Home / Iqtisodiyot / Samarqandda poezd quloqchin taqqan bolani urib ketmaslik uchun favqulodda tukhtashga majbur buldi
Место рекламы

Samarqandda poezd quloqchin taqqan bolani urib ketmaslik uchun favqulodda tukhtashga majbur buldi

6 sentyabr kuni soat 06:43 larda Maroqand–Tinchlik yunalishidagi yuk poezdi Kattaqurgon–Zirabuloq temir yul bekatlarining 4-piketida harakatlanib ketayotganida favqulodda tukhtashni amalga oshiradi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Transportda khavfsizlikni taminlash boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bulimi boshligi kapitan Alisher Ochilov Kun.uz’ga malum qildi.

Foto: Samarqand viloyati IIB Transportda khavfsizlikni taminlash boshqarmasi

Malum bulishicha, Kattaqurgon shahridagi mahallardan birida yashovchi 2003 yilda tugilgan  R.F. temir yul izlari ichida quloqchin taqib ketayotganida orqa tomondan kelayotgan yuk poezdining signal berishini eshitmaydi.

Oqibatda poezd ushbu voyaga etmagan shakhsni urib yubormaslik uchun favqulotda tormoz berib, qiyinchilik bilan tukhtashga majbur buladi. Poezd 15 daqiqadan sung uz yunalishi buyicha harakatni davom ettirgan.

Holat mahalla va talim muassasasida muhokama etilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Alisher Ochilovning aytishicha, Samarqand viloyati IIB Transportda khavfsizlikni taminlash boshqarmasi «Uzbekiston temir yullari» AJ bilan hamkorlikda haftaning har chorshanba kuni «Temir yullarda khavfsiz kun» va har payshanba kuni «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» targibot kunlari utkazmoqda.

Bu kunlarda temir yul khavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi buyicha, shu jumladan: maishiy chiqindilar tashlash, tan jarohatlari olish, bakhtsiz khodisalar, uz joniga qasd qilish, vagon oynalari sindirilishi, temir yul signalizasiya va aloqa vositalariga shikast etkazish, temir yulga begona jism quyish, temir yullarda tashilayotgan tovar-moddiy boyliklarning talon-toroj qilinishi kabi holatlarga yul quymaslik maqsadida temir yul atrofida joylashgan mahallalar, korkhona-tashkilotlar, talim muassasalarida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

20200118_111009

Dushanbeda Tojikiston-Uzbekiston biznes-forumi bulib utadi

Dushanbe shahrida 29 sentyabr kuni biznes-forum bulib utadi va unda Tojikiston va Uzbekiston biznes hamjamiyatining 700dan ortiq …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари