Home / Jamiyat / Shavkat Mirziyoev 2021 yil yakuniga qadar 15 ming nafar ishsiz ayolni hunarmandchilikka uqitish buyicha topshiriq berdi
Место рекламы

Shavkat Mirziyoev 2021 yil yakuniga qadar 15 ming nafar ishsiz ayolni hunarmandchilikka uqitish buyicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida utkazilgan yigilishda davlat rahbari yil yakuniga qadar 221 ming nafar khotin-qizlarning bandligini taminlash zarurligini qatiy takidladi, deya khabar bermoqda «Daryo» mukhbiri.

Foto: «Daryo»

Yigilishda takidlanishicha, utgan uch oy mobaynida «ayollar daftari»ga kiritilgan 253 ming nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollarning 32 ming nafari ish bilan taminlangan.

«Ayollar daftari»ga kirgan ishsizlar Khorazmda – 40 ming, Qashqadaryoda – 20 ming, Namanganda – 18 ming, Andijon, Bukhoro, Jizzakh va Samarqandda – 17 mingdan, Qoraqalpogiston va Surkhondaryoda – 15 mingdan, Toshkent viloyatida – 14 ming, Fargonada – 11 ming, Navoiyda – 9 ming, Sirdaryoda – 8 ming, Toshkent shahrida – 3 ming nafarni tashkil etmoqda.

«Misol uchun, bugungi kunda Shahrikhonda ‘ayollar daftari’ga kiritilganlar soni 3,5 mingga yaqin. Shundan 2,5 mingdan ziyodi ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtojlar, 31 nafari boquvchisini yuqotgan ehtiyojmandlar, 15 nafari nogironligi bulganlar, 25 nafari qaramogida nogironligi bulgan bolalari mavjud yolgiz ayollar, 418 nafari tibbiy himoyaga, 454 nafari huquqiy va psikhologik yordamga muhtoj khotin-qizlardir.

Tumanda 3 mingga yaqin ayol pilla etishtiradi. Pilla mavsumidan keyin boshqa daromad topishning imkoniyati yuq, chunki er tanqis. Hududdagi pillachilik klasteri 800 nafar ayolni uqitib, ularga tuquv dastgohi va ipak khom ashyosini etkazib berish, ishlab chiqarilgan tayyor eksportbop mahsulotlarni kafolatli sotib olib, tashqi bozorga yunaltirish tashabbusi bilan chiqqan.

Khuddi shu kabi, Margilon shahrida daftarga kirgan 2,5 ming nafar ayollar bulib, shundan 363 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj. Vaholanki, Margilonda bir tuquvchi kuniga 8-10 metrgacha adras va khon atlas, 2 metrgacha alo bakhmal matosini tuqimoqda. Alo bakhmal matosining bir metri uchun 25 ming, khon atlas uchun 5 ming, adras uchun esa 4 ming sumgacha haq tulanadi. Bu – bir oyda 1,5 million sumgacha daromad topish mumkin, degani.

Ushbu faoliyatni kengaytirish orqali Margilon shahrida 500 nafar, Shahrikhon tumanida 800 nafar ayollar bandligini taminlash, umuman Fargona va Andijon viloyatlarida 4 mingtadan yangi ish urinlarini yaratish imkoniyati mavjud», – dedi davlat rahbari.

Prezident bir qator viloyat hokimlariga ikki oy muddatda Margilon, Bukhoro, Shahrisabz, Nukus shaharlari va Shahrikhon tumanida khotin-qizlarni adras, atlas, alo bakhmal, gilam tuqish buyicha bir oylik uquv kurslarida hunarmandchilikka urgatish tizimini joriy qilib, yil yakuniga qadar bu viloyatlardagi kamida 15 ming nafar ayollarni uqitish topshirigini berdi. Shuningdek, Bandlik jamgarmasi orqali tuquv dastgohlarini kharid qilishga 20 milliard sum ajratish kerakligini aytdi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

lQzJN6d1M7PhkTbtG-Gz9Z0Z4_kE5y_o_medium-680x385-680x385

Kuchli brendning yuqligi va valyuta khavfi: Fitch khalqaro reyting agentligi UzAuto Motors’ning zaif joylarini aytdi

Fitch Ratings khalqaro reyting agentligi birinchi bor UzAuto Motors’ning uzoq muddatli khorijiy va milliy valyutadagi kredit …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари