Home / Siyosat / Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmonning tor doiradagi muzokaralari boshlandi
Место рекламы

Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmonning tor doiradagi muzokaralari boshlandi

Avval khabar berganimizdek, Kuksaroyda Tojikiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi buldi. Shundan sung davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot khizmati khabar bermoqda.

15c76423-b074-b8c2-9cff-ac5cc1ee1b67-680x452-1
Foto: Prezident matbuot khizmati

Prezident Shavkat Mirziyoev Emomali Rahmonni mamlakatga tashrifi bilan qutlab, ikki davlat urtasida siyosiy ishonch darajasi oshgani, uzoq yillik dolzarb masalalar qisqa muddatlarda hal etilganini takidladi.

«Biz Sizning ilk davlat tashrifingizga Uzbekiston—Tojikiston munosabatlarining yangi tarikhidagi muhim siyosiy voqea sifatida qaraymiz. Bu tomonlarning uzaro manfaatli hamkorlikni dustlik, yakhshi qushnilik va manfaatdorlik tamoyillari asosida yanada kengaytirishga intilishi qatiy ekanidan dalolat. Bugun mamlakatlarimizning savdo-iqtisodiyot va transport-kommunikasiya salohiyatini tuliq ruyobga chiqarish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish borasida ulkan imkoniyatlar ochilmoqda. Bu tashrif haqiqatan ham tarikhiy bulishi, kelishuvlarimiz uzoq yillar khalqlarimizga khizmat qilishini istaymiz», dedi Shavkat Mirziyoev.

7d000602-0918-fbbf-7c4f-89ba916ccabe-680x452
Foto: Prezident matbuot khizmati

Prezident Emomali Rahmon Uzbekistonga taklif va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ushbu uchrashuv hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish uchun qulay imkoniyat ekanini qayd etdi.

«Sizning joriy yil mart oyida Tojikistonga davlat tashrifingizni mamnuniyat bilan eslayman. U mamlakatlarimiz munosabatlarini qayta tiklab, turli sohalardagi hamkorlikka kuchli turtki buldi. Samarali tashqi siyosatingiz tufayli Uzbekistonning khalqaro hamjamiyatdagi reytingi oshib bormoqda. Mamlakatingiz, odamlar hayotida ham katta uzgarishlar bulmoqda. Bu davlat tashrifim khalqlarimiz uchun juda muhim», dedi Emomali Rahmon.

Ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi va say-harakatlari tufayli davlatlararo munosabatlar mustahkamlandi. Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon khalqaro forumlar doirasida uchrashib, telefon orqali tez-tez muloqot qilib, mamlakatlarimiz urtasidagi aloqalarni izchil rivojlantirib kelmoqda.

e031ce06-985d-f3e3-99b9-a6f260a71329-680x452
Foto: Prezident matbuot khizmati

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, energetika, qishloq va suv khujaligi, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish, odamlar uchun qulayliklarni oshirish masalalari muhokama etildi. Bu boradagi qushimcha imkoniyatlarni ishga solishga, hududlar, yirik korkhonalar va tadbirkorlar urtasidagi aloqalarni mustahkamlashga, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga kelishib olindi.

Davlat rahbarlari khalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Putin Toshkentga bugun kechqurun etib keladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Uzbekistonga 18 oktyabr kuni kechqurun etib keladi. Bu …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари