Home / Siyosat / Sirdaryo viloyatida yangi IES quriladi
Место рекламы

Sirdaryo viloyatida yangi IES quriladi

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, The International Company for water and power projects va Acwa Power Sirdarya urtasidagi Sirdaryo viloyatida quvvati 1 500 MVt bulgan bug-gaz elektr stansiyasini qurish buyicha investisiya bitimi tasdiqlandi.

Foto: Uzbekenergo

Prezidentning “Sirdaryo viloyatida quvvati 1 500 MVt bulgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari tugrisida”gi PQ–4799-son qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, “The International Company for water and power projects” (Saudiya Arabistoni) (investor) va “Acwa Power Sirdarya” MChJ (Loyiha kompaniyasi) urtasidagi Sirdaryo viloyatida quvvati 1 500 MVt bulgan bug-gaz elektr stansiyasini qurish buyicha investisiya bitimi tasdiqlandi. Investisiya bitimi u imzolangan kundan etiboran kuchga kiradi (2020 yil 6 martda imzolangan).

Energetika vazirligi matbuot khizmati khabariga kura, qaror bilan “Uzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi urtasidagi Elektr energiyasini sotib olish tugrisidagi bitim maqullandi.

Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda faqat “Uzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga sotadi.

Investisiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga, istisno tariqasida, quyidagi huquqlar beriladi:

  • kreditlash, chet el valyutasidagi mablaglarni olish va ulardan foydalanish uchun chet eldagi khorijiy banklarda hisobvaraqlar ochish hamda respublikadagi hisobvaraqlaridan khorijdagi hisobvaraqlariga pul mablaglari utkazish;
  • Uzbekistonning tashqarisidagi khorijiy pudratchilar, etkazib beruvchilar yoki khorijiy kreditorlarga tulovlarni Uzbekistondagi bank hisobvaraqlari orqali tugridan-tugri amalga oshirish.

Loyiha doirasida samaradorligi 60 foizdan yuqori H/J sinfidagi eng zamonaviy bug-gaz qurilmalari qullaniladi. Elektr stantsiyasi yiliga 10 milliard kVt.s.dan ortiq elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, tabiiy gazning yillik tejash darajasi 2,0 milliard m3.dan oshadi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

yNmyZ46CifJ-rroY4tWZZQOFjVYjvJ1U

Milliy gvardiya qumondoni Qul jangi federasiyasi rahbarligiga saylandi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Uzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qul jangi federasiyasining navbatdan tashqari …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари