Home / Jahon / «Sayyoraning eng bakhtsiz odamlari» — Burundi haqida faktlar
Место рекламы

«Sayyoraning eng bakhtsiz odamlari» — Burundi haqida faktlar

Zamonamizning eng qashshoq va rivojlanishdan ortda qolgan davlatlaridan biri bulgan Burundi Respublikasi Markaziy va Sharqiy Afrikaning Buyuk kullar hududida joylashgan.

pxrh_ujna6owjtgopf5gtelnpqouyhfw

Dengizga chiqish imkoniyatiga ega bulmagan va qurgoqchilik hukm suruvchi bu mamlakat Tanzaniya, Ruanda va Kongo bilan chegaradosh. Bu erda ajablanishga sabab buluvchi hech qanday tabiiy boyliklar ham, tabiat inomlari ham yuq. Qachonlardir bor bulganlari inson omili natijasida boy berilgan. Aholisi — 12 mln kishi. Asosiy khalqi — khutu, tutsi, lingala va tva.

Tarikhi

Evropaning missionerlari bu erlarga ilk marta XIX asrning sunggi yillarida kirib borgan bulsa,  u vaqtgacha Burundi mustaqillik qirollik sifatida qariyb 200 yil davomida mavjud bulgan. Ammo KhKh asr boshlarida bu hudud Germaniya tomonidan koloniyaga aylantiriladi, Birinchi jahon urushidan keyin esa Belgiya quliga utadi. Mustamlakachilar ushbu mamlakatni qushni Ruanda bilan yagona qaram ulka sifatida birlashtirishga kup urinishadi. Davlat 1962 yilda mustaqillikni qulga kiritganda dastlab monarkhiya sifatida boshqariladi, ammo tuntarishlar, zuravonliklar va mintaqaviy nomutanosiblik 1966 yilda yakka partiyali respublika shakllanishiga olib keladi. Utgan asrning etmishinchi va tuqsoninchi yillarda fuqarolar urushi va genosid ruy bergan.

Fransuz tili rasmiy maqomga ega, ammo amaliyotda juda kam sonli odam bu tilda gapira oladi. Shuningdek, til bu erda kuchli uzgarishlarga uchragan, haqiqiy fransuzlarning uz tilini mahalliy aholi talaffuzida tushunib olishi oson bulmaydi.

Qashshoqlik, infrastrukturaning yomonligi, talim va sogliqni saqlash tizimi cheklanganligi, tuyib ovqatlanmaslik, siyosiy beqarorlik va ishsizlik burundiliklar duch keladigan asosiy muammolar hisoblanadi. Mahalliy aholining yarmidan kupi mutlaq qashshoqlikda yashab kelmoqda. 2018 yilda Jahon bakht hisobotiga kura, Burundi aholisi sayyoramizning eng bakhtsiz odamlari deb tan olingan.

Faktlar

Poytakht Bujumburadan Gitegaga kuchirilgan

2019 yil yanvar oyida Burundi parlamenti urbanizasiya va infratuzilmani rivojlantirish maqsadida poytakhtni Bujumbura shahridan Gitegaga kuchirish uchun ovoz berdi. Bujumbura mustaqillikka erishilgan davrdan beri poytakht bulib kelgan. Poytakhtni uzgartirish haqida birinchi marta 2007 yilda prezident Per Nkurunziza taklif kiritgandi. Malumot uchun, Bujumbura suzi «kartoshka sotiluvchi bozor» tarjimasini beradi.

Davlat byudjetining deyarli 6 foizi mudofaa uchun sarflanadi. Hukumat buni mintaqadagi vaziyat beqarorligi bilan izohlaydi.

Burundi er ostida foydali qazilmalari oz emas, masalan sayyoramizdagi nikel zakhirasining 5 foizga yaqini shu erda yotibdi. Ammo ularning hech biri qazib olinmaydi. Mamlakat haligacha qahva eksporti bilan kun kurishga harakat qilmoqda va qishloq khujaligidagi yaroqli erlarning katta qismidan shu maqsadda foydalaniladi.

Mamlakatda 100 nafarga yaqin shifokor bor. Deyarli shu kabi aholi zichligiga ega va qashshoq mamlakatlardan biri bulgan Gaitida ham tibbiyot sohasi khodimlari soni 4 barobar kup.

Burundida temir yullar mavjud emas. Asfaltlangan yullar ham kup emas. Mobil aloqadan aholining 2 foizi foydalana oladi, kholos.

Gustav — odamkhur timsoh

Gustav — Burundida yashovchi ulkan timsoh. U dunyodagi eng yirik timsoh hisoblanadi. Sunggi yillarda Ruzizi daryosi va Tanganika kulining shimoliy qirgogi atrofida 200-300 nafar atrofida odam qurbon bulgani uchun ham u ancha mashhur. «Qotil» haligacha tutilmagan. 2000 yil urtalarida timsoh ulgani haqida mish-mishlar tarqalgandi, ammo National Geographic Channel’ning 2008 yilgi ekspedisiyalarida unga duch kelishgan.

Aholining yuqori zichligi
Burundi Respublikasi katta bulmagan maydonni egallasa ham, uning aholisi zich. Gavayi shtati hududi bilan taqqoslaganda, bu erda odamlar 8 barobar kup! Aholining zichligi yuqori darajada ortishi qishloq khujaligi uchun katta muammo tugdiryapti, chunki bush erlar kamayib bormoqda.

Qayd etish kerakki, sunggi yillarda Burundi immigrasiyasi dunyodagi eng yuqori darajani qayd etmoqda. Aksariyat burundiliklar qaerda bulsada yakhshi hayot istab uz vatanlari chegarasini tark etishmoqda, shuning uchun aholining zichligi yanada oshishi kuzatilmayapti.

Ochlik

Aksariyat burundiliklar usimlik ildiz mevalari va krakhmalli donlar bilan oziqlanadi. Makkajukhori asosiy oziq manbaidir. Aholining 85 foizini tashkil etgan khutu khalqi uzining ananalariga muvofiq tarzda usimliklar bilan oziqlanadi. Aholi chorvachilik bilan shugullanmasligi oqibatida mamlakat ochlik va rasionda oqsil etishmasligidan aziyat chekmoqda.

Qoramol boqish uziga tuqlikdan darak beradi
Sigir egalari uzlarining hayvonlarini nafaqat ular gusht va sut bergani uchun, balki sigirlar ananaga kura boylik belgisi ekani uchun sevadi. Burundida iqtisodiy holatidan qati nazar, hozircha qulida sigiri bormi, u boy kishi. Mollar soni qancha kup bulsa, ijtimoiy mavqe ham kutarilib boradi.

Ubumwe, Ibikorwa, Iterambere
Ubumwe, Ibikorwa, Iterambere — milliy shior, «Birlik. Mehnat. Taraqqiyot» manosida tarjima qilinadi. Biroq sunggi davrda mamlakatda na birlik, na etarli ish urni va na taraqqiyot paydo buldi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

8m_vE51tuZgW6qRu0q8AKN9AsZgTvDzI

«Milliy tiklanish» Uzbekistonning EOIIga kirishi buyicha pozisiyasini uzgartirdi(mi?)

10 oktyabrda Uzbekistonning EOIIga kirishiga qatiy qarshiligini bildirgan «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари