Home / Sport / Suares bir oyogi bilan «Atletiko»da. Nega «Yuventus»damas?
Место рекламы

Suares bir oyogi bilan «Atletiko»da. Nega «Yuventus»damas?

Yilning asosiy transfer seriallaridan birida kutilmagan burilish ruy berdi.

Foto: Quality Sport Images/Getty Images

«Barselona» hujumchisi Luis Suares kuk-anorranglilarning mavsumoldi yiginini utkazib yubordi va uziga yangi klub izlashda davom etmoqda. Urugvaylik futbolchi avvaliga «Yuventus»ga utishga yaqin edi, ammo sunggi pallalarda transfer barbod buldi. Endi ushbu futbolchiga Madridning «Atletiko» klubidan jiddiy qiziqish paydo bulgan: Suaresni jamoaga taklif etish tashabbusi bosh murabbiy Diego Simeonega tegishli. Quyida urugvaylik futbolchi nima uchun «Yuventus»ga utmay qolgani, u «Barselona»dan nima istashi va «Atletiko» nega unga qiziqayotgani haqida fikr yuritilgan.

«Barsa» rahbariyati bilan ziddiyat
«Barselona» bosh murabbiyi lavozimiga Ronald Kuman kelishi bilanoq kup narsa tushunarli edi: Mister Suaresni klubda kurishni istamasdi. Urugvaylik futbolchining bir yillik shartnomasi qolgan, ammo futbolchining uzi, ESPN malumotiga kura, boshqa klubga ketsa ham unga shartnoma buyicha olishi kerak bulgan bir yillik maoshi tuliq tulanishini talab qildi. Bu esa takhminan 14 mln evro degani. Kataloniyaliklar futbolchini tekinga quyib yuborishga rozi, ammo unga qolgan bir mavsum uchun maosh tulashga rozi emas. Suares Andres Inesta va Khavi Yaponiyaning «Vissel Kobe» va Qatarning «As-Sadd» klubiga utganida kataloniyaliklar klubi rahbariyati ularga maoshlarining qolgan qismini ham tulab berganiga asoslangan holda shunday talab quygandi.

Shu bilan birga, Kuman Suares agar baribir «Barselona»da qolsa, unga jamoaning boshqa futbolchilari bilan bir khilda munosabatda bulishini malum qildi.

«Men Luis bilan suhbatlashdim. Biz kutamiz va kuzatamiz, u ketadimi yoki yuqmi. Ammo biz shartnomani hurmat qilamiz, agar u qoladigan bulsa, jamoaning boshqa futbolchilari kabi bir khil imkoniyatga ega buladi», – degan murabbiy Marca nashriga bergan intervyusida.

Onda Cero radiostansiyasi malumotiga kura, kataloniyaliklar klubi shartnomani bir tomonlama bekor qilish uchun futbolchiga bir yillik maoshining yarmini tovon sifatida tulab berishga rozilik bildirgan. Yaqin kunlarda Luis yangi klubi bilan kelishuv imzolashi kutilmoqda.

«Yuventus»ga transferning barbod bulishi
Turinliklar klubining Suaresga qiziqishi haqida malumot sentyabr oyi boshida paydo buldi. Marca nashri urugvaylik futbolchi «Yuventus» bilan «2+1» skhemasida shartnoma imzolashi va bu klubda yiliga 10 mln evro miqdorida maosh olishi haqida yozgandi. Ammo transfer «Barselona» bilan amaldagi shartnomani bekor qilish ishlari chuzilib ketgani tufayli amalga oshmay qoldi.

Sentyabr oyi urtalarida Ispaniyadagi RAC1 radiosi 33 yoshli forvard 6 oktyabrga qadar Italiya pasportini olishga ulgurmasligi malum bulgani haqida malumot berdi. Aynan shu kuni futbolchilarni Chempionlar ligasiga zayavka qilish muddati tugaydi.

Biroz utib La Gazzetta dello Sport nashri jurnalisti Luka Byankin Suaresning Perudja universiteti binosiga kirayotgani tasvirlangan suratini elon qildi. Urugvaylik futbolchi bu erda Evropa Ittifoqi fuqarosi pasportini olish uchun italyan tili buyicha imtihon topshirishi aytildi. Bu hujjat Suaresga EIga azo bulmagan davlatlarga mansub futbolchilar uchun ajratilgan kvotadan tashqarida bulish uchun kerak edi.

Ispaniyada buning uchun EI fuqarosi bulgan rafiqasi Sofiya Balbining pasportini taqdim etish kifoya qiladi, ammo Italiyada uziga khos qoidalar amal qiladi, unga kura, urugvaylik futbolchi EI fuqarosi pasportiga ega bulishi talab etilardi.

17 sentyabr kuni La Gazzetta dello Sport jurnalisti Luka Byankin urugvaylik futbolchi imtihonni muvaffaqiyatli topshirgani tugrisida khabar berdi. Ammo keyingi kuni uning hamkasbi Fabrisio Romano «Yuventus» ushbu futbolchini tarkibiga qushib olish rejasidan voz kechgani, uning urniga «Roma»dan 16 mln evro evaziga Edin Jeko kharid qilinishi haqida yozdi.

«Yuve» bosh murabbiyi Andrea Pirlo Luis Suaresning turinliklar klubiga kelishi imkoni deyarli yuqligini aytdi.

«Biz hali ham markaziy hujumchi sotib olish niyatidamiz. Transferlar darichasi yopilgunga qadar hali vaqt bor, shuning uchun biz khotirjammiz. Biz shoshilmayapmiz. Suaresning kelishi qiyin, chunki pasport olish uchun kup vaqt ketadi, shu tufayli bizning yangi hujumchimiz u bulishi ehtimoli juda kam», degan murabbiy Reuters agentligi mukhbiriga bergan intervyusida.

Keyingi kuni «Yuventus» sport direktori Fabio Paratichi ham bu borada izoh berdi: «Ayni vaqtda biz bir hujumchi izlayapmiz, bizning uz maqsadlarimiz bor va biz bu maqsadlarga khotirjamlik bilan erishishni istaymiz. Nomlardan qati nazar. Suaresni bu ruykhatdan chiqarish mumkin, chunki u pasportni faqat transferlar oynasi dedlaynidan keyin qulga kiritishi mumkin, 6 oktyabr kuni esa Chempionlar ligasida ishtirok etadigan futbolchilar ruykhatini yuborishimiz kerak. Biz Suares varianti taklif qilinganida buni  maqullagan edik. Luis Italiya fuqaroligini olish jarayonida edi, shu tufayli biz u muayyan vaqtgacha qaydnomadan utishiga umid qilgandik. Ammo bu ilojsiz bulib chiqdi va shu tufayli u klubga kelmaydigan buldi».

Foto: globallookpress.com/Emanuela Bianconi/Keystone Press Agency

22 sentyabr kuni esa imtihon bilan bogliq mojaroli khabarlar tarqala boshladi. La Repubblica nashri khabariga kura, Suares Italiya fuqaroligini noqonuniy yul bilan olishga uringan bulishi mumkin. Manba malumotiga kura, urugvaylik futbolchi testda tushadigan mavzularni oldindan bilgan. Bu mavzular futbolchiga oldindan yuborilgan va u testda B1 darajani qulga kiritgan (Bu tilni bilish buyicha urtacha daraja bulib, insonga suhbat qurish va aytilgan barcha narsani tushunish imkonini beradi). Bu ishda gumonlanuvchilar orasida Perudjadagi khorijliklar uchun universitet rektori Juliana Grego Bolli va universitet bosh direktori Simone Oliveri ham bor. Suares ham ishga aloqador, ammo u asosiy qoidabuzar sifatida kurilmayapti. Oliy talim muassasasida tekshiruv utkazilmoqda.

«Atletiko»ga utish
«Matraschilar» shu oy boshidan buyon futbolchining atrofidagi vaziyatni kuzatib borishmoqda, ammo faqat bir necha kun oldin taklif yuborilgan. Mundo Deportivo malumotiga kura, urugvaylik futbolchi madridliklar bilan ikki yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Ammo Suaresni sotib olish uchun «Atletiko» yiliga 8 million evro maosh olayotgan Diego Kostani sotishiga tugri keladi. Shu yul bilan «matraschilar» kharajatlar vedomostini bushatish va moliyaviy feyr-pley buyicha muammo chiqmasligiga erishishni muljallagan.

22 sentyabr kuni El Chiringuito TV Luis Suares jamoa mashgulotlarida qatnashish uchun kelgani haqida khabar berib, u baza hududida tushgan suratni ilova qildi.

Foto: Gettyimages.ru/Gonzalo Arroyo Moreno, Alex Caparros, David Ramos

Shu kuni Kataloniya klubi prezidenti Jozep Bartomeu Suares masalasida Madrid klubi bilan muzokaralarni tukhtatib turishga qaror qilgani, u «Atletiko»ni ham «Barsa» futbolchini erkin agent sifatida quyib yuborishni istamayotgan klublar ruykhatiga kiritgani, transfer uchun pul tulanishini istayotgani haqida khabar paydo buldi.

Kun okhirida jurnalist Fabrisio Romano «Atletiko» va «Barselona» vakillari urtasida uchrashuv utkazilgani, tomonlar hujumchi transferi masalasida kelishuvga erishgani, yaqin vaqtlar ichida Suares Madrid klubiga utishi haqida yozdi.

Marca malumotiga kura, madridliklar urugvaylik hujumchiga yiliga 9 mln evro miqdorida maosh tulashga tayyor, bosh murabbiy Diego Simeone ushbu futbolchi transferida shakhsan tashabbus kursatmoqda. Aynan u Suaresni «Atletiko»ga utishga kundirgan, u «Yuventus»ga ijaraga berib yuborilgan Alvaro Moratadan kura jamoaga mosroq futbolchi deb hisoblanmoqda.

Shu tariqa, Luis Suares Ispaniyada qoladi, ammo «Barselona»ning asosiy raqiblaridan biri safida.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

f_GOJ7797kCtUI6qcwshS3VgQfEomUZ

Germaniya – Ispaniya, Portugaliya Khorvatiyaga qarshi. Start arafasidagi Millatlar ligasi formati, guruhlar va JCh-2022 bilan bogliqligi haqida

Klublar urtasidagi khalqaro turnirlar yakunlangach, UEFA Evropa mamlakat milliy jamoalari urtasidagi Millatlar ligasi bahslarini boshlamoqda. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари