Home / Siyosat / Shavkat Mirziyoev Marhamat tumaniga bordi
Место рекламы

Shavkat Mirziyoev Marhamat tumaniga bordi

Shavkat Mirziyoev Andijon viloyatiga safari chogida Marhamat tumaniga borib, «Vodiy hamkor agrofirmasi» tomonidan tashkil etilgan quyonchilik klasteri bilan ham tanishdi.

1 gektardan ziyod maydonda tashkil qilingan mazkur klaster joriy yil 1 maydan ishga tushdi.

Kooperasiya usulida 50ta khonadonga quyonlar tarqatilib, ulardagi odamlar bandligi taminlandi. Shuningdek, quyon terisini oshlash va teridan telpak tikish sekhida 20ta ish joyi yaratiladi.

Korkhonaga «Kaliforniya», «Yangi Zelandiya», «Flander», «Reks» va «Velikan» zotli 1000 bosh quyon olib kelingan bulib, bir yil davomida ular soni 30 ming boshga etishi kutilmoqda.

Quyonchilik klasteri tomonidan bir yilda jami 3 milliard sumlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarish, 150 ming dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan.

Shu erda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik korkhonalari salohiyati haqida malumot berildi.

«Andijonda chorva kam, gusht boshqa joylardan olib kelinyapti. Quyon, parranda, baliq kupaytirilib, gushti istemolga chiqarilsa, viloyatda gusht narkhi tushadi. Kambagal oilalarga tarqatilib, klasterlar tomonidan qayta sotib olinsa, ularga daromad buladi. Iqtisodiy kompleks va sektor rahbarlari shu bilan shugullanishi kerak», dedi Shavkat Mirziyoev.

Viloyatda omikhta em ishlab chiqarishni kupaytirish, quyonchilikni 1 million boshga etkazish buyicha topshiriqlar berildi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

zz1_wFo0bS6eKPJobO8JZ1dVdUsg3Ol5

Qaysi sohalarda millionerga aylanish oson ekanligi malum buldi

Malumot berilishicha, boyligi 5 mln dollardan ortiq bulgan tadbirkorlarning aksariyati (30 foizga yaqini) uz mablaglarini …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари