Home / Iqtisodiyot / Tez orada yana neft otilishi mumkin. Mingbuloqliklar suyunishni ham, kuyunishni ham bilmayapti
Место рекламы

Tez orada yana neft otilishi mumkin. Mingbuloqliklar suyunishni ham, kuyunishni ham bilmayapti

Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida 25 yildan beri kumib quyilgan neft konida iyul oyida qayta boshlangan burgulash ishlari 3500 metrdan pastroqqa etgani khabar qilindi. Qazish neft qatlamiga yaqinlashgan sayin¸ konga yaqin hududlar aholisi uning vulqondek portlab¸ yana katta ënginga sabab bulishidan khavotir olmoqda; ayni paytda¸ khitoylik mutakhassislar¸ uyma-uy yurib¸ bunday khavfning yuqligini bildirgan.

d9987fe2-2353-4992-a521-e0580aa6024a_w250_r1_s

“Ahli jamoa duoda”

Namanganda katta miqdorda neft koni topilgan, 6000 metr pastlikda ekan, hozircha 3500 metr kovlanib bulindi. Bugun masjidlarda duolar qilindi, tez orada yangilik kutib qolamiz”¸ deb khabar tarqatdi juma kuni Telegram tarmogidagi namanganliklar guruhi.

6 noyabr kuni Ozodlik suhbatlashgan mingbuloqliklar¸ bir necha oydan beri khitoyliklar etakchiligidagi mutakhassislar Mingbuloq konini burgulashaëtgani va shu kunlarda khalq ogzida “pakhta tezroq tugasinu¸ kondan neftni eson-omon olish boshlansin” degan gaplar yurganini aytishdi.

Yangi kon bizning mahallamizdan 600-700 metr narida. U ëqqa bizni utkazishmaydi¸ melisalar turibdi. Khitoyliklar¸ Bukhoro¸ Qarshidan kelgan uzimizning mutakhassislar ishlayapti. Neft chiqsa¸ ishqilib yana ëngin boshlanmasmikin¸ degan khavotir bor. Lekin khitoyliklar tarjimoni bilan uyma-uy yurib: “Qurqmanglar¸ hammasi yakhshi buladi. Bu safar ëngin chiqmaydi”¸ deb aytishdi. Kechagi juma vazida ham imomimiz duo qildi¸ eson-omon neftlarni qazib olishsin¸ deb. Biz ham shu duodamiz”¸ deydi burgulash ishlari boraëtgan hududga tutash Chordana mahallasida yashovchilardan biri.

“Uzbekneftgaz” AJ rasmiy saytida ëzilishicha¸ Mingbuloq konidan neft uzlashtirishga qaratilgan dastur doirasida 255,3 mln.AQSh dollari miqdorida chet el investisiyasini jalb etish, zamonaviy tekhnologiyalardan foydalangan holda neft zahirasini kupaytirish, shuningdek, Mingbuloq konida 4 ta yangi quduqni burgulash va avval burgulangan 4 ta quduqni kapital tamirlash ishlarini amalga oshirib, neft qazib chiqarish kuzda tutilgan.

Joriy yilning 5 iyul kuni rasman start berilgan bu loyiha “Andijonneft” AJ va Khitoyning CNPC kompaniyasi urtasida tuzilgan “Mingbuloqneft” qushma korkhonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Mingbuloqdagi burgulash ishlarini Khitoyning XIBU Drilling Engineering Company Limited shirkati amalga oshirmoqda. 6000 metr chuqurlikda joylashgani takhmin etilaëtgan yangi kon uzlashtirila boshlansa¸ undan yiliga 200 ming tonna neft qazib olish kutilmoqda.

Rasmiy khabarda loyiha doirasida 136 ta yangi ish urni yaratilgani aytiladi¸ ammo Ozodlik suhbatlashgan mingbuloqliklar mahalliy aholidan bu erga ishga kirganlar borligidan hozircha bekhabarliklarini bildirdilar.

Uzbekistonni hayratga solgan neft vulqoni va ëngin

Namanganning Mingbuloq tumanida ulkan neft koni chiqqani khabari 1992 yil erta bahorida paydo bulgan va bu yangilik endigina mustaqil bulib¸ iqtisodiy muammolar girdobiga tortila boshlagan Uzbekiston uchun “yaratgandan kelgan ehson” sifatida talqin etilgan edi.

Bu konning ochilishi munosabati bilan qilingan rasmiy baënotlarda¸ Mingbuloq nefti Uzbekistonning neft mustaqilligini taminlashi aytilgan edi.

