Home / Madaniyat / Salomlashish odoblari

Salomlashish odoblari

salomMusulmonning musulmondagi haqqi uchrashganda salomlashishdir.

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonning musulmondagi haqqi beshtadir», – dedilar.

«Ular qaysilar?» – deyildi.

«Qachon uchratsang, unga salom ber; davat qilsa, ijobat qil; nasihat surasa, nasihat qil; aksa urib, Allohga hamd aytsa, tashmiyt ayt; kasal bulsa, ziyorat qil; vafot etsa, janozasida ishtirok et», – dedilar».

Sharh: Demak, salomlashish  janoza uqish, kasalni ziyorat qilish kabi buyuk ibodatlar qatorida, hatto ularning ichida birinchi urinda turar ekan.

Shuning uchun salomlashishni ana shunday etiborli amallar qatorida sanash, past kurmaslik lozim.

Yurayotgan utirganga salom beradi

Abdurrohman ibn Shibldan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning aytayotganlarini eshitdim: «Ulovdagi piyodaga salom bersin, piyoda utirganga salom bersin, ozchilik kupchilikka salom bersin. Kim salomga alik olsa, uziga foyda. Kim alik olmasa, unga hech narsa yuq».

Sharh: Bu hadisi sharifda odob buyicha kim kimga avval salom berishi haqida suz ketmoqda. Demak, markabga minib olgan odam piyoda ketayotgan odamga salom berishi kerak ekan. Tik yurib ketayotgan odam utirgan odamga salom bermogi lozim. Ozchilik kupchilikka salom bermogi kerak.

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ulovdagi piyodaga, piyoda utirganga, ozchilik kupchilikka salom beradi», – dedilar.

Sharh: Ulovda ketayotgan ham, piyoda yurayotgan ham harakatda buladi. Ammo ulovdagi kishining harakati piyodanikidan ziyoda buladi. Shu bilan birga, u piyodadan qulay va afzal holatda buladi. Shuning uchun ulovdagi kimsa piyodaga salom beradi. Bu undagi ehtimoli bor kibrni sindiradi va uzini piyodaga yaqin olgan buladi.

Uz navbatida piyoda yurib borayotgan odam utirganga salom berishi uning harakatda bulib turgani va utirganning harakatsiz ekani uchundir. Harakatdagi shakhsning salom berishi oson buladi. Buning ustiga, utirgan kimsaning oldidan kuplab yulovchilar utadi. U qay biriga salom bersin. Albatta, uning salomga alik olib turgani maqul.

Ozchilikning kupchilikka salom berishida son jihati etiborga olingan.

Jobirdan rivoyat qilinadi:

«Ikki piyoda uchrashib qolsa, kim oldin salom bersa, usha afzal buladi».

Sharh: Bu hadisi sharif oldin ham utgan. Bu ikki tarafning holi teng bulgani uchun, ulardan qay biri oldin salom bersa, ushanga fazl vada qilingan. Bunda salomga shoshilishga targib bor.

Ulovdagi utirganga salom beradi

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ulovdagi piyodaga, piyoda utirganga, oz kupga salom bersin», – dedilar».

Sharh: Bu hadis avvalgi kelgan hadisning deyarli takrori ekan. Mazkur hadisi sharifda ushbu bobga bevosita bogliq mano yuq. Ammo, otliq piyodaga salom berganidan keyin, utirganga ham salom beradi-da, degan ishoriy mano bulishi mumkin.

Fazoladan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Otliq utirganga, ozchilik kupchilikka salom beradi», – dedilar».

Sharh: Bu hadisi sharifda otliq piyodaga salom berishi ochiq-oydin bayon qilinmoqda.

Piyoda otliqqa salom beradimi?

Husoyn ash-Shabiydan rivoyat qilinadi:

«U, otliqni kurganda unga salom berdi.

«Otliqqa salom berasanmi?» – dedim.

«Shurayhning piyoda bulaturib oldin salom berganini kurganman», – dedi».

Sharh: Hazrati Shurayh ulug olim bulganlar. Bir narsani bilmasalar, qilmaganlar. Ehtimol, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu haqdagi biror rivoyatni eshitgan bulsalar kerakki, shunday qilganlar.

Ozchilik kupchilikka salom beradi

Fazola ibn Ubayddan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ulovdagi piyodaga, piyoda utirganga, ozchilik kupchilikka salom beradi», – dedilar».

Sharh: Ozchilikning kupchilikka salom berishida uluglashning rioyasi bor.

Fazoladan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Otliq piyodaga, piyoda turgan kishiga, ozchilik kupchilikka salom beradi», – dedilar».

Sharh: Bu hadisi sharifda ushbu bobga ochiq-oydin bogliq bulgan mano kelgan. Umuman olganda, salom berish haqidagi boblarga nazar solgan odam ikki tomonning rioyasi qilinganini kuradi.

Otliq piyodaga, piyoda turgan kishiga salom berishida salom beruvchiga kibr tasir qilmasligi kuzda tutilgan.

Ozchilikning kupchilikka salom berishida esa salom beriladigan tarafni uluglash bor.

Bir majlisga kirgan odam hammaga umumiy bitta salom beradi. Agar umumiy salomdan sung bazilarga alohida va khos salom bersa ham, ziyoni yuq. Shunday qilish ham mumkin. Ulardan bazilari alik olsa, kifoya qiladi.

Kichik kattaga salom beradi

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ulovdagi piyodaga, piyoda utirganga, ozchilik kupchilikka salom beradi», – dedilar».

Sharh: Avvalgi hadisdan bunisining farqi «otliq» suzi urniga «ulovdagi» suzida ishlatilganidir.

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kichik kattaga, piyoda utirganga, ozchilik kupchilikka salom beradi», – dedilar».

Sharh: Islomda utgan umrning shariat buyicha uz qadri bor. YOshning kattaligi ila kupgina ishlarda imtiyoz beriladi. Jumladan, salom berishda ham. Kichik yoshdagilar katta yoshdagilarni uluglab va hurmatini qilib avval salom beradilar.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари