Home / Iqtisodiyot / S7 asoschilarining qizi aviakompaniya direktorlar kengashi raisi lavozimini egalladi
Место рекламы

S7 asoschilarining qizi aviakompaniya direktorlar kengashi raisi lavozimini egalladi

Rossiyaning yirikligi buyicha 2-raqamli aviakompaniyasi S7 Airlines asoschilari Vladislav va Nataliya Filevaning qizi Tatyana Fileva kompaniya direktorlar kengashi raisi lavozimini egalladi.

Foto: TASS

Bu haqda Tatyana Filevaning uzi Forbes nashriga bergan intervyusida malum qilgan.

Tatyana Fileva 32 yoshda bulib, aviakompaniyada 12 yildan beri faoliyat yuritib keladi. U intervyuda uzi uchun ota-onasi tashkil etgan aviakompaniyada faoliyat yuritishdan boshqa taqdirni kurmaganini aytgan. “Agar senda uz biznesing bulsa, nega birovga ishlashing kerak?”, deb aytgan Fileva.

Uning aytishicha, u onasi Nataliya Fileva 2019 yilda aviahalokatda hayotdan kuz yumgandan keyin S7 Airlines direktorlar kengashi raisi lavozimini egallagan. S7 Group kompaniyasi direktorlar kengashining sobiq raisi Nataliya Fileva 2019 yil 31 martda Frankfurt-Maynda aviahalokatga uchragandi.

“Men kompaniyada ancha vaqt va etarlicha ishlaganman, kompaniya hozirgi kurinishga kelishida mening hissam ham bor”, deb aytgan Fileva. Uning aytishicha, u S7 hamda operasion blok uchun tuliq javob beradi va “biznes muvaffaqiyatli yuritilmoqda”, shu sababli u S7 Group’ning katta vise-prezidenti va S7 Airlines direktorlar kengashi raisi lavozimini egallashga “haqli ravishda munosib.”

Tatyana Filevaning takidlashicha, onasi vafotidan keyin kompaniyaning 100 foiz aksiyasi uning oilasi ikhtiyorida qolgan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

B1h8cNeAWDt1HBPqQtZSvY1LC3DauZJm

IIV: Qishloq khujalik va oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi transport vositalari harakati cheklanmagan

Uzbekistonda koronavirusning tarqalishiga qarshi kurash doirasida joriy etilgan avtomobillar harakatlariga taqiqlar qishloq khujalik va oziq-ovqat …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари