Home / Madaniyat / Taqinchoq, etimning moli va asalning zakoti haqida

Taqinchoq, etimning moli va asalning zakoti haqida

takinchokAvvalo, Islom bu narsalarni isrofgarchilik, manmanlik, kambagallarning kunglini chukdirishga khizmat qilishi uchun harom qilgan. Musulmon odam mazkur narsalarni uyida saqlamagani maqul.

Taqinchoq, etimning moli va asalning zakoti haqida

Amr ibn Shuayb, u otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi: «Bir ayol Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi, u bilan birga qizi ham bor edi. Qizining qulida ikkita yugon-yugon tillo bilaguzuk bor edi.
U Zot unga:
«Mana buning zakotini berasizlarmi?» dedilar.
«Yuq», dedi ayol.
«Alloh qiyomat kuni usha ikkovining urniga olovdan bulgan ikki bilaguzuk taqib quyishi seni khursand qiladimi?» dedilar.
Shunda u (qiz) ikkovini echib Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga tashladi va:
«Ikkovi Alloh uchun va Uning Rasuli uchun», dedi.

«Sunan» egalari rivoyat qilishgan.
Va Termiziyning lafzida: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikkovining qulida tillodan bulgan bilaguzuk kurib qoldilar va:
«Uning zakotini ado qilasizlarmi?» dedilar.
«Yuq», deyishdi ikkovlari.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkovlariga: «Alloh ikkovingizga olovdan bulgan ikki bilaguzuk taqishini yakhshi kurasizlarmi?» dedilar.
«Yuq», deyishdi ikkovlari.
«Undoq bulsa, zakotini ado qilinglar», dedilar u Zot».
Sharh: Mazkur rivoyatda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga qizi bilan kelgan sahobiya ayolning ismlari Asmo binti Yazid ibn as-Sakan roziyallohu anho ekan.
Ushbu rivoyatdan ayol kishilarning tillo taqinchoqlaridan ham zakot farz bulishi kelib chiqadi. Bu masalaning fiqhiy tomoni. Buni kelgusida boshqa hadis va dalillarga qushib kengroq urganamiz, inshaalloh.
Lekin masalaning yana bir muhim tomoniga ham etibor berishimiz kerak. Nabiy sollallohu alayhi vasallam boshliq sifatida ikki ona-qiz sahobiyalarga ularning diniy burchlarini bayon etdilar. Khush, mazkur ikki sahobiya roziyallohu anholar uzlarini qandoq tutdilar? Haqiqiy muslima-mumina ayollar qandoq tutishi kerak bulsa, shundoq tutdilar.
Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bilaguzuklarning zakotini berish-bermasliklari haqidagi surovlariga qisqa va aniq qilib «yuq», deb javob berdilar. «Nima desangiz, shuni qilamiz, bersak, beraveramiz. Nima, zakot berish kerakmidi? Bundan buyon zakot beramiz», kabi gaplarni aytmadilar.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam hukmni bayon qilganlaridan keyin, qiz darhol ikki yugon tilla bilakuzukni chiqarib Sarvari olamning oldilariga quydi va bu ikkovi «Alloh uchun va Uning Rasuli uchun», dedi.
Jasoratni qarang! Ayol kishi uchun taqinchoqlarning, ayniqsa, katta tillo taqinchoqlarning uziga yarasha qadr-qiymati bor. Ular bundoq narsalarni juda yakhshi kuradilar. Bu ayb ham emas. Alloh taolo ayollarni shundoq qilib yaratgan. Lekin Alloh va Uning Rasuliga itoat mumina-muslima ayol uchun har narsadan ham qimmat.
Mazkura sahobiya esa bundan ham ustun himmat qildilar. Ular bularning zakoti qancha buladi? — desalar ham bular edi. Zakotini chiqarib bersalar ham bular edi. Lekin ikki bilaguzukni butunlay chiqarib, Alloh va Uning Rasuli alayhissalomga atadilar. Bu usha sahobiyaning taqvosi, fidokorligi, sakhiyligi, savob umidida ekanligi, bu dunyoning taqinchoqlaridan kura u dunyoning taqinchoqlarini ustun kurishlarini kursatadi.
Islomda doimo shundoq mumina-muslimalar topilgan, ular musulmon millatining fakhri bulib kelganlar.

Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Men oyogimga tillo khalkhal taqar edim.
«Ey Allohning Rasuli, u jamgarmami?» dedim. U Zot: «Zakoti ado qilinishga etgan narsaning zakoti berilsa, jamgarma bulmaydi», dedilar».

Abu Dovud va al-Hokim rivoyat qilishgan va «sahih», deyishgan.
Sharh: Bu rivoyatdan taqinchoqlarning nisobga etganidan zakot berilishi kerakligi kelib chiqadi.

Nofe roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ibn Umar roziyallohu anhu qizlari va churilariga tillo taqinchoq taqdirar va undan zakot chiqarmas edi».

Molik va Shofeiy rivoyat qilishgan.
Sharh: Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu eng olim va eng taqvodor sahobalardan hisoblanadilar. U kishi bilmasdan biror ishni qilmaganlar. Shuningdek, taqvoga zarracha futur etkazadigan tasarrufotlardan uzlarini olib qochganlar. Agar tillo va kumush taqinchoqlardan zakot chiqarish lozim bulganda, u kishi, albatta, chiqarar edilar.

Amr ibn Dinor roziyallohu anhudan rivoyat: «Bir kishining Jobir ibn Abdullohdan: «Taqinchoqda zakot bormi?» deb suraganini eshitdim.
«Yuq», dedi u.
«Ming dinorga etsa ham-a?!» dedi haligi odam.
«Undan kup bulsa ham», dedi u.
Shofeiy va Bayhaqiy rivoyat qilishgan.
Sharh: Jobir ibn Abdulloh ham katta olim va taqvodor sahobalardan. Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan biror narsa eshitmagan bulsalar, uzlaricha bir gap aytmaydilar.
Kurinib turibdiki, tillo va kumush taqinchoqlardan zakot berilishi yoki berilmasligi haqidagi dalil-hujjatlar bir khil emas. Bu esa uz navbatida, ulamolarimizni boshqa dalil va hujjatlarni ham tuplab, bu masala buyicha chuqur ilmiy bahslar olib borishga undagan va shundoq bulgan ham.
Ulamolarimiz tillo-kumush buyumlar, idishlar va taqinchoqlardan zakot berish masalasini chuqur urganib chiqib, quyidagi qarorlarga kelganlar;
1. Tillo va kumushdan qilingan turli buyumlar, idishlar uchun zakot berish farzdir.
Avvalo, Islom bu narsalarni isrofgarchilik, manmanlik, kambagallarning kunglini chukdirishga khizmat qilishi uchun harom qilgan. Musulmon odam mazkur narsalarni uyida saqlamagani maqul. Ammo kim ushbu qoidaga rioya qilmay ularni uziga mulk qilib olgan bulsa, usha narsalar uzi yoki boshqa mulk bilan qushilganda nisobga etsa, zakot berish farz buladi.
Ulamolarimizdan bazilari bunday idish va buyumlarning nisobga etganini aniqlash uchun ularning ogirligi etiborga olinadi, agar 85 grammga etsa nisobga etgan buladi, deganlar.
Bazilari esa qiymatini olish kerak, chunki u narsalar sanat asari sifatida, bahosi yana ham ortgan buladi, deydi.
2. Erkak kishilarning tillo va kumush taqinchoqlaridan ham zakot olinadi.
Erkak kishiga shariatimizda bitta kumush uzuk taqishga rukhsat berilgan. Qolgan har qanday kumush va tillo taqinchoq harom. Lekin shundoq bulsa ham, usha narsalardan taqinchogi bulsa-yu, uni taqsa-yu, taqmasa ham uziga mulk bulib turgani uchun zakot beradi. Uni boshqa mulklarga qushib nisob hisobiga kiritadi.
Bu narsalarning hammasi usish kerak bulgan molni ulik mol qilib quyish hisoblanadi va Islomda qoralanadi.
Zarurat uchun, kishining sogligi uchun qilingan tillo va kumush narsalar: tish, burun va shunga ukhshashlardan zakot berilmaydi.
3. Marjon, lali, zumrad, olmos, yoqut kabi narsalardan zakot berilmaydi. Chunki bu narsalar usmaydigan mol hisoblanadi. Faqat ayollarning zebu ziynati shaklida ishlatiladi.
4. Tillo va kumush taqinchoqlar taqish uchun emas, pulni band qilish uchun, jamgarma qilish uchun, sotib-foyda kurish uchun olib quyilgan bulsa, ulardan zakot berish vojib buladi. Agar shunday qilinmasa, odamlar zakot berishdan qochib puliga tillo va kumush taqinchoqlar olib quyishga utadilar. Sung bunday taqinchoqlar ayollarning hojati uchun emas, pulni ushlab va uning foydasini olish uchun qilingan buladi.
5. Ayol kishining tillo va kumush taqinchoqlari haddan tashqari kup bulsa, zakoti beriladi.
Haddi esa har yurtning, shakhsning sharoitiga qarab belgilanadi. Olmos, marjon, lali va boshqa taqinchoqlar ham shundoq qilinadi.
Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Isrof va manmanlik qilmasdan eb-ichinglar va kiyinglar», deganlar.

Ayol kishining tillo va kumush taqinchoqlari zakoti

Ushbu masalada ulamolar ham, fiqhiy mazhablar ham ikki toifaga bulinishgan. Biz mazhablarni olamiz;
1. Hanafiy mazhabi ayollarning taqinchoqlaridan zakot chiqariladi, degan.
2. Molikiy, Shofeiy va Hanbaliy mazhablari ayollarning odatdagi tillo va kumush taqinchoqlaridan zakot chiqarish farz emas, deganlar.
Ularning ikkalasi ham biz urgangan rivoyatlar yoniga yana bir qancha rivoyatlar qushadilar.
Lekin har ikki tarafning rivoyatlari uziga maqul bulaveradi.
Hanafiylar, biz hadisga suyanmoqdamiz, sizlar sahobalarning asarlariga suyanmoqdasizlar, deyishadi.
Jumhur esa siz keltirayotgan hadislar, avvalo, uncha kuchli emas, qolaversa, ayollarga tillo-kumush taqinchoqlar halol qilinishidan oldin aytilgan hadislar, biz esa usha daqiq narsalarni yakhshi bilgan sahobiylarning amalini dalil qilib keltiramiz, deydilar.
Sungra aqliy-mantiqiy dalillarga navbat keladi.
Hanafiylar, taqinchoqlar naqd pul uchun kuzlangan madanlar – kumush va tillodan yasaladi, bu madanlardan doimo zakot chiqarib kelingan va kelinmoqda. Ulardan taqinchoq bulganda ham zakot chiqarilishi kerak, deydilar.
Jumhur esa taqinchoqlar yasalgandan keyin ular pullik qobiliyatini yuqotadi, bu narsalar ayollarning shakhsiy hojatlarini chiqaradigan narsaga aylangan. Zakot esa usuvchi va usishga qobiliyatli moldan, insonning hojatidan tashqari moldan olinadi, shuning uchun ayollarning tillo va kumush taqinchoqlaridan zakot olinmaydi, deydilar.
Eslatib utishimiz kerakki, bu tortishuv nisob miqdoridan ortiq, yani sakson besh grammdan ortiq bulgan taqinchoqlar haqida ketmoqda.
Demak, Hanafiy mazhabiga amal qilgan ayollar uzlarining tillo taqinchoqlarini 85 grammdan ortiq bulsa, kumush taqinchoqlari 595 garammdan ortiq bulsa, zakot beradilar. Zakot berganda ular qiymatining ikki yarim foizini chiqaradilar.
Ushbu narsalardan zakot chiqarish haqida kishilar urtasida gap-suz, savol-suroq juda ham kup. Savollar bir ogiz suz bilan yoki bir yoqlama javob berishni kuzlab beriladi. Kurinib turibdiki, masala oddiy masala emas, tafsilotlar lozim bulgan masala. Shuning uchun uni yakhshilab urganib olib, hayotga tatbiq qilishimiz kerak. Ayollarimiz ham uzlariga tegishli bulgani uchun bu masalani yakhshi tushunib olishlari, qizlarimizga ham tushuntirib quyishimiz lozim. Shariatga muvofiq ishda khayru baraka, savob va nihoyat, kungil tuqligi bor.

Etim molining zakoti

Amr ibn Shuayb, otasi va bobosi roziyallohu anhumlardan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam odamlarga khutba qilib:
«Ogoh bulinglar! Kim etimga valiy bulsa va u(etim)ning moli bulsa, u ila tijorat qilsin, uni to sadaqa eb bitirguncha tark etib quymasin», dedilar».
Termiziy, Shofeiy va Dora Qutniy rivoyat qilishgan.
Sharh: Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «etimning molini sadaqa eb bitirguncha tark qilib quymasin», deganlaridan etimning moli nisobga etsa, undan valiysi zakot chiqarib turishi lozimligi tushuniladi.
Bu hadisi sharifdan olinadigan fiqhiy khulosa.
Ammo hadisdan olinadigan kasb, tijorat va tadbirkorlik khulosasini ham unutmasligimiz kerak. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam etim bolalarga valiy bulgan musulmonlarga tadbirkor bulish, uziniki bulmay, boshqa birovning, yani uzi tasarruf qilishga qodir bulmagan kishining puli bulsa ham, u pulni behuda saqlab turmay, ishlatib-kupaytirish payidan bulish maslahatini bermoqdalar. Birovning puliniki, ishlab chiqarishga quyish kerak bulgandan keyin uzining pulini quyish, albatta, lozim buladi.
Afsuski, hozir bu hadisga gayri muslimlar amal qilib, kuplab foydalar kurmoqdalar. Musulmonlar bu hadisga amal qilmay katta zarar kurishmoqda.

Al-Qosim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Oisha menga va ikki etim ukamga valiylik qilar edi. U kishi bizning mollarimizdan zakot chiqarar edi». Shofeiy rivoyat qilgan.
Sharh: Oisha onamizdek ulug zot etimlarning molidan zakot chiqargan ekanlar, bu ishni bilib qilgan buladilar. Zero u kishiga ukhshash kishilar bunday ishlarda uzlaricha tasarruf qilmaydilar. Ularning amallari, odatda, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan yoki kurganlariga asoslangan buladi.
Hanafiy mazhabi ulamolari, yosh bola ibodatga taklif qilinmaydi. Zakot ibodat, yosh bola namoz uqigani majbur qilinmaganidek, zakot berishga ham majbur qilinmaydi, deb uning molidan zakot chiqarish farz emas, deganlar.
Albatta, hanafiylar ham, bu masalada ularga muqobil fikrda bulgan jumhur ulamolari ham kuplab hujjat-dalillar keltiradilar. Salaf ulamolarimizning hujjat-dalilsiz aytgan gap-suzlari yuq. Shuning uchun har kim uz mazhabiga amal qilsa, uzgani hurmat qilsa, ayni muddao buladi.

Asalning zakoti

Amr ibn Shuayb, otasi va bobosi roziyallohu anhumlardan rivoyat qilinadi:
«Bani Mutondan biri bulgan Hilol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uz asallarining ushrini olib keldi. U ul Zotdan «Salaba» deb nomlanadigan vodiyni quriqkhona qilib berishni suragan edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam uning suroviga javob bergan edilar. Qachonki, Umar ibn Khattob boshliq bulganda uning omili Sufyon ibn Vahb undan ushaning haqida surab (maktub) yozdi. Umar unga:
«Agar senga asallarining ushridan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ado qiladigan narsani ado qilsa, sen unga Salabani quriqkhona qilib ber. Bulmasa, u yomgirdan keyingi pashshaga ukhshagan narsa, uni kim khohlasa, eyaveradi», deb yozdi».
Abu Dovud, Nasaiy, Tabaroniylar rivoyat qilishgan.
Sharh: Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Muton nomli arab qabilalaridan birining azosi Hilol ismli kishi kelib, ularning yurtidagi Salaba nomli asalarisi kup vodiyni uziga quriqkhona qilib berishni, undan boshqa hech kim yaqinlashmaydigan qilib quyishni suragan edi.
Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam uning talabiga javob berib, Salabani unga quriqkhona qilib bergan va chiqqan asalning ushrini zakot sifatida berib turishni tayinlagan edilar. Hilol vadaga vafo qilib, ushrni Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamga olib kelib berib turdi. U Zot sollallohu alayhi vasallam uni haqdorlarga berib turdilar.
Hazrati Umar ibn Khattob khalifa bulganlarida Hilol va uning qavmi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamga zakotni ado qilar edik|, endi ado qilmaymiz», deb turib oldilar.
Shunda usha tomonning omili bulgan Sufyon ibn Vahb roziyallohu anhu bulayotgan voqeani bayon qilib hazrati Umar roziyallohu anhuga maktub yozdilar. Hazrati Umarning javoblari aniq va qatiy edi. Agar Hilol va uning qavmi asaldan ushrni berib tursalar, Salaba vodiysini ularga quriqkhona qilib berish davom etadi. Agar ushr berishdan bosh tortsalar, hukumat uz himoyasini oladi, vodiyga kim khohlasa, borib asalni olaveradi. Hilol va uning qavmi bu ogohlantirishdan keyin uzlariga kelib ushr berishda davom etishga rozi bulgan ekanlar.
Bu rivoyatdan asaldan zakot berilishi, uning miqdori ushr – mahsulotining undan biri ekani bilinadi.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Asaldan har un meshchadan bir meshcha», dedi».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilgan.
Abu Dovudning lafzida: «Har un meshchadan bir meshcha», deyilgan.
Sharh: Demak, asaldan ushr (undan bir) berilar ekan. Hanafiy va Hanbaliy mazhablari ushbu rivoyatlarni hujjat va dadil qilib, asaldan ushr beriladi, deydilar va yana boshqa dalillar ham keltiradilar:
1. Sulaymon ibn Musodan rivoyat qilinadi: «Abu Muso al-Ashariy aytadiki, men:
«Ey Allohning Rasuli, asalarim bor?» dedim.
«Ushrni ado qil», dedilar.
«Ey Allohning Rasuli, menga togni quriqkhona qilib bering», dedim.
Menga asalarining togini quriqkhona qilib berdilar».
Ahmad va Ibn Moja rivoyat qilishgan.
2. Bayhaqiy qilgan rivoyatda Sad ibn Zubobni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uz qavmiga boshliq qilib quyganlar. U uz qavmiga:
«Asalning ushrini ado qilinglar», dedi. U ushrni olib keldi. Umar uni qabul qilib olib, sotdi va pulini musulmonlarning sadaqalariga qushdi», deyilgan.
Yana boshqa bir nechta rivoyatlar keltiriladi.
Asal usimlik va darakhtlarning gulidan buladi. Uni eyiladi va saqlanadi. U mulk buladi, sotsa daromad keltiradi. Binobarin, ziroat va mevalardan zakot farz bulganidek, asaldan ham farz bulishi kerak.
Molikiy va Shofeiy mazhablari, asalda zakot yuq, deydilar.
Ularning fikricha, asaldan zakot olinishi haqida sobit khabar yuq. Asal hayvondan chiqadigan suyuqlik bulib, khuddi sutga ukhshaydi. Sutdan zakot olinmaganidek asaldan ham zakot olinmaydi.
Ulamolar Hanafiy va Hanbaliy mazhablarining dalili kuchli, asaldan ushr olinadi, deydilar.
Albatta, asalni olguncha ketgan sarf-kharajatlarni chiqarib tashlab, qolgan sof daromaddan ushr chiqariladi. Asalning nisobi esa boshqa ziroat boyliklari nisobi kabi, besh vasaq (653 kilogramm)buladi.
Shu bilan Quron va hadisda zikr qilingan hayvonot va ziroat boyliklaridan zakot chiqarish masalasi tamom buladi. Hayvonot boyliklari zakoti faslining okhirida,
«Quron va hadisda zikr qilinmagan hayvonlar paydo bulsa, zikri borlariga qiyos qilinadi, agar shartlari tugri kelsa, ulardan ham zakot chiqariladi», degan edik. Zotan Islom shariatining barcha zamon va makonlarga mosligi ham shunda. Quron va Sunnat bosh masalalarni kursatib, yullovchi qoidalarni asoslab beradi. Musulmon ulamolar ular asosida ijmo va qiyos bilan yangi paydo bulgan masalalarni birin-ketin echib boraveradilar.
Asaldan ushr berish farzligini urganganimizdan keyin «Asal hayvondan chiqaradigan mahsulot, asalaridan, boshqa hayvonlardan chiqadigan mahsulotlardan ham zakot olinadimi?» degan savol paydo buladi. Keling, ushbu savolni kelasi bahsimizga sarlavha qilib olaylik.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари