Home / Madaniyat / Shavkat Mirziyoev Qozogiston bosh vazirini qabul qildi
Место рекламы

Shavkat Mirziyoev Qozogiston bosh vazirini qabul qildi

Bugun, 25 fevral kuni Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ikkinchi Uzbekiston-Qozogiston hududlararo hamkorlik forumi doirasida mamlakatimizga kelgan Qozogiston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Maminni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Uzbekiston rahbari keyingi yillarda ikki mamlakat urtasidagi kup qirrali munosabatlarning rivojlanish surati tobora ortib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlar dustlik, yakhshi qushnichilik va strategik sheriklikni mustahkamlashga, ikki tomonlama hamkorlikni aniq mazmun bilan boyitishga khizmat qilayotgani takidlandi.

Asqar Mamin Uzbekiston Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Qozogistonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboev va Prezident Qosim-Jumart Tuqaevning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Uchrashuvda, avvalo, savdo-iqtisodiyot, investisiya, transport-kommunikasiya, energetika, agrar tarmoqlarda, talim, madaniyat sohalari va boshqa ustuvor yunalishlarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari kurib chiqildi.

Tovar ayirboshlashdagi yuqori usish suratlarini saqlab qolish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, mamlakatlarimiz etakchi kompaniyalari ishtirokida kooperasiya va infratuzilmani rivojlantirish loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida etibor qaratildi.

Qushma dasturlar asosida gumanitar va turizm sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv sungida keng kulamli Uzbekiston-Qozogiston sherikligi doirasida yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish buyicha «yul kharitasi»ni tayyorlashga kelishib olindi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

YdD1jPnB1TDaimWF56If8crsKQLb1x4R

Uzbekistonda tukhtatilayotgan tuylar, viza berishni bas qilgan AQSh, koronavirus qayd etilmayotgan Khitoy va kunning boshqa khabarlari

Yakunlanib borayotgan 20 mart juma kuni Uzbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари