Home / Siyosat / Shavkat Mirziyoev ETTB delegasiyasini qabul qildi
Место рекламы

Shavkat Mirziyoev ETTB delegasiyasini qabul qildi

Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 mart kuni Evropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti boshchiligidagi ushbu nufuzli moliyaviy institut delegasiyasini qabul qildi.

«Uzbekiston va ETTB 2017 yilda sheriklikni qayta yulga quyganini alohida takidlash joiz. Utgan davrda bankning mamlakat strategiyasi va qushma “yul kharitasi” qabul qilindi va amalga oshirilmoqda.

Yangi investisiyalar hajmi 1,1 milliard dollarga etib, energetika, issiqlik va suv taminoti, kommunikasiyalar, yul va uy-joy qurilishi kabi ustuvor tarmoqlarga yunaltirilgan. Ayni paytda, ETTB kiritgan sarmoyaning uchdan bir qismi khususiy sektor tashabbuslarini qullab-quvvatlashga qaratilmoqda.

Toshkentdagi vakolatkhonadan tashqari bank Andijonda uz ofisini ochdi, joriy yilning okhirigacha Urganchda ham ochishni rejalashtirmoqda», deyiladi prezident matbuot khizmati khabarida.

Uzbekiston rahbari ikki tomonlama hamkorlikda bunday yuksak darajaga erishilganida Suma Chakrabartining shakhsiy hissasi va faol say-harakatlarini alohida qayd etgan.

Uchrashuvda uzoq muddatli istiqbolga muljallangan amaliy hamkorlikning ustuvor yunalishlari batafsil kurib chiqilgan.

ETTB prezidenti ushbu etakchi khalqaro moliyaviy tashkilot Uzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturiga har tomonlama kumaklashishni davom ettirish hamda sheriklik kulamini tubdan kengaytirishga tayyor ekanini bildirgan.

Infratuzilmani modernizasiya qilish, bank sohasi, tuqimachilik va sanoatning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish, kichik biznes tashabbuslarini qullab-quvvatlash buyicha ustuvor loyihalarni ishlab chiqish va ilgari surishga alohida etibor qaratilgan.

Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga tugridan-tugri investisiyalar, ilgor tajriba, bilim va tekhnologiyalarni jalb qilishga qaratilgan qushma tadbirlarning rejasi va kun tartibi yuzasidan fikr almashilgan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

O1972Qf8_xtGLnfJd4Ym1pMSXaUfX8st

Samarqand shahrida karantin vaqtida ham tungi klublar ishlayotgani malum buldi

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida joriy qilingan karantinga qaramay, Samarqand shahridagi tungi klublar uz faoliyatini …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари