Soch — ayollar guzalligining ajralmas qismidir. Bazilarning sochlari tabiatan soglom va kurkam bulsa, bazilar bunga erishish uchun sochlarini muntazam ravishda parvarishlab turishiga tugri keladi. Biroq shuni ham tan olish kerakki, eng guzal sochlar ham etarlicha etibor qaratilmasa, khira va nursiz kurinib qoladi.

477_content-575x478Foto: Cosmopolitan

Muammoni hal qilish uchun eng oson yul — guzallik saloniga murojaat qilish mumkin, ammo buni uy sharoitida amalga oshirib, yanada kuproq samaraga ham erishish mumkin.

Sochlarni yuvish

Sochlarni parvarishlashning eng oddiy usuli — ularni yuvish, biroq bu siz uylaganchalik oddiy jarayon emas. Zarur bulgan natijaga erishish uchun, avvalambor, sochingiz turiga qarab tugri shampunni tanlay bilish lozim.

Yuvib bulgandan sung, sochga kondisioner yoki balzam suring, bu sochlarning yakhshi taralib, silliq kurinishini taminlaydi. YOdda tuting, ushbu vositalarni sochning urta qismidan boshlab suring; ildizidan sursangiz, sochlar yogli bulib qoladi.

Boshni yuvishda issiq suv ishlatmang, bu keyinroq sochlarning yomonlashib, tukilib ketishiga olib kelishi mumkin. Sochlarni iliqqina suvda yuvgan maqul, okhirida esa sovuq suvga bir chayib oling.

Sochlarni quritish

Sochni tabiiy usulda quritish eng maqbulidir. Hayotingizni fensiz tasavvur eta olmasangiz, unda issiq havoni sovugiga almashtiring. Fendagi bunday rejim sochlarga kamroq shikast etkazadi.

Bundan tashqari, qizdirib taqiladigan bigudi, ployka, soch tekislagichlardan iloji boricha kamroq foydalanishga harakat qiling. Ularni ishlatish chogida sochlaringizga issiqlikdan himoya qiluvchi sprey sepishni unutmang.

Sochni tarash

Sochlarni parvarishlashda tugri taroq tanlay bilish muhim omildir. Bosh terisiga zarar etkazmasligi va sochlarni zaryadlamasligi uchun metall taroqdan foydalanish kerak emas. Eng yakhshisi yogoch yoki plastmassa taroqdir.

Sochlarni tarashni uchidan boshlash va asta-sekinlik bilan ildizigacha olib borish lozim. Sochlar chuvalashib qolgan bulsa, uni qulda ochib, sung tarashda davom etish lozim. YOdda tuting, sochlarni hulligida tarash mumkin emas, aks holda ular qattiq chuzilib ketadi, natijada soch tuzilishi buzilib, qoplamasi kuchadi va sochlar tukila boshlaydi.

Soch uchini tekislab turish

Kiyimga ishqalanish, tarash va iqlim sharoitlaridan eng kup sochlar uchi zarar kurishi tufayli, ularni vaqti-vaqti bilan kesib turish zarur.

Sochlarni himoyalash

Kuchaga chiqqan vaqtda, ayniqsa shamolli havoda sochlarni kokil qilib urish yoki rezinka bilan yigishtirib quyish lozim. Bundan tashqari, sochlarni qishda sovuqdan, yozda jaziramadan himoya qilish uchun bosh kiyimi kiyib yurish zarur.

Tugri ovqatlanish

Sochlar soglom bulishida tugri ovqatlanishning urni alohida. Ovqatlanish rasioningizga albatta asosiy ozuqa guruhlari elementlarini kiriting, bular — dukkaklilar, donlar, qatiq mahsulotlari, gusht, baliq, sharbatlar hamda meva va sabzavotlar. Shirinliklar, qovurilgan va achchiq taomlarni kamroq istemol qiling, alkogol va chekishdan voz keching. Va albatta zarur miqdorda toza suv ichib turing.

Soch uchun niqoblar

Uy sharoitida qullash mumkin bulgan niqoblarning turi kup. Ularning eng oddiy va samaralilaridan biri qatiqdir. Qatiqni sal isitib, sochlaringizga suring va 40 daqiqa ushlab turing. Sung boshingizni har doimgidek shampun bilan yuvib tashlang. Bunday usul sochni muloyim qilib, uni oziqlantiradi va namlantiradi.

Yana bir ommabop niqob asallidir. Undagi mineral va vitaminlar sochning tukilishi oldini olib, qazgoqdan qutulishda ham asqotadi.