“Uzbekneftgaz” korkhonasi sobiq rahbarlaridan biri Anvar Husainov¸ 1992 yili Mingbuloqdan neft chiqishini noëb hodisa deb baholaydi.

Mutakhassisga kura¸ SSSR paytida geologik tadqiqotlar uchun qazish boshlangan quduqdan¸ 1992 yil mart oyida kutilmaganda qariyb 8000 metr chuqurlikdan neft vulqondek otilib chiqa boshlagan:

– Ushanda ekologik fojia oldini olish uchun makhsus hukumat komissiyasi tuzilib¸ men unga muovin etib tayinlangan edim. Bitta quduqdan bir kunda 25 ming tonnagacha neft otilib chiqqan edi usha kunlari. Bu nihoyatda katta oqim¸ uziga khos rekorddir. Bu neftning Norin darësiga oqmasligi oldini olganmiz – minglab odam jalb etilib¸ chelaklarda neftni yigishtirib¸ mashinalarda Fargona neftni qayta ishlash zavodiga tashiganmiz. Lekin ënginning oldini olishga muvaffaq bulinmadi¸ deb eslaydi 1992 yilgi favqulodda hodisani Husainov.

Ozodlik gaplashgan mingbuloqliklar¸ usha kunlari neft vulqonidan otilgan qoramoyning uz tomlarigacha bosganini eslab¸ kup utmay boshlangan dahshatli ënginning qariyb uch oy davom etganini aytadi.

Anvar Husainov¸ bu ënginni uchirishning nihoyatda qiyin bulganini takidlaydi:

– Ushanda Italiyadan¸ Yaponiya¸ Saudiya va Rossiyadan mutakhassislar kelishdi¸ ënginni qanday uchirishni maslahat qilishdi. Boshqa chora topilmaganidan keyin¸ gidrovzriv (gidroportlash) qilishdi. Er qatlamini portlatib¸ vulqonning ustiga tushirib¸ ënginni ham¸ neft chiqishini ham tukhtatishdi¸deydi 90-yillar boshidagi favqulodda hodisa tepasida turganlardan biri Anvar Husainov.

“Neft yana vulqon bulib otilishi mumkin”

“Uzbekneftgaz” boshqaruvi raisining sobiq urinbosari Anvar Husainov¸ ayni kunlarda burgulanaëtgan Mingbuloq konini haqiqiy neft koni deyishga hozircha asos yuqligini aytadi va khitoylik mutakhassislar olib boraëtgan hozirgi burgulashning ham asosan geologorazvedka maqsadida ekanini takhmin qiladi:

– Yiliga 200 ming tonna neft chiqishi kutilmoqda¸ degani bu burgulash ilmiy maqsadda qilinayapti¸ deyishga asos beradi. Kon uchun bu juda kam miqdor. Khitoyliklar Fargona tog tizimlari tagida¸ 6000-7000 metr chuqurlikda katta neft bulishi mumkin¸ degan ilmiy farazni tekshirib kurishmoqda¸ nazarimda. Burgulash bitta-ikkita konda boraëtgan bulsa¸ bunday holda erning chuqur qatlamlarida siqilgan neft yana tusatdan vulqondek otila boshlashi mumkin. Lekin utmishdagidan farqli¸ hozirgi loyiha pudratchilari bunday ehtimolga tekhnologik tomondan tayër deb uylayman¸ deydi Anvar Husainov Ozodlik bilan suhbatda.

6 noyabr kuni Ozodlik suhbatlashgan kon yaqinida yashovchi ayrim mingbuloqliklar¸ ochilishi kutilaëtgan yangi konning uz hududlari¸ qolaversa¸ butun Uzbekiston uchun khayrli bulishi haqida duo qilaëtganlarini aytishdi.

“Yullarimiz bir ahvolda¸ shagal tukish davlat dasturiga kiritilipti emish. Kasalkhona-maktablarimiz bir ahvolda. Zora¸ ënimizdan katta kon chiqib¸ hamma ëgimiz yakhshi bup ketsa. Uzbekistonda ham benzin arzonlab¸ svet-gazlar uchmaydigan bulib qolsa”¸ deydi chordanaliklardan biri Ozodlik bilan suhbatda.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

cOzf1OkxrCzXo7F9XxFdtIQmykXKVppk

Turkiy tilli davlatlar savdo-sanoat rahbarlari Toshkentda uchrashdi

Bugun, 5 oktyabr kuni Toshkent shahridagi International mehmonkhonasida Turkiy tilli davlatlar Ishbilarmonlar kengashi yigilishi bulib …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари