Home / Siyosat / «Sukkanim rost, ammo hech kimga qul kutarmadim». Mirishkor hokimi internetda tarqalgan audioga izoh berdi
Место рекламы

«Sukkanim rost, ammo hech kimga qul kutarmadim». Mirishkor hokimi internetda tarqalgan audioga izoh berdi

Mirishkor tumani hokimi Bakhtiyor Rajabov «Daryo» mukhbiri Otabek Quldoshev bilan bulgan muloqotda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovoz unga tegishli ekanligini tan olib, mazkur qilmishini mahalla raisining bepisand muomalasi bilan izohladi.

Foto: «Daryo»

— Mahalla raislaridan biri berilgan topshiriqni bajarmagani etmagandek, bu holatga izoh suraganimda nopisand javob berdi. Qolaversa, charchoq holatida bulganim uchun uzimni boshqarolmay sukib quyibman, — deydi Bakhtiyor Rajabov. — Men soliq tushumlari tugridan-tugri byudjetga tushishini, bizlarning oyligimiz ham shu pul hisobidan tulanishini tushuntirdim.

Bakhtiyor Rajabovning aytishicha, mazkur voqea 28 fevral, juma kuni, bulib utgan yigilish sungida sodir bulgan. Bu paytda voqea joyida tuman soliq inspeksiyasi rahbari, moliya boshligi bulgan. Yigilish esa byudjet tushumlariga bagishlangan.

Usha kungi yigilishda ishtirok etgan mahalla raislaridan birining malumot berishicha, hokim yigilishda 5-6 nafar mahalla raisini urgan. Hokimdan kaltak egan mahalla raislari orasida deputat ham bulgan.

Mirishkor hokimi «Daryo» mukhbirining audiyozuvda kimnidir urayotgani eshitilgani, kimga qul kutargani haqidagi savoliga javob berar ekan, mazkur ovoz montaj qilib qushilganini aytmoqda.

— Yigilishda sukinganim rost, ammo hech kimga qul kutarmadim, — deydi hokim. — Kimgadir qul kutarilgani aks etgan ovoz montaj qilib qushilgan.

Shuhrat Khujaev, Mirishkor tuman hokimligi akhborot khizmati rahbari

Foto: «Daryo»

Mirishkor tuman hokimligi akhborot khizmati rahbari Shuhrat Khujaev ham voqea sodir bulgan payt voqea joyida bulganini aytib, hokimning mahalla raislariga qul kutarganini rad etmoqda.

— Usha kuni voqea joyida men ham bor edim, hokim hech kimga qul kutarmadi, — deydi Shuhrat Khujaev. — Qolaversa, hokimning haqoratli suzlari barchaga emas, bir kishiga qaratilgandi.

Mirishkor hokimi va matbuot kotibi haqoratli suzlar aynan bir kishiga qaratilganini aytsa-da, uning kim ekanligini eslolmadi.

Ismi ochiqlansa, unga bosim utkazilishidan qurqqan raisning malumot berishicha, 28 fevraldagi yigilish usha kuni kechasi soat 8:00 dan 12 gacha davom etgan.

— Mahalla raislarini tuman hokimligiga kechki payt soat 8:00 ga  chaqirishgandi, bordik. Yigilish fermerlardan tushayotgan soliq tushumlari haqida bulib, MMTP raislari ham ishtirok etayotgan  ekan, — deydi yigilishda ishtirok etgan mahalla raisi. — Fermerlar bilan bulgan yigilishni biz ham eshitib utirdik. Yigilish kechasi 22:30 gacha davom etdi. Hokim yigilishni tugatib chiqib ketdi. Hammasi joyida edi, fermerlarni sukmadi. Yigilish tugagach, ketishga choglandik, shunda Jamshid va Jahongir ismli masullar ketmay turishimizni, hokim biz bilan ham soliq tushumlari haqida gaplashishini aytdi.

Shakhsi sir qolishini suragan mahalla raisining qushimcha qilishicha, hokimning chegaradan chiqishiga viloyat pochta boshligining mahalla raislariga qilgan etirozi sabab bulgan.

Foto: «Daryo»

— Kechasi soat 11 da yana yigilish boshlandi, yigilishga kirib kelgan viloyat pochta boshligi Orif aka mahalla raislari soliq tushumlarini bajarmayotganini aytib, etiroz bildirdi, — deydi mahalla raisi. — Shunda yigilishga kirib kelgan katta (hokim nazarda tutilmoqda. Tahririyat)ning jahli chiqib, hammani sukib ketdi. 5-6 ta mahalla raislarini urdi ham. Ahmad ismli rais qovurgasi singanini aytdi.

Mahalla raislari haqorat qilingan yigilishda qatnashgan viloyat pochta boshligi Orif Mahmudov mahalla raislariga har oy 10 million sumdan soliq tushumlarini topshirish majburiyatini quygan.

— Viloyat pochtasi boshligi Orif aka mahalla raislariga har oy 10 million sumdan soliq tushumini qilasizlar deb talab quydi, — deydi suhbatdosh rais.

Eslatib utamiz, sal avvalroq mazkur holatga izoh bergan viloyat hokimligi «audioda turli khil uyatli suzlar bilan yigilganlarni «siylagan» tuman hokimi ekanligi aniq, buni inkor etish fikridan yiroqmiz. Bu borada ichki tartibda chora kurish bilan cheklanish ham mumkin edi. Ammo qonuniy ravishda chora kurilishi, «Nega oddiy khalq khato qilsa, jazo yoki jarima, hokim khato qilsa, kechirim?» kabi tabaqalashtiruvchi gap-suzlar kelib chiqmasligi tarafdorimiz», degandi. Bosh prokuratura esa mazkur holat urganilayotgani haqida bayonot bergandi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

«Rahbarlar befarq bulmasa, vaziyatdan chiqib ketamiz» – Prezident hokimlarni koronavirusga qarshi ogohlikka chaqirdi

19 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoev koronavirus pandemiyasining aholi turmushi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy tasirini …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари