Home / Jamiyat / Talabalar Toshkentga qaytdi. Toshkent ularni sevmaydi
Место рекламы

Talabalar Toshkentga qaytdi. Toshkent ularni sevmaydi

Oliy talim maskanlari 11 yanvardan ananaviy talimga qayta boshladi. Kun.uz Uzbekiston poytakhtining asl uysizlari muammosini urgandi.

Uzbekistondagi OTMlar turar joyga talabgor talabalarning 27 foizini yotoqkhona bilan taminlay oladi kholos.

Turar joyga muhtoj har 10 nafar talabadan 7 nafari uzi uchun boshpana topishga majbur.

Ayni kunlarda talabalar poytakhtga qaytmoqda. «Kvartira» bozorida talab birdaniga oshgan, shunga yarasha narkh ham kutarilgan.

Boz ustiga, aksariyat uy egalari talabalarni ijaraga quyishni istamaydi. Ular kup hollarda uyini qonuniy nikohdan utgan oilaga ijaraga berishni maqul kuradi.

Kun.uz mukhbiri talabalarning turar joyi muammosini urganish uchun Toshkentdagi uy bozorida talabalar, maklerlar va uy egalari bilan suhbatlashdi. Muammo echimi yuzasidan esa masullarga murojaat qildi.

Uy bozorida sarson studentlar

«Chilonzor» metro bekati yaqinidagi uy bozori shu kunlarda talabalar bilan gavjum. Ularning kupchiligi bu erga birinchi marta kelishi emas.

Ulardan ishlar qalay deb surasangiz, aksariyati bir khil javob beradi: «Studentlarni quymaymiz deyishyapti», «Narkhlar oshib ketibdi».

Maklerlardan birining aytishicha, uy egalari doim talabalardan noliydi: «Kvartira pulini vaqtida tulamaydi», «Uyning tozaligiga beetibor», «Kelishilgandan kup odamni uyga olib keladi» va hokazo.

«Uy egalari kupincha oila surashadi. Talabalar tozalikka rioya qilmasligi, uyga notanish odamlarni olib kelishidan shikoyat qilishadi. Talabalar aksariyat hollarda uy egasining ishonchini yuqotgan, kommunal tulovlarni vaqtida tulamagan», – deydi makler.

«Kechirasiz-u, talabalar 3–4 kishi turamiz deydi-da, 8–10 kishi bulib ketadi. Hammayoqni chirk bostirib yuboradi», – deydi uy egalaridan biri.

«Uyni yakhshi saqlamaydigan, betartib talabalar kasriga orasta yashovchi kuplab talabalar uy topolmay sarson bulyapti», – dedi uy izlayotgan talaba.

Ijaraga kvartira yuq emas, bor, lekin narkhi…

Malum bulishicha, hozir Toshkent shahridan 1 khonali ijara uylarni hamyonbop narkhda topishning deyarli imkoni yuq.

«Bir khonali, metrodan ancha uzoq, transport borishi qiyin joylardagi uylarni 230 dollardan ijaraga beryapti. Ustiga-ustak uyga faqat 2 kishi quya olamiz, deyishdi. Bu degani 1 kishiga 115 dollardan tugri keladi.

Uzimiz karantinda qiynalib, kontraktni stipendiyasiz tuladik. Bunday narkhda turishga imkoniyatimiz etmaydi», – deydi Sharqshunoslik instituti talabasi Juraev Nurali.

Kvartira puli dollarda hisob-kitob qilinadi – uy egalari shuni talab qiladi. Bu degani, dollar kursi oshishi talabaning ijara kharajatlarini ham oshiradi.

Ijara haqi kupincha kommunal tulovlarni uz ichiga olmaydi. Yani buning uchun alohida tulashga tugri keladi.

Darvoqe, makler haqi ham bor. Uy bozoridagi qoidaga kura, maklerga birinchi oydagi ijara pulining yarmi tulanadi. Yani kvartira 300 dollarga kelishilsa, makler khizmati uchun 150 dollar tulash zarur.

Yashashga joy topolmayotgan talabalar onlayn uqishi mumkinmi?

Abduvali Kholiqov

Bu savolga Oliy va urta makhsus talim vazirligi bosh boshqarma boshligi Abduvali Kholiqov quyidagicha javob berdi:

«Noyabr oyida, ananaviy talimga qaytilgan vaqtda OTMlar har bir talabani alohida urganib, ularning kasalligi, ijtimoiy holatidan kelib chiqib, masofaviy talimda qolish imkoniyatini berib keldi. Ammo bu toifaga tushmaydigan, barcha sharoiti bor talabalarning masofaviy talimda qolish imkoniyatlari bu safar yuq.

Talaba bilimli mutakhassis bulib etishishi uchun ananaviy talimda uqishi kerak. Khohlaymizmi-yuqmi, masofaviy talim sifati ancha farq qiladi».

Vazirlik vakili ananaviy kunduzgi talimga imkoniyati etmayotgan talabalar uqishini sirtqi yoki kechki talim shakliga utkazishi mumkinligini qushimcha qildi.

Hukumat nima qilmoqchi?

Noyabr oyida Kun.uz’da elon qilingan maqolada talabalar turar joylari borasidagi khorij tajribasi misol qilib keltirilgan edi. Gap nima haqida ketayotganini payqash uchun Yaponiyada qurilgan talaba uylaridan ayrimlarining suratlariga qarash kifoya:

Uzbekistonda OTMlarga qabul kvotalari yildan yilga oshyapti. Shunday sharoitda talabalar khotirjam uqib, yashashi uchun davlat nimalar qilmoqchi?

Oliy va urta makhsus talim vazirligi boshqarma boshligi Otabek Bazarovning malum qilishicha, hozir respublika buyicha 600 mingdan ortiq talaba tahsil olsa, shundan 218 mingdan ortigi turar joyga muhtoj. YOtoqkhonalar soni 227ta, ulardagi urinlar turar joyga muhtoj talabalarning 27 foiziga etadi. Qolgan 70 foiz talaba qarindoshinikida yoki ijarada yashashiga tugri keladi.

Otabek Bazarov

«Khush, bu borada nima ish qilinyapti, degan savol tugilishi tabiiy. Hozirgi kungacha davlat-khususiy sherikchilik asosida talabalar turar joyi qurish tajribasi mavjud emas edi. Bu yildan boshlab, talabalarni turar joy bilan qamrab olish konsepsiyasini ishlab chiqdik. Unga kura, DKhSh asosida har biri 400 nafardan talabani sigdiradigan talabalar turar joylari qurilishi rejalashtirilyapti.

Bu borada 2021–2025 yilga muljallangan dasturni ishlab chiqib, taklif sifatida kiritdik. Bu tasdiqlanadigan bulsa, 2021 yilning uzida 21ta TTJ quriladi va qushimcha 8200 talaba yotoqkhona bilan taminlanadi», – dedi vazirlik boshqarma boshligi.

Uning aytishicha, uz uyidan uzoqda yashovchi, demakki turar joyga muhtoj talabalarning yotoqkhona bilan taminlanishi kursatkichini 2020/21 uquv yili okhirigacha 35–36 foizga, 2025 yilgacha 50 foizga etkazish rejalashtirilmoqda.

2030 yilgacha esa motel va hosteller ham qurilib, ularning hisobiga talabalarning 90 foizga yaqini turar joyga ega bulishi kuzda tutilyapti. Eslatib utamiz, bu – hozircha loyiha; u hali tasdiqlanganicha yuq.

Maqolamizni mukhtasar takid bilan yakunlamoqchimiz: Chinakam taraqqiyotni kuzlagan davlat tolibi ilmlarni boshiga kutarishi, ularga sharoit qilib berishi kerak.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

prePSHo9m9coHrwKQY9hPk5H-NIsOGlH

«Bizdagilar sovga berishni yakhshi kurishadi» – Ruslanbek Davletov voz kechilishi kerak bulgan milliy ananalar haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov davlat tashkilotlaridagi korrupsion holatlar va buning milliy mentalitetga aloqadorligi borasida fikr …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари