Home / Jamiyat / Samarqandda arzimagan sabab bilan boshlangan janjal ulimga olib keldi
Место рекламы

Samarqandda arzimagan sabab bilan boshlangan janjal ulimga olib keldi

Jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.

2020 yilning 31 may kunidan 1 iyun kuniga utar kechasi soat 23:30da fuqaro, 27 yoshli D.R. Samarqand viloyati Narpay tumani Sarbozor mahallasida joylashgan “Mirbozor” savdo bozorining oldidagi “Samarqand” avtoshohbekatida Navoiy viloyatidan kelayotgan pochtani kutayotgan bulgan.

Uzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti khabariga kura, shu vaqtda 47 yoshli Sh.U. uzining boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasida kelib, fuqaro D.R.ning ung elkasidan turtib utishi natijasida yuzaga kelgan janjalda fuqaro D.R. quli bilan haydovchi Sh.U.ning yuziga bir marotaba urgan vaqtida Sh.U. erdagi toshga yiqilib tan jarohati olgan.

Sh.U. olgan tan jarohatlari bilan Narpay tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat buyicha Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bulimi tomonidan D.R.ga nisbatan Uzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga ogir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi quzgatilgan.

2020 yilning 2 iyun kuni soat 11:30da Sh.U. kursatilgan tibbiy muolajalarga qaramay tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Shu sababli jinoyat ishi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga (jabrlanuvchining ulimiga olib kelgan qasddan badanga ogir shikast etkazish) qayta malakalangan. D.R. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

3qGLXmaOvhz9en8B6SK4jwhbYXdeU5c-

«Tun buyi ulim bilan olishdim» – koronavirusdan tuzalgan samarqandlik shifokor kasalkhonadagi kunlari haqida gapirib berdi

Samarqandlik shifokor Erkin Hakimov koronavirusdan sogaygach, boshidan utkazganlarini hikoya qilib berdi. U VVS uzbek khizmati …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари