Home / Jamiyat / Sirdaryoga etib borgan quruvchi va hasharchilar soni malum qilindi
Место рекламы

Sirdaryoga etib borgan quruvchi va hasharchilar soni malum qilindi

Toshqin yuz bergan hududlarni tiklash uchun 11 ming nafardan ortiq quruvchi va hasharchilar kumakka kelgan.

Foto: Kun.uz

Ushbu quruvchi va hasharchilar joylashgan 17ta obektda jamoat tartibini saqlash va khavfsizlikni taminlashga 120 nafar Milliy gvardiya va ichki ishlar khodimlari jalb qilingan.

Bu haqda Milliy gvardiya tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bulimi boshligi Tulqin Qodirov 22 may kungi brifingda malum qildi.

Uning suzlariga kura, suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga Milliy gvardiyaning 2500dan ortiq shakhsiy tarkibi, 140ga yaqin makhsus tekhnika va transportlari safarbar etilgan.

Shuningdek, 3000dan ortiq khonadonlardan fuqarolar yuklari kuchirilgan, qurilish chiqindilari olib chiqilgan.

Sardoba tumanining «Dustlik» mahallasidagi 715ta khonadonda kuchirish va tozalash ishlari yakunlandi. Ushbu mahalladan 762ta hujjat topilib, egalariga topshirildi.


Toshqin oqibatida 76ta kup qavatli uy yaroqsiz holga keldi.

Talafot kurgan aholi orasida 5 mingdan ortiq profilaktik suhbatlar utkazilib, jabrlanuvchilarga davlat tomonidan yangi uylar qurib berilishi yuzasidan tushuntirish berilgan.

Eslatib utamiz, tekhnogen ofat oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 2 570ta uy-hovli va 76ta kup qavatli uy yaroqsiz holga kelgan edi.

Shuningdek, 1 781ta hovli, 52ta kup qavatli turar joy qisman zararlangan. 70ta ijtimoiy obekt, 20 ming gektarga yaqin ekin maydoni, 828 km yul, elektr, gaz, ichimlik suv, aloqa tarmoqlariga talafot etgan.

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida uy-joylari butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan aholi uchun 3ta massivda jami 2 ming 640 kvartirali 66ta 5 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.


 Sardoba tumanidagi “Dustlik” MFYdagi massivda 37ta 5 qavatli uy qurilishi boshlangan.

13 may kungi videoselektorda prezident Shavkat Mirziyoev boshqa viloyatlar rahbarlariga Sirdaryodagi uysiz qolganlar uchun uy qurib berish buyicha topshiriq bergan, unga kura har bir viloyatga imkoniyatidan kelib chiqib 100dan ortiq khonadon biriktirilgandi.

14 may kuni boshqa viloyatlardan hokimlar boshchiligidagi yuzlab mutakhassislar Sirdaryoga etib keldi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Toshkentda issiq suv uchirilmagan holda issiqlik tarmoqlari tekshiruvdan utkaziladi

2020 yilda manbalardan issiqlik tarmoqlarini sinovdan utkazish grafigi tasdiqlandi.  2020-2021 yillarda isitish mavsumiga tayyorgarlik kurish …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари