugrisidagi malumotlarni bugun tasdiqlay oladi», deyiladi khabarda.

Tashkilot marhumlarning jasadlariga oid suratlar va videolarni ekspertizadan utkazgan Crisis Evidence Lab laboratoriyasi malumotlariga tayanmoqda. Tasdiqlanishicha, suratlar yaqinda May-Kadra shahrida olingan. Laboratoriya surat va videolarning geopozisiyasini suniy yuldoshlar yordamida aniqlagan.

Jasadlar shahar markazidagi Efiopiya tijorat banki binosi yaqinida va qushni Khumera shahri yullari chetidan topilgan. Ularning bir qismi avtomatdan uq uzish orqali uldirilgan, yana bir qismi tigli qurollar bilan chopib tashlangan. Qatl oldidan ularning qul va oyoqlari boglangan bulgan.

Mavjud malumotlarga kura, qurbonlar orasida Efiopiya armiyasining asir olingan harbiylari ham, Tigraydagi qishloq khujaligi dalalarida ishlash uchun Efiopiyaning boshqa qismlaridan kelgan tinch aholi vakillari ham bor.

May-Kadrada halok bulganlarning aniq soni hozircha malum emas. Biroq mahalliy OAV malumotlariga kura, 500 ga yaqin odam qirgin qurboniga aylangan.

Bosh vazir raqib tomonni «yurakni larzaga soluvchi shafqatsizlik»da aybladi. «Bunday yovuzlik – bu olchoq khunta uchun oddiy hol», deya yozgan u feysbukdagi sahifasida.

BMTning inson huquqlari buyicha oliy komissari Mishel Bachelet obektiv tekshiruv utkazishga chaqirgan, undan ham yakhshisi – ut ochishni tukhtatishni suragan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Putin Toshkentga bugun kechqurun etib keladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Uzbekistonga 18 oktyabr kuni kechqurun etib keladi. Bu …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари