Home / Siyosat / Shavkat Mirziyoev Samarqandga junab ketdi
Место рекламы

Shavkat Mirziyoev Samarqandga junab ketdi

Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Samarqandga junab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot khizmati khabar bermoqda.

Qayd etilishicha, prezident “Sharq taronalari” un ikkinchi khalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Malumot uchun: Registon maydonida har ikki yilda bir marotaba 25-30 avgust kunlari YuNESKO shafeligida “Sharq taronalari” khalqaro musiqa festivali utkaziladi. “Sharq taronalari” Markaziy Osiyodagi eng katta festivallardan biri sanaladi.

rvqzffdxdfls1tks8kjsyptet7ooguqt

Festival utkazilishidan asosiy maqsad – milliy musiqa sanatida erishilgan yutuqlarni keng ommaga tatbiq qilish, millatlarning madaniyat va ananalarini asrash va rivojlantirish, sozandalik va khonandalik yunalishidagi iqtidorli yoshlarni qullab-quvvatlash, shuningdek, khalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, dustlik va uzaro bagrikenglik goyalarini targib qilishdan iborat.

1997 yilda tashkil etilgan ilk “Sharq Taronalari” khalqaro musiqa festivalida 31 davlatdan musiqiy guruhlar va ijrochilar tashrif buyurishgan. Bugunga kelib “Sharq taronalari” nafaqat Urta Osiyoda, balki jahon miqyosidagi mashhur festivallar qatoridan joy olib ulgurdi.

2015 yilda utkazilgan X “Sharq taronalari” khalqaro musiqa festivalida ishtirokchi davlatlar soni 66 taga etdi. Festival davomida musiqaning turli jihatlariga bagishlangan khalqaro anjumanlar utkazish ananaga aylanib qoldi. Bu anjumanlarda butun dunyodan kelgan olimlar fikr va tajribalar almashish imkoniyatiga ega bulishadi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

ec05e009

Keraksiz matohni qadrli buyumga aylantirish sanati – Kun.uz’da «Optimist» loyihasining ilk soni

Kun.uz uz yunalishida yutuqlarga erishayotgan, hayotga pozitiv nigoh bilan qaraydigan, qiyinchiliklarni nekbin ruhda engib utishga …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари