Home / Jamiyat / «Skver»dagi avtoturargoh urnini egallagan investor kim?
Место рекламы

«Skver»dagi avtoturargoh urnini egallagan investor kim?

Chekhiyaning «IMP NEW PAY» kompaniyasi Matbuotchilar kuchasidagi 0,23 gektar maydonda qurilish boshladi. Shu paytga qadar, joy avtoturargoh sifatida ishlatilgan.

Malum qilinishicha, mazkur qurilish Toshkent shahar hokimining 2019 yil 28 martdagi 467-sonli qarori asosida, 25 mln. AQSh dollaridan kam bulmagan investisiya kiritish sharti bilan, kompaniyaga ajratib berilgan.

Toshkent shahar hokimligi matbuot khizmati rahbari Furqat Mahmudkhujaevning Kun.uz’ga malum qilishicha,  bu erda 1-2-3-qavatlari savdo dukonlari, yuqori qavatlari ofislardan iborat 9 qavatli bino qurilishi rejalashtirilgan.

«IMP NEW PAY» nomi bilan 2016 yil 19 avgustda Chekhiya Respublikasida davlat ruykhatidan utgan kompaniya haqida ochiq malumotlar bazasida  bir qancha qiziq faktlar taqdim etilgan. Unga muvofiq, kompaniya tasischilari uzbekistonlik Isroil Yunusov hamda germaniyalik Pol Braytenbah hisoblanadi.

Yashash manzili Toshkent shahridagi Karvon berk kuchasi, 10 uy etib belgilangan kompaniya tasischilaridan biri Isroil Yunusov «IMP NEW PAY» ning 95 foiz aksiyasiga egalik qiladi. Germaniya fuqarosi esa 5 foiz aksiyani boshqaradi. Shuningdek, kompaniyaning ustav kapitali 1000 chekh kronasini (takhminan 39 dollar) tashkil etadi.

Ochiq malumotlar bazasida yuridik manzili Chekhiyaning Karlovi Vari shahrida kursatilgan kompaniya direktori sifatida Murat Madenov ismi yozilgan. Chekhiyada uy-joy kharidi va sotuvi bilan shugullanuvchi saytlarda shunday ismli shakhs makler ekani kursatiladi.

Booking.com sayti malumotiga kura, Murat Madenov ismli shakhs Karlovi Vari shahrida istiqomat qiladi va uylarni ijaraga ham topshiradi. U Chekhiyada 13 yildan buyon doimiy yashashi, ushbu biznes bilan 6 yildan beri shugullanishi haqida malumot yozib qoldirgan.

Chekhiya Respublikasi qonunlariga kura, Evropa ittifoqi fuqarosi yoki Chekhiya rezidenti maqomida bulmagan shakhs mamlakatdan kuchmas mulk sotib olishi mumkin emas. Kursatilgan maqomga ega bulmagan shakhslar Chekhiyadan uy kharid qilish uchun vizaga ega bulishi va 7 yil davomida mamlakatda yashagan bulishi kerak. Shuningdek, chekh fuqarosi bilan turmush qurgan holatda ham uy-joy sotib olish mumkin.

Evropa Ittifoqiga azo Chekhiya Respublikasida kuchmas mulk kharid qilishning boshqa usuli ham mavjud. Buning uchun ushbu davlatda masuliyati cheklangan jamiyat tashkil etib, EI fuqarosi yoki ushbu mamlakatda uzoq vaqt bulish huquqiga ega shakhsni kompaniya direktori etib, tayinlash lozim.

Surishtiruv davomida kompaniya tasischisi Isroil Yunusov Uzbekiston professional boks federasiyasi raisi ekani malum buldi. Malumotlarga kura, Isroil Tolibjonovich Toshkent ishbilarmonlik markazida qurilish olib borayotgan Real House brendi ostidagi Lotus Gaz Invest masuliyati cheklangan jamiyatning tasischilaridan biri va ustav fonddagi ulushi 56,7 foizni tashkil etadi.

Kompaniyaning boshqa tasischisi (43,30 foiz ulushga ega) Papirus Print MChJ ustav fondining 76 foiz ulushi Yunusov Ibrohim Tolibjonovichga tegishli.

Lotus Gaz Invest hamda Papirus Print kompaniyalarining asosiy amalga oshirayotgan ish faoliyati turi turar joy binolarni qurishdan iborat. Ayni paytda Real House brendi ostida ish olib borayotgan kompaniya direktori Yusupaliev Ulugbek Abdullaevich bulib, shu ismli shakhs 2014 yili 25 avgust kuni «Shuhrat»  medali bilan mukofotlangan. Ammo u paytda Ulugbek Yusupaliev Davlat soliq qumitasi Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi boshligi sifatida hujjatlarda qayd etilgan.

Khulosa qilib aytish mumkinki, shahar markazidagi qaynoq nuqtani nol qiymatda yirik investisiya jalb etish sharti bilan khorijiy kompaniyaga topshirilgan. Ammo usha kompaniya tasischilaridan biri Uzbekistonda muvaffaqiyatli qurilish ishlarini olib borayotgan tadbirkorlardan biri bulib, uning khorijdagi kompaniyasi ustav fondi 39 dollarni tashkil etgan.

Sunggi paytlarda chuntagida khemiri yuq khorijiy kompaniyalarga investision majburiyatlar bilan er va mulklarni berish amaliyoti kup uchramoqda. Ortida aslida uzbekistonlik shakhslar  turgan kompaniyalar esa investision majburiyatlarni mahalliy banklardan kredit olish evaziga tuldiradi. Kredit resurslarini olish uchun taqdim etilgan aynan er yo mulkni garovga quyadi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

NQG_ct0zPz1HrCvAqZrgfCaRXme0yLT3

Samarqandda arzimagan sabab bilan boshlangan janjal ulimga olib keldi

Jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan. 2020 yilning 31 may kunidan …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари