Home / Siyosat / Tanzila Norboeva Qashqadaryoga bordi. Viloyatda 436 nafar tadbirkor savdo dukonlari buzib tashlangani sabab faoliyatini tukhtatgan
Место рекламы

Tanzila Norboeva Qashqadaryoga bordi. Viloyatda 436 nafar tadbirkor savdo dukonlari buzib tashlangani sabab faoliyatini tukhtatgan

2019 yil 27 avgust kuni Khalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining sessiyasi bulib utdi. Sessiya ishida Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboeva ishtirok etdi va nutq suzladi. Bu haqda Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining akhborot khizmati khabar bermoqda.

zmkaqinqkzdgtwz8c6i-_v6e7dsfd97a

Sessiyada qayd etilganidek, dunyo bozorida kechayotgan goyat murakkab jarayonlar, khususan, shafqatsiz raqobat mamlakat va uning har bir hududini yanada taraqqiy ettirishning yangi va samarali usullarini joriy etishni taqozo etmoqda. Jumladan, parlament ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatida utkazilgan tadbirkorlik rivoji yulidagi dolzarb masalalarni urganish jarayoni, odamlar bilan muloqotlar, qolaversa, keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan va tadbirkorlarga bulgan ayrim tushunarsiz munosabat haqidagi turli akhborotlar bu borada hamon jiddiy muammolar mavjudligini kursatmoqda.

Garchi viloyatda faoliyat kursatayotgan tadbirkorlik subektlarining soni 19 mingdan oshib, joriy yilning uzida qariyb 21 foizga kupaygan. Shunga qaramay, faoliyati tukhtab qolgan 500 dan ziyod tadbirkorlik subektlarining mavjudligi, bu raqam usib borayotgani khavotirli holatdir. Jumladan, viloyatda joriy yil 1 avgust holatiga 24 ming 707 ta yakka tartibdagi tadbirkor ruykhatga olingan bulib, ularning 3 ming 872 tasi, yani 18,5 foizi faoliyatini turli sabablarga kura vaqtincha tukhtatgan. 436 nafar tadbirkor faoliyatining tukhtatilishiga esa ularning savdo dukonlari buzib tashlangani sabab bulgan, 665 nafari banklardan kreditlar olishda turli qiyinchiliklarga duch kelgan.


Foto: Oliy Majlisi Senati akhborot khizmati

Shu bilan birga, viloyatda “YOshlar – kelajagimiz” Davlat dasturining ijrosini taminlash, ayniqsa, yoshlar tadbirkorligi va tashabbuslarini ruyobga chiqarish borasidagi ishlar samaradorligi ham pastligicha qolmoqda. 2019 yilga muljallangan mazkur dastur shu kunga qadar viloyatda bor-yugi 13,3 foizga bajarilgan.

Majlisda kreditlashning birlamchi talablari etarlicha inobatga olinmagani, banklar hamda ularning mijozlari urtasidagi munosabatlarning lozim darajada yulga quyilmagani – tadbirkorlik rivojiga tusiq bulayotgan yana bir muammo ekanligiga alohida urgu berildi. Bu yunalishdagi kamchiliklar oqibatida bugungi kunda viloyatda muddatida qaytarilmagan kredit va foiz tulovlaridan jami 337 milliard 222 million sumlik muammoli qarzdorliklar yuzaga kelganligi ham takidlab utildi. Bunday holat tijorat banklarining moliyaviy holatiga salbiy tasir kursatishi barobarida milliardlab sumlik mablaglarni tadbirkorlik rivoji uchun qayta yunaltirish imkonini ham cheklamoqda.

Muammoli qarzdorliklarning asosiy qismi davlat maqsadli dasturlarida belgilangan yunalishlarga ajratilgan kreditlar buyicha yuzaga kelgan. Jumladan, 2014-2017 yillar davomida Qarshi va Shahrisabz shaharlarida kup qavatli uy-joylarni qurish uchun pudratchi tashkilotlarga ajratilgan kreditlar buyicha 65 milliard sumlik kredit qarzdorligi mavjud.

Sessiyada suzga chiqqanlar qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan viloyat tashkilotlarini jalb qilgan holda vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan aniq choralarni belgilab olish hamda ularning uz vaqtida ijro etilishi yuzasidan qatiy nazorat urnatish lozimligini uqtirdilar. Khususan, masul tuzilmalarni jalb qilgan holda faoliyati tukhtab qolgan tadbirkorlik subektlarining aniq ruykhatini shakllantirib, kelgusida ular ishini qayta yulga quyish yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish buyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

Sessiyada kurib chiqilgan masalalar yuzasidan Khalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

kk7G3uIXxIjKK_Berg4K_r9IKcVFK1MB

Rashid Qodirov qachon korrupsion skhema haqida hikoya qiladi?

Bosh prokuratura Akhborot khizmati rahbari Hayot Shamsuddinov sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov televidenie orqali qachon …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари