Home / Siyosat / Saylov kodeksiga jiddiy uzgartirish kiritilishi kutilyapti. U siyosiy partiyalarning imzo tuplashiga aloqador
Место рекламы

Saylov kodeksiga jiddiy uzgartirish kiritilishi kutilyapti. U siyosiy partiyalarning imzo tuplashiga aloqador

Uzbekiston milliy saylov tizimini yanada demokratlashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Uzbekiston saylov tizimini yanada demokratlashtirish, saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi loyihasi elon qilindi.

Uzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga qator uzgartish va qushimchalarni kiritishni nazarda tutadigan qonun loyihasini tayyorlash rejalashtirilmoqda.

Ularga kura:

bushagan deputatlik urinlariga saylov utkazish uchun aniq muddatlarni belgilash;

parlamentda uz fraksiyasiga ega bulgan siyosiy partiyalar uchun (kamida 9ta deputatlik urni) saylovlarda ishtirok etish uchun saylovchilarning qullab-quvvatlovchi imzolarini (parlament saylovida 40 mingta, prezidentlik saylovida saylovchilarning 1 foizi miqdorida) tuplashi shart emasligi tugrisidagi qoidani urnatish;

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan saylovchilar imzolari zarur sonining barchasini tekshirish tartibini urnatish, imzolarni haqiqiy emas deb topish asoslarini belgilash;

khorijiy davlatlarda istiqomat qiladigan fuqarolarning saylovda ishtirok etishiga oid kafolatlarini kengaytirish (saylovchilarni khorijdagi saylov uchastkasi saylovchilar ruykhatiga kiritish buyicha interaktiv davlat khizmatlarini yulga quyish, saylovchilar turgan joyida muddatdan oldin ovoz berish tartibini belgilash);

khalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga saylov utkazuvchi okrug saylov komissiyalarini (OSK) tugatish va uning vakolatlarini tuman (shahar) saylov komissiyalari zimmasiga yuklash;

saylov komissiyalari azolari mehnatiga haq tulash tartibini takomillashtirish, shu jumladan kompensasiya tulovlarini hamda doimiy ish bilan band bulmagan azolar, pensionerlar uchun ish haqi tulash tartibini yoritish;

nomzodning nomzodlikdan voz kechishi mumkinligi uchun aniq muddatlarni urnatish (saylovga 15 kun qolgunga qadar);

saylovoldi tashviqoti davrida ayrim cheklovlarni olib tashlash, shu jumladan:

saylov komissiyalarining deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga kumaklashish, uchrashuv joyi va vaqti haqida saylovchilarni oldindan khabardor qilishga oid vazifalarini bekor qilish;

siyosiy partiyalar va nomzodlar tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlarni utkazish uchun rukhsat berish tartib-taomilini bekor qilib, mahalliy hokimlik idoralarini oldindan khabardor qilish tartibini urnatish;

ommaviy akhborot vositalaridan (OAV) foydalanish tartibi, hajmi va vaqtini siyosiy partiyalar bilan kelishish tartibini bekor qilish;

davlat idoralari tomonidan uz resurslaridan siyosiy partiyalar va nomzodlarning saylovoldi tashviqoti uchun noqonuniy foydalanishini taqiqlovchi qoidalarni urnatish;

viloyat, tuman, shahar, okrug saylov komissiyalarining saylov qonunchiligini buzganlik uchun mamuriy huquqbuzarlik tugrisidagi bayonnoma tuzish vakolatini aks ettirish;

uchastka saylov komissiyalari (USK) azolarining yarmidan kupi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emasligi tugrisidagi qoidani, diplomatik vakolatkhonalarda, harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalkhona va boshqa stasionar davolash muassasalarida tuzilgan uchastkalar uchun istisno etish;

saylov byulletenining matnini soddalashtirish, khususan byulleten matnidan nomzodning egallab turgan lavozimi (mashgulotining turi) va ish joyi haqidagi malumotlarni chiqarib tashlash;

saylovchilar ruykhatiga uzgartirish kiritishni saylovga 5 kun qolganda tukhtatish;

OAV sifatida ruykhatga olingan (akkreditasiya qilingan) OAV vakillarini saylov komissiyalari tomonidan qayta akkreditasiya qilish tartibini bekor qilish (Tashqi ishlar vazirligida akkreditasiya qilinmagan khorijiy OAV vakillari bundan mustasno);

kuzatuvchilarni akkreditasiya qilish uchun saylov komissiyalariga murojaat qilish muddatini 15 kundan 10 kunga qadar qisqartirish;

Markaziy saylov komissiyasining majlislarida hamda ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etadigan siyosiy partiyalarning vakolatli vakili maqomini aniqlashtirish;

OSK va USKlarning saylov natijalari tugrisida bayonnomalarida kursatiladigan malumotlarni bir-biriga moslashtirish (sanash jarayonini birkhillashtirish orqali soddalashtirish);

OSK tomonidan okrug buyicha saylov natijalari tugrisida bayonnomaning kuchirma nuskhasi hamma tanishib chiqishi uchun OSK binosiga kamida 48 soat muddatga darhol osib quyish lozimligi tugrisidagi tartibni belgilash;

takroriy ovoz berish jarayonida mavjud huquqiy bushliqlarni aniqlashtirish (takroriy ovoz berishda asosiy saylov kuni 18 yoshga tulgan fuqarolargina qatnashishi mumkinligi tugrisidagi qoidani urnatish va h.k.);

Markaziy saylov komissiyasi azosining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati va Senat azosi bilan teng huquqiy maqomda transportda tekin yurish, rasmiy delegasiyalar uchun muljallangan zallardan tekin foydalanish, navbatsiz chipta berish huquqlarini mustahkamlash;

siyosiy partiyalar va nomzodlar tomonidan moliyaviy qonun-qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik choralarini joriy etish;

saylov komissiyalarining qarorlari ustidan shikoyat qilish muddatini 10 kundan 3 kunga qadar qisqartirish nazarda tutilgan.

Ijro muddati – 2020 yil avgust, masul ijrochilar – MSK, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, siyosiy partiyalar, vazirlik va idoralar.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

O1972Qf8_xtGLnfJd4Ym1pMSXaUfX8st

Samarqand shahrida karantin vaqtida ham tungi klublar ishlayotgani malum buldi

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida joriy qilingan karantinga qaramay, Samarqand shahridagi tungi klublar uz faoliyatini …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари