Home / Iqtisodiyot / Samarqand khalqaro aeroportining yangi kurinishi kitob shaklida buladi
Место рекламы

Samarqand khalqaro aeroportining yangi kurinishi kitob shaklida buladi

Samarqand khalqaro aeroporti 62 million dollar evaziga yangicha kurinish olmoqda. Bu haqda «Uzbekiston 24» telekanali efirida aytildi.

Bu boradagi lavhada aeroportning maketi ham kursatilgan va u kitob shaklida ekanini kurish mumkin. Investisiya loyihalari asosida yangicha kurinish oladigan aeroport soatiga 600-1200 kishiga khizmat kursata oladigan aerovokzalga ega bulmoqda. Inshoot barcha turdagi samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qila oladi.

Kitob kurinishidagi aeroportning tom qismida yulduzlarning surati buladi va ular tunda ham kurinib turadi. Turkiya va Uzbekiston korkhonalari ishtirokida amalga oshirilayotgan qurilishga «Enter engineering» kompaniyasi bosh pudratchi sifatida kursatilgan. Hozirda obektda karantin qoidalariga rioya qilgan holda 245 kishi ishlamoqda. Lavhada ishlar grafik buyicha davom etayotgani va poydevor qismi tuliq qurib bitkazilgani aytildi.

Samarqand khalqaro aeroporti rekonstruksiyadan keyin yiliga 1,4 million nafar yulovchiga khizmat kursatish quvvatiga ega buladi. Bu esa soatiga 600 kishining kelib-ketishiga imkoniyat mavjud buladi degani. Bino yonida 730ta mashinaga muljallangan zamonaviy tukhtash joyi quriladi. Aeroport 2021 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Malumot uchun, 2022 yilda Shankhay hamkorlik tashkilotining Sessiyasi aynan Samarqand shahrida utkazilishi rejalashtirilgan. Vazirlar Mahkamasining «2022 yilda Samarqand shahrida Shankhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Sammitini utkazishga tayyorgarlik ishlarini moliyaviy qullab-quvvatlash tugrisida»gi qaroriga kura, utgan yildan boshlab shaharda yullar holatini yakhshilash buyicha ishlar boshlab yuborilgan va kuplab kuchalarda kommunikasiya tarmoqlari yangilab chiqilgandi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

20200118_111009

Dushanbeda Tojikiston-Uzbekiston biznes-forumi bulib utadi

Dushanbe shahrida 29 sentyabr kuni biznes-forum bulib utadi va unda Tojikiston va Uzbekiston biznes hamjamiyatining 700dan ortiq …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари