Home / Madaniyat / Televizorda kursatilayotgan uylar bilan bu uyning farqi er bilan osmoncha». Chirchiqlik harbiylar nimadan norozi?

Televizorda kursatilayotgan uylar bilan bu uyning farqi er bilan osmoncha». Chirchiqlik harbiylar nimadan norozi?

Bir kishining ishonchiga kirish uchun yillar ketadi, ishonchdan chiqish uchun bir lahzaning uzi kifoya. Unlab, yuzlab kishilar norozi kayfiyatda bulsa bu qanday baholanadi? Shunday kishilarning noroziliklariga sabab bulayotgan mavzulardan biri uy-joy qurilishlaridir.

Kun.uz mukhbirlari bu masala buyicha shu kungacha ham kuplab materiallar tayyorlashgan. Bu safargi murojaat esa avvalgilaridan biroz farq qiladi. Bu galgi murojaat mualliflari Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi bir guruh harbiylar.

Mover’da kurish

Youtube’da kurish

Chirchiqda bizni murojaatchilar vakili Shavkat aka kutib oldi va uy-joylar tomon boshlab bordi.

«Harbiy khizmatchilarga ushbu kup qavatli turar joylar 2017 yil 24 yanvarda prezidentning 2738-sonli qarori bilan kredit asosida berilgan edi. Biz tomondan hamma majburiyatlar bajarilgan. Tulovlarni uz vaqtida qilyapmiz. Ammo uylar biz uylagan holatda topshirilmadi.

Televizorda kuramiz hali u erda, hali bu erda harbiylarga uylar topshiriladi. Zur qurilgan uylar. Bizning uylarni esa hech kim kursatay demaydi. Gaz va elektr holati achinarli holda. Khavfsizlik tekhnikasi qoidalari umuman yuq. Poydevorlar ham talab darajasida qurilmagan. YOmgir yogsa uylarimiz ostiga suv ketadi. Qurqib utiradi odam. Tomlari ham talabga javob bermaydi. Zinaning ustidan suv oqib utadi. Bazi uylarning isitish batareyalari yuq», deydi shikoyat egasi.

Bir qarashda tashqaridan hammasi binoyidek kurindi. Ammo, binoga kirib borganimizda asl holat kurina boshladi. Avval murojaatchi binoning tayanchi va asosiy qismi hisoblangan poydevorni kursatishdan boshladi. Sungra, uy-joylarning ichki qismini kursatishdan boshlashdi.

Shundan sung, bizni hali uy egasi kuchib chiqishga ulgirmagan bir kvartiraga taklif etishdi. Uyning holati va topshirilayotgan jihozlarni kurdik.

«Qurilish tugallanishi arafasida kelib uyni kurgandim. Kurganlarimdan hayron bulib qoldim. «Undan kura, qimmatroq bulsa ham yakhshi uy qurib beringlar. Televizorda hamma telekanallar maqtab kursatyapti doim. Bizga ham shunday uylardan bermaysizlarmi?», dedim.

Bu uyni epaqaga keltirguncha yakhshigina mablag sarfladim. Uyning kirish, podezd qismlari esa hali ham tugrilanmagan. Kafellari chiqib, tukilib yotibdi. Men bunday bulishini tasavvurimga ham keltirmagan edim. Televizorda kursatiladigan uylar bilan bu uylarning farqi er bilan osmoncha ekan. Agar bilganimda olmas edim», deya etiroz bildirdi shakhsini oshkor qilishni istamagan yana bir khonadon egasi.

Shundan sung, bizni televidenie vakillari deb uylagan bir guruh kishilar ham uz arzlarini ayta ketishdi.

«Romlarining chetlari betondan qilingan emish. Beton shunday uvalanib ketadimi akhir? Kanalizasiya quvuri yorilib ketdi. Kelib biz faqat bir marta qilamiz dedi. Khup, lekin unga qopqoq quyilmagan. Quyilmagandan keyin yoriladida. Oqim darajasi tugri hisobga olinmagani, shu sababli yorilib ketganini aytishdi. Loyihada buni hisobga olish kerakmasmidi? Biz kredit tulaymizmi yoki farzandlarimizni boqamizmi? Biz shuncha pulni kharoba uy uchun tulaymizmi?», deydi ulardan biri.

Uy-joy qurilishi yuzasidan murojaatchilar va «Qishloq qurilish Invest» MChJ IK urtasida shartnoma imzolangan. Shartnoma buyicha harbiy khizmatchilar tomonidan amalga oshirilishi lozim bulgan majburiyatlar bajarilib kelingan. Yani, dastlabki tulovlar va har oylik tulovlar tulab kelingan. Khush, unda uylar nega bu holatga kelib qolgan? Bu savolga javob topish maqsadida qurilishga masul bulgan «Qishloq qurilish Invest» MChJ IK vakili bilan uchrashish uchun yul oldik.

Ammo, tashkilot binosida masul mutasaddilaridan hech kim yuq edi. Rahbar lavozimdagi khodimlar ish joyida bulmasligi, tashrif buyuruvchilar bilan suhbat qurishga vaqti yuqligi, ish hajmi kattaligini tushunamiz. Biroq, fuqaro murojaatlari bilan ishlash bulimi va qabulkhona khodimlari ham ish vaqtida ish joyida emasligi taajjublanarli edi.

Yana bir eshikni taqillatdik. «Qishloq qurilish invest» MChJ IK boshligi birinchi urinbosari bilan uchrashdik. U murojaatchining shikoyatlarini tinglab, muammoni joyiga borib urganishni taklif etdi va hamma Chirchiq shahriga qaytdik.

Turar joylar hududiga «Qishloq qurilish invest» MChJ IK mutasaddilaridan tashqari qurilish pudratchilarini ham taklif etdik. Mutakhassislar navbati bilan khonadonlarni aylanishni boshlashdi.

«Bizning turar joyning suvoq qismlari yakhshi qilinmagan. Uyning ichidagi holatni tugrilash uchun ancha kuch ketdi. Prokuratura, hokimiyatlarga murojaat qilganimdan keyin kuchaga suv arigi qilindi. Bulmasa suv tugri bino poydevoriga oqib kirayotgan edi. Kimdir hammaga yomon kurinib elib-yugurmasa, uy qachon qulab tushishini kutamizmi?», deya komissiyaga etiroz bildirdi uylardan birining egasi Shavkat Toshboev.

Quruvchi Malikmurod Solihov esa bu etirozga shunday javob qaytardi: «Bu joyni uzi boshqa quruvchi qilayotgan edi. U qamalib ketdi. Keyin mendan surashgandi, qulimdan kelganicha qilib berdim. Uzi siz chulda yashab yurardingiz. Namuncha shikoyat qilaverib bizni ishdan quyaverasiz».

Murojaatchilar qurilish sifatiga etiroz bildirishdi.

«Biz yana ham aholiga yordam bulsin deb chuntagimizdan kup narsalarni qilyapmiz. Bitta uyga 240 m2 suvoq ketadi, bizga esa 110 m2 uchun mablag berilmoqda. Bu degani uyning yarmi suvoq qilinmasligi kerakmi? Qurayotgan uylarimiz emulsiya qilinishi kerak. Men uning urniga travertin qilib, devorning pastki qismlariga marmar terib beryapmiz. Lekin faqat kiritilmagan qismlar pulini qushib bering desam berishmayapti. 2 oydan beri darak yuq», deydi qurilish pudratchisi.

Tomonlarning uchrashuvi davomida turar joy buyicha ishlar hali 72 foizga bajarilgani va bu joyga kuchib chiqishga hali ertaligi malum buldi.

Qolgan murojaatchilarning shikoyatlarini ham eshitish maqsadida buyurtmachi kompaniya «Qishloq qurilish Invest» MChJ IK khodimlarini taklif etgan edik. Qiziq javobni qaytarildi.

«Bizga faqat bitta odam murojaat qilgan. Qolganlarning shikoyatlari buyicha tekshirolmayman», deyishdi kompaniyada.

Akhir, Jismoniy va yuridik shakhslarning murojaatlari tugrisidagi Qonunning 5-moddasida murojaatlar yozma va ogzaki bulishi belgilangan. Yani, ikki khil turdagi murojaatlarning kuchi qonun oldida teng.

Quruvchilar tez orada muammolarni hal qilishga vadalar berish bilan cheklandi.

Biz esa bu vadalar bajarilishi, vatan himoyachilari bulgan harbiylar uchun qurilgan turar joylarning kamchiliklari bartaraf etilishini umid qilib qolamiz.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари