Home / Jamiyat / Saida Mirziyoeva: «Qaniydi, qiz farzand tugilganda, «mayli, keyingisi ugil bular» deyishmasa…»

Saida Mirziyoeva: «Qaniydi, qiz farzand tugilganda, «mayli, keyingisi ugil bular» deyishmasa…»

«Ilmli ugil – ota-onasiga tirgak bulsa, ilmli qiz – butun millat tayanchidir», – dedi Saida Mirziyoeva «Zakovat»ning Samarqanddagi kastingida suzlagan nutqida.

«Zakovat» intellektual uyinlariga saralash buyicha navbatdagi kasting 25 mart kuni Samarqand shahrida bulib utdi.

«Ice Arena» muz saroyida bulib utgan kasting ochilishida Mass-media fondi raisi urinbosari, Gender tenglikni taminlash buyicha respublika komissiyasi azosi Saida Mirziyoeva suzga chiqdi.

saida-mirzoeva

Mirziyoevaning suzlariga kura, 15 mingdan ortiq zakovatchidan bor-yugi 3,5 ming nafari, yani chorak qismi – ayol-qizlar.

«Oilada ugil tugilsa, hammaning boshi osmonga etadi, khursandchilikning cheki bulmaydi! Qiz bola tugilsa-chi?!

«Ha, mayli, keyingisi ugil bular» – deb, «kungilni kutarib» quyishadi. Qiz bola birovning omonati-da, voyaga etkazib, uzatamiz-qutulamiz. Khup, balki uqitarmiz ham. Faqat uzi harakat qilib, byudjetga ilinsa!

Ugil bolani esa uqitish shart! Kontraktga bulsa ham mayli. Chunki ugil – oila vorisi, ota-ona qariganida suyanchiq, deymiz.

Millatning qudratli bulishida ayollar urni haqida hech uylab kurganmisiz? Yurt taraqqiyoti, sivilizasiya rivoji khotin-qizlarga bogliq ekanini-chi?

Tugri, barcha davlatlarni, demakki, butun jahonni asosan erkaklar boshqaradi. Ammo har qanday erkakni shakllantiradigan – ayol, ona!

Ona qanday bulsa, tarbiya natijasi ham shunday buladi! Ilmli, madaniyatli, dunyoqarashi keng onaning farzandi ham uziga ukhshaydi.

Gudak atrof-olamni avvalo onasining kuzi bilan kuradi. Nima yakhshi-yu nima yomon, nimaga intilish kerak, maqsadga qanday erishmoq lozim – barchasini onasidan urganadi. Agar onaning uzi bu borada namuna bulolmasa-chi? U farzandini qanday qilib tugri yulga solishi mumkin?!

Erkak kishi har kuni oilani boqishdek yukni elkasiga ortib, kuchaga ketadi. Uning ortidan duo qilib, uyda qoladigan ham, farzandlar tarbiyasi bilan shugullanadigan ham ayoldir!

Mening buvijonim (dadamning onalari) erta olamdan utganlar. Dadam etim qolganlarida 9 yoshli gudak edilar. Albatta, bu musibatni kutarish juda ogir bulgan. Soginchdan yuraklari ezilib ketganida ham, biror nimadan qattiq kuyunganlarida ham, doim onalarining qabrini ziyorat qilganlar. Khayolan dardlashganlar… Maslahat suraganlar… Va… yashash uchun, olga yurish uchun uzlarida kuch topganlar. Katta yutuqlarga erishsalar, rahmatli buvijonimning ruhlari shod bulishiga ishonganlar. Hozir ham shunday.

Onalar nafaqat tirikligida, balki dunyodan utganda ham, farzandlariga quvvat bagishlaydi.

Mening fikrimcha, ayolning zimmasida butun bir yurtning masuliyati yotadi! Va har birimiz bu javobgarlikni olamizmi, yuqmi – uzimiz tanlaymiz.

Opa-singillarim! Uzingizni bu masuliyatdan chetga tortmang. Shu yurt kelajagi uchun, farzandlaringiz kelajagi uchun! Aks holda, daholar emas, balki shunchaki aqlli odamlarni ham kunduzi chiroq yoqib topolmay qolamiz», – dedi Saida Mirziyoeva.

Uning takidlashicha, ilmli ugil – ota-onasiga tirgak bulsa, ilmli qiz – butun millat tayanchidir.

«Afsuski, biz ugil farzandlarga kuproq etibor qaratamiz. Chunki kupchilik avvalo uzini, uzining tor dunyosini uylaydi. Biz ana shu tor halqa ichida uralashib qolganmiz. Va uni boshqa kimdir uzib tashlashini kutamiz. Masuliyatni boshqalarga yuklab, umrimiz utib ketyapti.

Bir haqiqatni tushunaylik. Yuq usha boshqalar! Biz bormiz! Millatimiz ravnaqi, kelajagimiz faqat uzimizga bogliq! Va uni izga solish hammamizning, har birimizning burchimiz!

Tugri, kupincha kundalik tashvishlar bilan bulib, yuksak maqsadlarni unutamiz. Lekin har tong uygonganimizda bugungi kun bizga berilgan betakror inom ekanini yodda tutaylik. Uni qanday yashab utamiz – uz qulimizda. Har lahza foydali biror ish bilan band bulaylik. Kimgadir yakhshilik qilaylik. Yangi nimadir urganaylik. Shu bugun, qachondir – uzoq kelajakda emas, hozirdan bakhtli bulaylik!

Bizning qizlarimiz ham intellektual uyinlarda qatnashishga, uzini namoyon qilishga, yaqinlar kumagi va daldasiga munosib!

Oilaning erkaklari bilan qanchalik gururlansak, khotin-qizlarimiz bilan ham shunchalik fakhrlansa arziydi.

Dustlarim, qaniydi, qiz farzand dunyoga kelgan khonadonda, afsus bilan: «Mayli, keyingisi ugil bular…», degan suzlar tilga olinmasa…

Qizlarning qadri hech qachon erga urilmasa…

Bugun Samarqandda millatimiz kelajagining 114 nafar umid yulduzchalari dunyoga keldi. Ertaga yana unlab, yuzlab bunday yulduzlar porlaydi. Hammasi bir bulib, yurtimizni nurli manzillarga etaklaydi. Men bunga ishonaman!» – deya nutqini yakunladi Saida Mirziyoeva.

Check Also

2826413_1000

Qishda lablaringizni quritadigan 5 ta khato

Qishda quruq va yorilib ketgan lablar ham yomon kurinishga, ham ogriqqa sabab buladi. Dudoqlar quruqlikka …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари