Home / Iqtisodiyot / Tarif va notarif tartibga solish kengashi ham import benzin uchun aksiz soligini oshirishni taklif qildi
Место рекламы

Tarif va notarif tartibga solish kengashi ham import benzin uchun aksiz soligini oshirishni taklif qildi

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish buyicha kengash import qilinadigan benzin aksiz soligi miqdorini oshirishni taklif qildi. Bundan oldin «Uzbekneftgaz» kompaniyasi ham shunday taklif kiritgan edi.

Kengash yigilishi, 12 may / Foto: Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi

Uzbekistonda import qilingan benzin uchun aksiz soligi stavkasi keskin oshirilishi kutilmoqda. Kun.uz`ning hukumatdagi manbasiga kura, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish buyicha kengash import qilinadigan tayyor neft mahsulotlariga (AI-80, AI-91 va AI-92) quyilgan aksiz soligini uch baravar oshirishni taklif qilgan.

Ushbu soliqning amaldagi stavkasi – 5 foiz. Bundan oldin «Uzbekneftgaz» AJ ham bu stavkani oshirib, 20 foiz etib belgilashni taklif qilgani malum bulgandi.

Kun.uz manbasining malum qilishicha, Tarif va notarif tartibga solish buyicha kengash mahalliy ishlab chiqariladigan neft mahsulotlari uchun khom-ashyo import qilishda aksiz soligini 0 foizda qoldirish taklifini bildirgan.

Malumot uchun, Tarif va notarif tartibga solish kengashiga Investisiya va tashqi savdo vaziri raislik qiladi. Kengashga bir nechta vazirlarning urinbosarlari, Markaziy bank va qator davlat qumitalari raislarining urinbosarlari va boshqa bir nechta idoralar rahbariyati vakillari kiritilgan. Kengashga ichki va tashqi bozorlarda yuzaga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqib, tarif va notarif tartibga solish tizimini takomillashtirish buyicha takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

Moliya vazirligining tushuntirishicha, bugungi kunda ishlab chiqarilgan neft mahsulotlari va import buyicha aksiz soligi stavkalari bir-biridan farq qiladi.

«Shunday qilib, agar AI-92 rusumli 1 tonna benzin ishlab chiqaruvchilari 250 ming sum aksiz soligini tulasalar, import qiluvchilar ushbu benzin markasining bojkhona qiymatining 5 foiz miqdorida aksiz soligini tulaydilar, bu esa 1 tonna import benzini 240 AQSh dollari qiymatida 121 500 sumni tashkil etadi

Yil boshida narkhlar mutlaq jihatidan import va mamlakat ichida tulangan aktsiz soligi miqdori bir khil edi», – deyiladi Moliya vazirligi khabarida.

Qayd etilishicha, Moliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda aksiz soligi stavkalarini birkhillashtirish ishlari doirasida import va neft mahsulotlari ishlab chiqarishda aksiz soligining yagona stavkasini belgilash masalalari ishlab chiqilmoqda.

«Energetika vazirligi neft mahsulotlarini import qilish buyicha aksiz soligi stavkalarini qayta kurib chiqish buyicha Moliya vazirligiga takliflar kiritmadi», – deya qushimcha qilingan Moliya vazirligining 26 maydagi khabarida.

«Uzbekneftgaz» AJ raisi urinbosari Ulugbek Ashurovning Kun.uz mukhbiri bilan suhbatda malum qilishicha, kompaniya import benzin uchun aksiz soligini 4 barobarga oshirishni surab Energetika vazirligiga 7 may kuni rasmiy khat bilan chiqqan.

Ashurov taklifga izoh berar ekan, pandemiya sharoitida boshqa davlatlar ham mahalliy ishlab chiqaruvchilarini himoya qilish uchun «judayam kuplab vaqtinchalik cheklovlar kiritayotgani»ni takidlab, Rossiya va Qozogistonni misol keltirdi.

«Biz ham uz navbatida uzimizning ishlab chiqaruvchilarimizni himoya qilish maqsadida taklif sifatida ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketgan khatni chiqargan edik. Bu – uz nomi bilan taklif. Bu buyicha yakuniy qaror Energetika vazirligi, Vazirlar Mahkamasi va boshqa yuqori turuvchi organlar tomonidan qabul qilinadi», – dedi «Uzbekneftgaz» AJ raisi urinbosari.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

ILfLzuj19-fbjwHOjhzJP9hv0tXFayXQ

Ohangaronga Niderlandiyadan 61 bosh zotdor qoramol olib kelindi, khorijdan yana 600 bosh olib kelish rejalashtirilgan – viloyat hokimligi

Ohangaron tumanidagi qoramolchilikka ikhtisoslashgan “Qurama qorabayirlari” MChJ tashabbusi bilan Niderlandiyadan 61 bosh naslli qoramol olib …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари