Home / Madaniyat / «Sirli dushman kimning ichiga yashiringanini bilmaymiz»: Italiyadagi hayot haqida hikoya

«Sirli dushman kimning ichiga yashiringanini bilmaymiz»: Italiyadagi hayot haqida hikoya

Sisiliyadagi plyajda joylashgan bar egasi Katya Afonina qatiy karantin sharoitida Italiyaning eng yirik orolidagi hayot haqida hikoya qildi.

Foto: REUTERS/Remo Casilli

Italiya hukumati epidemiyadan eng kup jabr kurgan hududlarni yopib, olomon Lombardiyadan uyiga, janubga qaytish uchun poezdlarni ishgol qila boshlaganida meni birinchi marta korona-vahima bosgandi. Kimdir chipta bilan, kimdir chiptasiz, kimdir koronavirus bilan, yana kimdir sog-salomat. Agar bilmasangiz, aytib utaman: Italiya janubida yashovchilar keyingi bir yarim asr davomida nafaqat Amerika bilan Germaniyaga, balki mamlakat shimoliga ham ommaviy ravishda ishlash uchun ketishadi. U erda pul va zavodlar, yaylov va boglar ham usha erda.

Kimdir boy Italiyadan kambagal Italiyaga olib kelgan virusli zotiljam bois qishloq kasalkhonasiga tushib qolishdan avvaliga qurqmadim. Men bankrot bulishdan qurqardim. Fevral oyi boshlarida menga rieltor qungiroq qilib, lidoni (Adriatikani Venesiya lagunasidan ajratib turuvchi qumli orollar zanjiri) 45 000 evroga taklif qildi. Aftidan, bu qutulish uchun okhirgi imkon edi, biroq men buni bilmagandim.

10 mart kuni okhirgi marta qishloqda joylashgan uchta bardan biriga okhirgi marta kirdim. Choy bilan chizkeyk sotib oldim va uzimni hammasi joyidadek kursatishga urindim. Unchalik ukhshamadi. Chunki barda bir uzim edim. Men bar egalarining minnatdorona nigohlari ostida mardlarcha tort eb, choy huplayotganimda Italiya hukumati yangi dekret chiqardi. Ertasiga Italiyadagi barcha bar va restoranlar yopildi.

Endilikda uydan faqatgina supermarketga va ishga – agar usha ish qolgan bulsa – chiqamiz. Kecha gaz sotuvchi Antonio menga uchta ballon keltirib berdi. Uning asosiy biznesi mebel dukoni, uning aytishicha, hozirda aholining mebelga bulgan ehtiyoji nolga teng. Sunggi ikki hafta davomida uyimga yaqinlashgan ikkinchi odam – qushnim Karmelo. U har kuni chuchqa boqish uchun keladi. U shuningdek, alyuminiy romlar ishlab chiqaradi va sotadi… Uzr, sotardi. Yaqin kelajakda odamlarga romlar mebeldan ham kamroq kerak buladi.

Savdo hali uni tukhtatish tugrisida farmon chiqmasdan turib tukhtagandi. Faqat dorikhona va oziq-ovqat dukonlarigina tirik qoldi. Endi Karmeloning bor umidi mana shu chuchqasidan. Bu ofat tugaganida na u va na boshqasi barda kun buyi utiradi. Shunchaki hech narsaga pul qolmaydi.

Uyda un kun havo-tomchi tahdididan yashirinib utirdim. Nihoyat, supermarketga borishni chuzmaslik kerakligini tushundim. Hozirda uchta qishloqda atigi ikkita ijobiy test chiqqan, ammo doim shundayligicha qolmaydi. Uzimga niqob tikdim, internet maslahat berganidek ichiga mato joyladim, yuzimga taqdim. Sogliqni saqlash vazirligi saytidan rukhsat qogozini printerda chiqarib oldim (bu qogozsiz 206 evro jarima tulashga tugri keladi) va oziq-ovqat sotib olishga chiqdim.

Dukon oldidagi navbat mashinalar turadigan ulkan turargohni aylanib utgandi. Odam kupligi uchun emas, balki sisiliyaliklar endi guj bulib tuplanmay quyganliklari uchun. Deyarli hamma niqobda, garchi eshikka niqobni faqat bemorlar va ular bilan muloqotda bulganlar taqishi kerakligi tugrisida eslatma yopishtirilgan bulsa ham. Ichkariga kirar ekansan, bu erda ana shu bemor uzing ekanligingni tushunasan, chunki sen bilan muloqot qilayotgan sotuvchilar kosmonavtlarga ukhshab qolishgan. Niqob, qulqop va qandaydir shubhali yangi kiyimdan tashqari, ularning har biri bejirim plastik tusiq ichida. Bir-birimiz bilan baqirib gaplashishimizga tugri keladi.

Radiodagi elon esa vaziyatni yanada keskinlashtiradi: «Tez-tez kharid qiling, tayyor ruykhat bilan keling, kuchada turganlarni kuttirmang». Kuchadagi aravachalar khuddi uyga yangi kuchib kelganlarning yuk mashinasini eslatsa-da, nimagadir peshtakhtalarda hamma narsa bor. Men ham ana shunday aravacha bilan chiqarkanman, chekdagi raqamga hayrat bilan boqdim: 168,24 evro. Shunaqa buladimi? Ha, mayli. Butqa bilan yongoqlarim hech qachon tugab qolmaydi.

Kasallik yuqtirishdan qurqish — niqoblar ortidagi yuzlarda qolgan yagona narsa. Bu – hali urganilmagan, kurinmas va inson kuchi bilan boshqarilmaydigan nimadandir qurqish. Biz hammamiz dahshat iskanjasida qoldik. Bizga hamla qiladigan sirli dushman kimning ichiga yashiringanini bilmaymiz. Bizga yaqin kelganlardan qochamiz: balki udir? «Sinora, khavfsiz masofani saqlang!.. Oh, u bizga quloq solmayapti! Qochdik!» Sodir bulayotgan voqealardan goh kulging keladi, goh gazabing. Ammo garoyib tarzda hammani birlashtiradi.

Millatni birlashtiradigan yana bir narsa — bu, albatta, italyan televizori. Men televizor kurishni bu yil boshladim, utgan besh yilim esa uzimni Rossiya televideniesidan tozalashga ketdi. Rostini aytsam, epidemiyadan oldin televizor asabimni buzardi. Chunki bizning davrimizda har qanday televizor asabni buzadi. Ammo butun Italiyada karantin elon qilingach, kutilmaganda RAI-1 davlat telekanalini hurmat qila boshladim. Men har kuni kuradigan ikkita ertalabki shou endilikda faqat virus haqida. Uning tabiati va kurinishi, mamlakatda va dunyoda tarqalishi, virus tugrisidagi feyk khabarlarni fosh etish, virus tugrisidagi hazillar, bemorlar va tuzalib ketganlar bilan intervyular. Hattoki italyan tilining murakkabligini tushuntiradigan professor ham endilikda epidemiyani yoritish bilan bogliq khatolarni tugrilamoqda.

Agarda karantin ishlayotgan bulsa, u ham televizor tufayli. U tulib ketgan kasalkhonalarni, odamlardan uyda utirishni surab yiglayotgan shifokorlarni kursatadi. Karantinning birinchi kunlari studiyalardan barcha tomoshabin va mehmonlar goyib buldi, ular endi skayp orqali muloqot qilishyapti. Kimdir yutaladi, kimdir qushiq aytadi, yana kimdir uyidan turib qanday uqiyotgani yoki ishlayotgani haqida hikoya qiladi. Kecha YouTube’da kurgan narsangni ertalab markaziy telekanal orqali kursatishadi. Bari shahri meri parklarda uyida utirmayotgan usmirlarni izlab yuradi: «Bolalar, uyga boringlar, bunday utirish mumkinmas! Biz boshqa joylarda kurayotgan narsa tez orada bizda ham bulishi mumkin! Hamma uyiga!» Aytgancha, kuplab merlar (va albatta, shifokorlar) bu virus bilan ogrimoqda, Yaratgan ularga shifo bersin.

Uy qamogi sharoitida bu khabarlar bilan tanishar ekansan, bankrot bulish haqidagi qurquv qaygadir goyib buladi. Sisiliyadan Alpgacha butun boshli mamlakat tanazzulga qanday yuz tutayotganini kurib turganing uchundir, balki.

Ammo garchi yangi hayotda bar va restoranlarga faqatgina dorikhonachilar, superkat khodimlari va shifokorlargina bora oladigan bulib qolsa ham – bu noyob mijozlarni kurishni istardim. Hech qanday tusiqlarsiz, skafandr va niqoblarsiz.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари