Bu haqda kompaniya bayonotida malum qilingan.
Tarmoqning birinchi antenna machtalari Stokholm, Geteborg va Malmyo shaharlarida urnatilgan.
Yangi tekhnologiya akhborotni 1 Gb/soniya tezlik bilan uzatishni taminlaydi, bu esa 4G tarmogidan deyarli 4 marta tezroqdir. Biroq ayni vaqtda mavjud telefonlardan aksariyati yangi mobil aloqaning barcha ustunliklaridan foydalanish imkoniga ega emas. Tele2’ning cheklanmagan internetdan foydalanuvchi mijozlari 5G tarmogiga avtomatik tarzda ulanadi.
Takidlash joiz, Tele2 bu borada uzining raqobatchilari – Telia va Ericsson kompaniyalarini bir kunga ortda qoldirdi. Ushbu kompaniyalar 5G tarmoqlari 25 maydan ishga tushiriladi.
Bu orada Kirollik tekhnologiya universitetining radiotekhnika buyicha professori Ens Sanderning takidlashicha, oddiy foydalanuvchi 5G tarmoqqa utishda katta farqni sezmaydi. Yangi avloddagi tarmoq sanoat – umumiy tarmoqqa ulangan qurilmalar, haydovchisiz avtomobillar va kuchli tarmoqni talab qiluvchi boshqa jarayonlar uchun katta ahamiyatga ega.
Mutakhassisning takidlashicha, 5G tarmogi signal etarlicha kuchli bulmagan joylarda mobil aloqa bilan koplanganlik sifatini yakhshilay olmaydi.
5G tarmogi yuqori utkazish qobiliyatiga ega bulib, unda akhborotni uzatishdagi rekord tezlik 25 Gb/soniyaga etgan. Bunday tezlik 8K (Ultra HD) sifatdagi videoni real vaqt rejimida translyasiya qilish imkonini beradi.
Takidlash joiz, 5G tarmogini sinov rejimida ishga tushirgan ilk davlat aynan Shvesiya hisoblanadi.