Home / Iqtisodiyot / Sariosiyoda prezident qarorida belgilangan loyihaga tusqinlik qilinmoqda
Место рекламы

Sariosiyoda prezident qarorida belgilangan loyihaga tusqinlik qilinmoqda

«Men OAV faoliyatini muntazam kuzatib boraman. Lekin, afsuski, islohotlar mohiyati, qabul qilinayotgan qonun va qarorlar ijrosi bilan bogliq muammolar, aholi murojaatlari yuzasidan gazeta, tele va radiokanallarda tanqidiy maqola, kursatuv va eshittirishlar juda kam», deb takidlab utdiprezident Shavkat Mirziyoev Konstitusiya qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan utgan tantanali tadbirda suzlagan nutqida.

Ushbu jurnalistik surishtiruvimizda Prezident tomonidan imzolangan ana shunday qarorlardan birining ijrosi Surkhondaryo viloyati Sariosiyo tumanida qanday qilib paysalga solingani, tadbirkor va khorijlik investorning «tarvuzi qultigidan tushgani» haqida hikoya qilinadi.

2018 yilning 19 iyulida Uzbekiston Respublikasi Prezidentining «2018-2019 yillarda investisiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qushimcha chora-tadbirlar tugrisida»gi PQ–3874-sonli qarori imzolangandi.

Mazkur qarorning 5-ilovasiga kura, Sariosiyo tumanida Afgonistonning «Bilol Bakhir Sari» kompaniyasi bilan birgalikda dorivor usimliklar etishtirish uchun 15 gektar er maydoni ajratilishi va 2 million AQSh dollari miqdorida investisiya kiritilishi belgilangan.

Ayni paytda, mazkur topshiriqqa masul bulgan sariosiyolik tadbirkorlar zotdor yilqi va tuyaqush boqish bilan muvaffaqiyatli shugullanishmoqda. Chorva uchun em etishtirishga muljallangan maydonning 2 gektarida zafaron (shafran) ustirilmoqda. Zafaron usimligining tuganaklari kupayib, ularni yanada kengroq erga kuchirib utqazish imkoniyati bor.

Tadbirkorlar Prezident qaroriga kura yangi ajratiladigan 15 gektar erda zafaron, lavanda, aloe vera kabi eksportbop dorivor usimliklar etishtirishni muljallashayotgan edi.

Surkhondaryoda ilk bor utkazilgan «Biznes forum» chogida afgonistonlik hamkor topiladi. Oldinga utib aytish kerakki, viloyat hokimining investisiyalar buyicha urinbosari Anvar Oripov mazkur «Biznes forum» doirasida imzolangan shartnomalar va memorandumlarning keyingi taqdiriga mutlaqo befarq.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Sariosiyolik va afgonistonlik tadbirkorlarning davosiga kura, Afgonistondan 1 million AQSh dollari miqdoridagi mablag «Bilol Bakhir sari» MChJ qushma korkhonasining «Uzsanoatqurilishbank»ning Shargun shahar bulimiga yunaltirilgan. Biroq, sariosiyolik tadbirkorga kura, ishlar khorijiy investor kutganidan mutlaqo ters tus olgach, ortga qaytarib ketilgan.

Khullas, bizga tushuntirishlaricha, Sariosiyo tuman hokimi Asqarali Juraev khorijlik investor Ahmad Javid Nurzay bilan uchrashishni ham paysalga solib, u Sariosiyoda bulganining faqat oltinchi kuni (!) uchrashish uchun fursat topgan. Akhir khorijlik investorning niyati jiddiy bulmasa, hokim bilan uchrashishni kutib, chekka tumanda bir hafta yurmaydi-ku?!

Ahmad Javid Nurzay bu borada qanday fikrda ekanini bizga malum qildi:


Investor Ahmad Javid Nurzay

«Men Ahmad Javid Nurzay, Afgonistondagi «Bilol Bakhir Sari» kompaniyasi rahbariman. Dorivor usimliklarni etishtirish buyicha qushma korkhona ochish uchun Uzbekistonning Sariosiyo tumanida 7 kun buldim. Tuman rahbari faqat 6-kunga kelib biz bilan uchrashishga vaqt topdi. Tuman hokimi bilan gaplashib, ayrim moliyaviy operasiyalarni bajardik, sherigim va bizga kup vadalar berilgan edi, lekin ularning birortasi bajarilgani yuq. Shu sababli Afgonistonga qaytib ketishga majbur buldik».

Muammoning mohiyati nimada uzi?

Sariosiyolik tadbirkor, «Bilol Bakhir Sari» MChJ muassislaridan biri Zafar Safarovning aytishicha, ular Prezident qarorida belgilangan vazifani alo darajada uddalash uchun barcha choralarni kurishgan: investor topishgan, unga loyihani taqdim etishgan. Ularga loyihani amalga oshirish uchun viloyat va tuman kadastr bulimi tomonidan er tanlash taklif etilgan. Erlarning tuproqlaridan namunalar olinib, poytakhtdagi laboratoriyalarda tahlil qilingan. Tahlil natijalari Afgonistonga — investorga junatilgan. Investorning urganishlaridan yakuniy bir tukhtamga kelishgan va dorivor usimliklarni ekish uchun «Lutfikor» mahallasi hududidagi dalani tanlashgan.

Biroq oradan kup utmay, mazkur er «uta unumdor» bulgani uchun pakhta va galla ekish uchun qoldirilgani, zafaron, lavanda kabi eksportbop ekinlar ekish uchun Tojikiston bilan davlat chegarasi yaqinidagi suv chiqmaydigan, unumsiz erlar taklif etila boshlangan. (Pakhta va galla urnini eksportbop yangi ekinlar hisobiga qisqartirish haqida Prezidentning uzi bot-bot takrorlab turgan chogdagi khatti-harakatga etibor bering!)


Surkhondaryo viloyat hokimining birinchi urinbosari Tura Bobolov

Viloyat faollari yigilishida Surkhondaryo viloyat hokimining urinbosari T.Bobolov Sariosiyoda afgonistonlik investorning 1 million dollar investisiyasi bilan yangi loyiha ish boshlaganini maqtab takidlaganiga qaramasdan, aynan uning imzosi bilan «Bilol Bakhir Sari» MChJga tanlangan erni olishga rad javobini berish haqida tuman hokimi nomiga khat yullangan.

Eng hayratlanarlisi, dala «Bilol Bakhir Sari» MChJga pakhta va galla ekish uchun zakhira qilingan, degan vaj bilan berilmagan esa-da, u erda qurilish ishlari olib borilayotganiga guvoh buldik. Yani, er qandaydir vaj bilan prezident farmonida kursatib utilgan khorijiy investor ishtirokidagi loyihaga ajratilmasdan, boshqa birovga berib yuborilgan.

Mazkur masala yuzasidan Sariosiyo tumani hokimi Asqarali Juraev bilan uchrashib, savollarimizga javob olish uchun ikki kunlik urinishlarimiz besamar ketdi. Aftidan, afgonistonlik investorga ham janob hokim shunday tutqich bermagan.

Bu boradagi ayrim savollarimizga tuman hokimining investisiyalar, innovasiyalar, khususiylashtirilgan korkhonalarga kumaklashish masalalari buyicha urinbosari Sherzod Khidirov javob berdi.


Sariosiyo tumani hokimi urinbosari Sherzod Khidirov

Khidirov tuman khorijiy investisiya kirishidan manfaatdor ekanligini takidladi. Aynan shu masul afgonistonlik Ahmad Javid Nurzayga ham bir hafta davomida hamrohlik qilgan. Ketib qolmasin, deya kungliga qaragan. U hali ham bu loyiha amalga oshishiga ishonmoqda.

U taqdim etgan albomga kura, Sariosiyoda kelgusi yilda jami 40ta investision loyiha amalga oshirilishi belgilangan bulib, ularning naq 38tasi bank kreditlari evaziga amalga oshiriladi. Kredit evaziga amalga oshiriladigan loyihaning ruyobga chiqishi albatta dargumon. Bank biror vaj bilan kredit bermasa-chi, kreditning foizi tadbirkorga tugri kelmasa-chi, degan savollar yuzaga chiqadi.

Tumanda 2019 yilda tadbirkorlar va investorlarning uz mablaglari evaziga oshiriladigan loyihalar ikkitagina ekan. Ulardan biri — «Bilol Bakhir Sari» MChJniki. Yani, tuman hokimi tomonidan er ajratilsa, ertadanoq kirishsa buladigan, Prezident qarorida belgilab quyilgan loyihaning amalga oshishiga bepisandlik qilinmoqda.

Tuman hokimi «biz tavsiya etgan er tadbirkorlarga yoqmadi, nima qilay endi?» deyishi ham mumkin. Lekin, loyihaga katta pul tikilyapti. Uning samarali faoliyat boshlashi, yangi ish urinlari yaratilishi uchun laboratoriya tekshiruvlaridan utgan unumdor tuproqli er ajratilishi kerak emasmi? Boz ustiga, usha serunum erda qurilish ishlari olib borilayotganini nima bilan izohlash mumkin?!

Albatta, yangi turdagi eksportbop usimliklarning etishtirilishi mamlakatimiz farmasevtika va parfyumeriya sanoatiga qushimcha yordam bulardi. Khorijdan valyuta evaziga olib kirilayotgan moddalar urnini bosuvchi khomashyo uzimizdan chiqsa va eksport qilinsa yakhshi emasmi? Ayni paytda 2 gektar maydonda etishtirilayotgan zafaron allaqachon Evropa davlatlariga eksport qilinmoqda.

«Bilol Bakhir Sari» MChJ rahbarining tushuntirishicha, endi afgonistonlik investorni qaytarish onson bulmaydi. U umuman qaytib investisiya kiritmasligining ehtimoli katta. Kuryapsizmi, birgina tuman hokimining beparvoligi tufayli shuncha boshlangan ish, Prezident qarorida belgilab quyilgan vazifani amalga oshirish yuzasidan qilingan say-harakatlar osmonga uchmoqda.

«Albatta, shu ishlarni boshqa bir viloyatda yoki tumanda ham amalga oshirsam ham buladi. Chaqirib ham yotishibdi. Lekin bor bilimim va sarmoyamni uzim tugilib usgan tumanda amalga oshirishga, uz khalqimga ish urinlari yaratishga sarflamoqchi edim. Rahbarlarning yangiliklar va islohotlarga, ayniqsa davlat rahbarining qaroriga bepisandligi mening hafsalamni pir qilmoqda. Arz-dodimni esa hech kim eshitmayapti», dedi tadbirkor.

Khullas, Sariosiyoda mana shunaqa gaplar… Surkhondaryo viloyat hokimining birinchi urinbosari Tura Bobolov, viloyat hokimining investisiyalar buyicha urinbosari Anvar Oripov, Sariosiyo tumani hokimi Asqarali Juraevning khatti-harakatlari kholisona baho berishni sizning hukmingizga qoldiramiz, aziz mushtariy!

Kun.uz esa mazkur vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatishda davom etadi.

Shuhrat Shokirjonov,
Kun.uz makhsus mukhbiri.

P.S. Surishtiruvlarda aniqlanishicha, mazkur holat Asqarali Juraev bor sarmoyasini shu tuman ravnaqiga qushaman degan yosh tadbirkorlarga birinchi bor tusqinlik qilishi emas ekan. Shu zafaron, tuyaqush va otlar uchun em ekiladigan maydon, tadbirkor tomonidan tuman dehqon bozori yaqinida barpo etilayotgan supermarket binosi qurilishida ham er ajratish bilan bogliq muammolar yuzaga kelib, faqatgina shakhsan viloyatning usha vaqtdagi hokimi Erkinjon Turdimovning aralashuvi bilan tadbirkorning huquqlari tiklangan ekan.

Ayni paytda viloyat hokimi uzgargan. Surkhondaryo viloyat khalqi bekorga Turdimovning ketishini chuqur qaygu bilan qarshi olmagan ekan. Kurib turibmizki, Surkhondaryoda «ishlayman» degan, kuzlari yongan tadbirkorlarning kukragiga tekkan oftob yana qora bulutlar orasiga berkingan. «Sulaymon ketib, devlar qutilgan», deganlari shu bulsa kerak…

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

alisher

Shavkat Mirziyoev Alisher Usmonov haqida: «Bunday vatandoshlarimiz bilan fakhrlanishimiz kerak

Rossiyalik milliarder, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov Namangan viloyatiga «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари