Home / Iqtisodiyot / Tibbiyot sohasi boshqaruvidagi khodimlarga ustamalar tulanadi, hokimlarga yangi vakolat berildi
Место рекламы

Tibbiyot sohasi boshqaruvidagi khodimlarga ustamalar tulanadi, hokimlarga yangi vakolat berildi

Prezident Shavkat Mirziyoev 2 oktyabr kuni «Sogliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida»gi qarorni imzoladi.

Foto: Shutterstock

Qarorga muvofiq, bundan buyon Qoraqalpogiston sogliqni saqlash vaziri va viloyatlar sogliqni saqlash boshqarmalari boshliqlarini tayinlashda Juqorgi Kengesi raisi va viloyat hokimlari bilan kelishish talab etiladi.

Ushbu talab hududiy tibbiyot muassasalari rahbarlari tayinloviga ham taalluqli.

1 noyabrdan boshlab Sogliqni saqlash vazirligi va hududiy boshqaruv organlari khodimlariga quyidagi miqdorda kup yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama tulanadi (ragbatlantirish koeffisientini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffisientlarda):

  • 1 yildan 3 yilgacha – 0,3
  • 3 yildan 5 yilgacha – 0,6
  • 5 yildan 10 yilgacha – 0,8
  • 10 yildan 15 yilgacha – 1
  • 15 yildan 20 yilgacha – 1,2
  • 20 yildan yuqori – 1,5

Bundan tashqari, qaror bilan:

  • Sogliqni saqlash vaziri urinbosari – Toshkent shahar sogliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligi lavozimi joriy etildi;
  • Sogliqni saqlash vaziri urinbosari – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimi tugatildi;
  • SSV tizimida shtatlar kupaytirilishi va ustamalar joriy etilishi munosabati bilan, Innovasion sogliqni saqlash milliy palatasi shtat birliklari maqbullashtiriladi.
Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Mutakhassis koronavirusga chalinganda antibiotik qabul qilish masalasida izoh berdi

Grippda ham, koronavirusda ham kasallik chaqiruvchisi virusdir. Bu ikki kasallikda khastalikning boshlanishidan antibiotiklarni qabul qilish …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари