Home / Jamiyat / Soliq imtiyozlari urniga tulov muddatini kechiktirish taklif etilmoqda

Soliq imtiyozlari urniga tulov muddatini kechiktirish taklif etilmoqda

Prezidentning «Soliq va bojkhona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari tugrisida»gi qarori loyihasida soliq imtiyozlari urniga tulov muddatini kechiktirish taklif etilmoqda. QHTBT portalida 3 iyulga qadar uning muhokamasida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Norma akhborot-huquqiy portali khabar qiladi.

k0cst3oit-fnai-abnhuwrv1m2qtuwgf

Loyihada QQS tulovchilarning tulaqonli zanjirini yaratishga asosiy urgu berilgan, bu haqda batafsil bu erda. Bundan tashqari quyidagilar ham taklif etilgan:

— kalendar yili davomida khizmatlarni realizasiya qilishdan olgan tushumi 100 mln sumdan oshgan, biroq 1 mlrd sumdan kup bulmagan telekommunikasiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik khizmatlarini kursatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — khizmat haqi summasidan 25 foizgacha YaST stavkasini oshirish (1.08.2019 yildan). Shu tariqa, agar loyiha uzgartirishsiz tasdiqlansa, YaTT ushbu holatda yuridik shakhslar qancha tulasa, shuncha tulaydi, hozir ular uchun 4 foiz YaST stavkasi amal qiladi;

— yuridik shakhslarning tijorat banklariga joylashtirgan mablaglaridan foiz kurinishida olingan tulov manbaini foyda soligidan ozod qilish buyicha imtiyozlarni bekor qilish (1.10.2019 yildan).

— hokimliklarning yuridik shakhslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shakhslardan olinadigan er soligi va yagona er soligi borasidagi vakolatiga tuzatish kiritish: ular buyicha imtiyozlar berish urniga tulov muddatini 24 oygacha muddatga kechiktirish imkoniyatini taqdim etish. Tulov muddatini kechiktirishni taqdim etishda soliq qarzdorligi buyicha belgilangan penya miqdoridagi foizlar undiriladi.

Soliq kodeksining 171-moddasi ikkinchi qismi 13-bandida nazarda tutilgan imtiyozning amal qilish shartini kiritish, sugurtalangan shakhsning hayoti uchun sugurta tulovlari shartnoma buyicha sugurta muddati boshlangan kundan boshlab kamida 12 oydan keyin amalga oshirilgan taqdirda, sugurta shartnomasi amal qiladigan har bir yil uchun imtiyoz qullanadi. Shartnoma muddatidan ilgari bekor qilinganda va sugurta qilinuvchiga sugurta mukofotining bir qismi yoki hammasi qaytarilganda, sugurtalovchi tulov manbaida JShDSni ushlab qolishi va byudjetga utkazib berishi lozim buladi;

Tadbirkorlik subektlariga nisbatan asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlar etkazib berish buyicha import shartnomalari yuzasidan muddati utgan debitor qarzdorlik uchun, agarda asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlarni etkazib berish muddati ularning tekhnik khususiyatlari va uziga khosligidan kelib chiqqan holda 180 kundan ortiq bulsa, moliyaviy jazo choralari qullamaslik.

Keyingi norma ijodkorligi ishida bojkhona imtiyozlarini taqdim etish va ilgari taqdim etilganlarni bekor qilish tartibini qayta kurib chiqishi kerak. Khususan, import qilganda QQSdan imtiyoz urniga 120 kungacha bulgan muddatga shu soliqni tulashni kechiktirishni taqdim etish kuzlanmoqda. Shuningdek, tekhnologik asbob-uskunalar uchun bojkhona imtiyozlarini berish mekhanizmi takomillashtiriladi va optimallashtiriladi.

Loyiha uzgartirilishi, unga qushimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Check Also

2826413_1000

Qishda lablaringizni quritadigan 5 ta khato

Qishda quruq va yorilib ketgan lablar ham yomon kurinishga, ham ogriqqa sabab buladi. Dudoqlar quruqlikka …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари