Samarqand viloyat bosh arkhitektori Bobir Elmuradov davlat mulkini talon-toroj qilishda gumonlanib qulga olingan.
Kun.uz manbasi khabar berishicha, u garov evaziga ozod qilingan va hozirda 7 milliard sumlik byudjet mablagini uzlashtirishda ayblanib sud qilinmoqda.
Bobir Elmuradov 2019 yilning martida Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshligining urinbosari – viloyatning bosh arkhitektori etib tayinlangandi.
U bu lavozimga tayinlanishidan avval Samarqand shahri hokimi urinbosari vazifasida ishlagan vaqtida shaharning «Said» mahallasidagi 26 nafar fuqaroga uylari «snos»ga tushgan deb davlat byudjetidan 7 milliard sum miqdoridagi pulni asossiz ravishda berishda ayblangan.
Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167 (uzlashtirish yoki rastrata yuli bilan talon-toroj qilish), 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistemol qilish) va 228-moddasi (hujjat va muhrlarni qalbakilashtirish) bilan viloyat prokuraturasi ayblov khulosasi elon qilingan.