Home / Madaniyat / Safar oyi haqida

Safar oyi haqida

safarSafar oyi hijriy-qamariy taqvim buyicha yilning ikkinchi oyidir.
Odatda, bu oy yaqinlashishi bilan kishilar orasida turli savollar kupaya boradi. Safar oyida safar qilib bulmasmish. Safar oyida tuy qilib bulmasmish va hokazolar. Ushbu gaplar diniy manoda bulishi ham turgan gap. Chunki usha gaplarning tagida safar oyida safar  qilsa, safarida ofatga duchor bularmish; tuy qilsa, oilasi bakhtsiz bularmish, degan etiqod buladi.
Bu gaplarni kichiklikdan eshitib kelaman. Dastlab, safar oyida safar qilib bulmasmish, degan gapni eshitganimda nomi safar bulgani uchundir, deb khayol qilgan edim. Keyin bilsam, oy nomi «safar» emas, «sofar» ekan. Bu oyning nomining safarga hech aloqasi yuq ekan. Faqat bizda alifbomiz uzganikiga almashtirilganda ularning alifbosi kambagallik qilib, shu khato yuz bergan ekan.
Otamiz rahmatli bu oy tugrisidagi odamlar ichida tarqalib qolgan gapu suzlar notugri ekanligini aytib berar edilar. Albatta, boshqa ahli ilmlar ham haqiqatni khalqqa etkazar edilar. Ammo omma ichida, baribir, safar oyidan shumlanish manosidagi gaplar davom etaverardi.
Safar oyi haqidagi nokhush tushuncha va etiqodlar hozir ham davom etmoqda. Yaqinda yozuv ishlari bilan mashgul bulib utirsam, bolalar huzurimga kelib, qushnilarimizdan biri yuqlayotganining khabarini berishdi.
Salom-alik, duo-fotihadan keyin muhtaram qushni maqsadga kuchdilar. Ugillariga yakhshi joydan kelin topilgani, bugun quda tarafga borishlari va maslahat qilishlari haqida suzladilar.
— Shu munosabat bilan bir katta savol paydo bulib qoldi, dedilar qushni.
— Qani, eshitaylik-chi, qanday savol ekan? – dedim, savol nimaligini darhol tushungan bulsam ham.
—Tuyning safar oyiga tugri kelib qolishining ehtimoli ham bor ekan. Shu gap chiqishi bilan desangiz, ayollar bir dunyo gapni gapirib tashlashdi. Tukhta, bularning hammasini janoblaridan bir surab olay, hali qudanikiga borganda ham bu mashmashalar bulishi mumkin, dedim uzimga va vaqtingizni olsam ham, oldingizga keldim, – dedilar qushni kulib.
Qushnining savoliga quldan kelganicha javob berdim. Bu gaplar eskidan borligini, yana davom etayotganini va ularga faqat ilm orqaligina barham berilishi mumkinligini aytdim. Shu maqsadda oylik kitobcha chiqarish niyatida ekanligimizni, ushanda shunga ukhshash masalalarga ham etibor qaratish niyatidaligimizni aytib, duo qilib turishlarini suradim.
Usha kuni peshindan keyin dinu diyonatini mahkam tutgan ziyolilarimizdan biri keldi. U kishi bilan rejalashtirib quygan ilmiy suhbat va savol-javobimiz ancha davom etdi. Suhbatga oid varaqlarni yigishtirib bulgan mukhlis ziyoli yonidan yangi bir varaq olib khontakhtaga yoydi-da:
— Endi oilaviy masalalarga utamiz. Sizga aytadigan bulsam, ugilni uylantiradigan bulib qoldik. Odob-akhloqli, ibodatdagi kelin topilib qoldi. Tuy haqida bir necha savollarimizni yozib keldim,– dedi kulib.
— Muborak bulsin! Alloh khayrli qilsin! YOshlarimiz bakhtli bulsinlar! Qani, savollarni eshitaylik-chi?! dedim.
Tabiiyki, savollar ichida: «Safar oyida tuy qilsa buladimi», ham bor edi. Qushniga aytilgan gaplarni yana takrorladim. Mehmonni kuzatib quyib, oylik kitobcha chiqarish zarur ish ekanini yana bir bor kungildan utkazdim. Bir masalani odamlarga bittadan tushuntirishdan kura  ilmiy asosda kitob orqali ommaviy bayon qilib berish qanchalik ahamiyatli ekanini yodga oldim. Ogzaki gap esdan chiqishi mumkinligi bilan har safar yangidan takrorlanishi lozim. Kitob esa doim turadi. Esidan chiqargan odam qaytadan uqib olishi, boshqalarga uqitishi, bolalari va nabiralariga meros qoldirishi mumkin.
Sungra safar oyi haqidagi malumotlarimni khayoldan utkaza boshladim. Bu jarayon davomida agar safar oyi haqida biror narsa yozadigan bulsak, qushni va mukhlis ziyoliga aytilgan gaplar hech narsa bulmasligi qayta-qayta fikrdan utdi. Bu masala buyicha biror tuliqroq narsa uqimaganim yoki eshitmaganim aniq buldi. Safar oyi haqida qaerda va qanday malumotlar borligi haqida uylay boshladim.
Kitoblarni qarab chiqdim. Ularning hech birida bizni qiziqtirayotgan masala buyicha qoniqarliroq malumot topa olmadim. Bir necha kunlar utganidan keyin, uzimiz urinar ekanmiz-da, degan fikrga keldim. Alloh taolodan yordam suragan holda mazkur fikrni amalga oshirishga qul urdim. Uni Haq taoloning Uzi oson va foydali qilsin!
Quroni Karimda safar oyiga oid malumot bormi? Bu savolga javob topish borasida olib borilgan harakatning natijasi yilning boshqa oylari qatori safar oyi ham Quroni Karimda uz nomi ila tilga olinmagan degan khulosa buldi. Ammo Quroni Karim oyatlarini tafsir qilish va ulardagi ishoralarni anglab etish uchun keltiriladigan malumotlarda safar oyi borligi ayon buldi.
Alloh taolo «Tavba» surasida:
«Albatta, «nasiyu» kufrda ziyoda bulishdan uzga narsa emas. Bu bilan kufr keltirganlar zalolatga ketkazilurlar. Alloh harom qilgan narsaning adadiga moslash uchun uni bir yil halol qilurlar, bir yil harom qilurlar. Bas, bu bilan Alloh harom qilgan narsani halol qilurlar. Ularga amallarining yomonligi ziynatlandi. Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas», degan (37-oyat).
Oyati karimadagi «nasiyu» suzi lugatda ortga surish manosini ifoda qiladi. Johiliyat ahlida urush harom qilingan oyning hukmini boshqa, keyin keladigan oyga surish odati urf bulgan edi. Yani arab mushriklari ham turt oy – Muharram, Zulqada, Zulhijja va Rajab oylari harom oylar ekanligini aytar edilar. Usha oylarda urush tamoman tukhtar edi. Agar biror kishi shu oylarda otasini uldirgan odamni uchratib qolsa ham, unga tegmasdi. Ammo bordiyu, urushni khohlab qolsalar, aslida harom bulgan oyning haromligini orqaga surib quyib, urush qilaverar edilar.
Misol uchun, muharram harom oy, ammo shu oyda urush qilgilari kelib qolsa, bu yil uning haromligini safar oyiga surdik, usha oyda urush qilmaymiz, deb muharramda urush qilar edilar. Safarda esa urush qilishmasdi. Yanagi yili aksincha bulardi. Ular bir yilda turt oy urushmasak buldi-da, qaysi oyda bulishining nima farqi bor, degandek ish qilishar edi.
Bu manoda safar oyi johiliyat ahli tomonidan muharram oyi urniga vaqtincha quyilib turadigan oy bulganligi bilan ajralganini bilib oldik.
Johiliyat ahli safar oyini muharramga yana boshqa bir maqsadda ham almashtirar edilar. Ularning bu ishini quyidagi rivoyatdan bilib olamiz.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Quraysh va uning dinini tutganlar haj oylaridagi umrani er yuzidagi eng katta fujurlardan biri deb bilar edilar. Ular muharramni safar qilar edilar va «Qachonki, tuyaning yarasi bitsa, izlar yuqolsa, safar oyi tugasa, umra qiluvchiga umra halol bulur», der edilar.
Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam va u Zotning sahobalari turtinchi kuni ertalab hajga ehrom boglab keldilar. Bas, u Zot ularga uni umra qilishni amr qildilar. Bas, u ularga katta bulib kurindi va ular:
«Ey Allohning Rasuli! Halollikning qaysisi?» dedilar.
«Halollikning barchasi», dedilar
».
Uchovlari rivoyat qilgan.
Johiliyat ahlining bunga ukhshash uzlaricha joriy qilib olgan nomaqul ishlari juda ham kup edi. Usha ishlardan biri ularning haj oylaridagi umrani er yuzidagi eng katta fujurlardan biri deb bilishlari edi.
Islom johiliyatning barcha johilliklarini tugriladi. Jumladan, umrani har doim qilish mumkinligini joriy qildi. Paygambar sollallohu alayhi vasallam uzlarining vidolashuv hajlarida sahobai kiromlardan qurbonlik haydab kelmaganlariga haj niyatlarini umraga aylantirishni maslahat berdilar.
Johiliyat uz nomi uzi bilan johillikdan iboratdir. Islomdan oldingi johiliyatda ham johillikning turli-tuman kurinishlari mavjud edi. Jumladan, turli oy va kunlarga oid masalalarda ham johiliyatning johilliklari tulib-toshgan edi. Islom boshqa kupgina narsalar qatori ana shu narsalarni ham muolaja qildi. Ularni qandoq qilib tugri yulga solishni tushuntirdi.
Islomdan oldingi johiliyat davrida safar oyidan shumlanish odati ham bor edi. Ular safar oyida yangi ish boshlab bulmaydi, nikoh aqdi qilib bulmaydi, ayoli bilan birga oilaviy hayotni boshlab bulmaydi, safarga chiqib bulmaydi kabi bir qancha khurofotlar asosida bu oydan shumlanishar edi. Ularning fikricha, bu oy khosiyatsiz bulib, unda turli yomon mavjudotlar er yuzida tarqalar va mazkur ishlarni qilgan odamlarga zarar etkazar edilar.
Barcha notugri etiqodlar qatori dinimiz bu kabi khurofotdan iborat fikrlarni ham tugriladi. Paygambarimiz alayhissolatu vassalom bu borada bir qancha hadislar aytdilar. Kelgusi satrlarda ana usha hadisi shariflardan bazilarini urganamiz.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasalam:
«Kasallik yuqishi yuq, boyqush yuq, navu yuq va safar yuq», dedilar
».
Uchovlari rivoyat qilishgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinayotgan bu hadisi sharifda johiliyatning turtta johilligi inkor qilinmoqda.
1. «Kasallik yuqishi yuq»
Johiliyat ahlida: khastaliklarda uziga yarasha quvvat bor, ular bir kishidan ikkinchisiga usha quvvat ila utadi, degan etiqod bor edi.
Hozir ham khuddi shunga ukhshash etiqod bor. Undoq bulsa «khastalik yuqishi yuqmi?» degan savol berilishi turgan gap. Bunga javob shuki, khastalik Alloh iroda qilsagina, yuqadi. Khuddi shu mano Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisi shariflarida va bunga ukhshash boshqa hadisi shariflardagi «kasallik yuqishi yuq» degan gaplarida mujassam bulgandir.
Dunyodagi har bir narsa faqatgina Alloh taoloning irodasi bilan buladi. Jumladan, khastalik yuqishi ham. Odamlardan johiliyat etiqodlarini ketkazish uchun shunga ukhshash hassos narsalarga alohida etibor berilgan.
2. «boyqush yuq»
Johiliyat davrida turli narsalardan shumlanish mavjud edi. Bu narsa ularning etiqodiga aylanib qolgan edi. Jumladan, qaerga boyqush qunsa, usha erda yomonlik va kharobchilik buladi, degan etiqod bor edi.
Islom bu narsani ham inkor etdi. Birovga kungilsizlik yoki yomonlik etadigan bulsa boyqush yoki boshqa qush qungani sababli emas, Alloh taoloning irodasi ila buladi. Alloh iroda qilsa, har qanday holatda ham bandaga khastalik oriz qilganidek, boyqush qunsa ham, qunmasa ham yomonlik va kharobachilikni voqe qilishi mumkin.
3. «navu yuq»
«Navu» johiliyat ahli yomgir yogdiradi deb etiqod qiladigan yulduz. Ular uzlaricha yomgirni usha yulduz yogdiradi, deb aytishar edi. Albatta, bu ham notugri. YOmgirni faqatgina Alloh taoloning Uzi yogdiradi.
4. «safar yuq»
Johiliyat ahlining safar oyi tugrisida ham bidat-khurofotdan iborat aqidalari bor edi. U oyda safar qilib bulmaydi, u bulmaydi, bu bulmaydi, deyishar edi. Ularning bu haqdagi etiqodlarini yuqorida aytib ham utdik.
Islom bundoq bulmagur etiqodlarni ham rad etdi. Oylarning hammasi Alloh taoloning oylari, kunlarning hammasi Alloh taoloning kunlari ekanini elon etdi.
Jobir roziyallohu anhudan  rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kasallik yuqishi yuq, gul yuq va safar yuq», dedilar
».
Imom Muslim va Abu Dovud rivoyat qilgan.
Bu hadisi sharifda avvalgi bayoni kelgan narsalarga «gul» ham qushilmoqda.
«Gul» johiliyat ahli tasavvuridagi bir jin bulib, ular uni turli shakllarga kira oladi, odamlarni adashtirib ketib turli balolarga uchratadi, degan etiqodni qilishar edi. Islom bu notugri etiqodni ham rad etdi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan  rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kasallik yuqishi yuq, qush-la fol ochish yuq, boyqush yuq va safar yuq.  Va mokhovdan, khuddi arslondan qochganingdek qochgin», dedilar
».
Imom Bukhoriy rivoyat qilgan.
Ushbu hadisi sharifda safar oyiga oid shumlanish bilan birga qush ila fol ochish hamda kasal yuqishi masalasi bayon qilinmoqda. Biz «qush-la fol ochish» shaklida tarjima qilgan ibora arabchada «tiyara» deyiladi. Bu ibora «toir» – qush suzidan olingandir. Qushning fol ochishga nima dakhli bor yoki hozirdagi bazi folchilarga ukhshab qushga khatni torttirib fol ochish avvallari ham bulganmi? degan savol paydo bulishi mumkin.
Ha, qush bilan fol ochish avvallari, johiliyat davrida ham bulgan-u, boshqacha uslubda bulgan. Johiliyat ahlidan birortasi bir ishni qilish-qilmaslikda ikkilanib qolsa, qushni qulda tutib turib uchirgan. Agar qush ung tomonga uchsa, usha ishni qilgan. Agar qush chap tomonga uchsa, u ishni qilmagan. Agar qush tugriga uchsa, yana boshqa qush uchirgan. Ular bu ishni kup qilganidan umuman fol ochishga ham «tiyara» iborasi ishlatiladigan bulib ketgan. Islom dini bu bemazagarchilikni ham rad etdi.
Bu fasldagi ushbu hadisi sharifgacha bulgan rivoyatlarning bazisida kasallik yuqishi yuqligi, bazisida kasallik yuqishidan ehtiyot bulish kerakligi aytilgan bulsa, bu hadisi sharifda mazkur ikki masala ham zikr qilinmoqda. Shu bilan kasallik uzicha yuqmasligi etiqod masalasi ekanligi, kasallik yuqishidan ehtiyot bulish esa dinimiz amal qilishni bizdan talab qilgan narsa ekanligi takidlanmoqda.
Mokhov khastaligi ham yuqumli ekani hozirda hammaga ravshan haqiqatdir, Islomda esa bu khastalikka uchragan odamdan arslondan qochgandek qochish kerakligi un besh asr ilgari takidlangan.
Urni kelganda kasalning yuqishini ilmiy ravishda birinchi bor isbot qilganlar ham musulmon tabiblar ekanligini aytib utmoq burchimizdir. Bu haqiqatni biz emas, garbliklar etirof qilganlarini takidlash esa vazifamizdir.
Ming afsuslar bulsinki, johiliyatning johil etiqodlaridan bulmish safar oyidan shumlanish bazi sabablarga kura hozirgacha oramizda saqlanib kelmoqda. Tarikhimizning turli bosqichlarida ulamolarimiz bu masalaga murojaat qilganlarini kuramiz.
Hanafiylarning eng mashhur fatvo majmualaridan biri bulmish «Fatavoyi Olamgiriya» va shariy odoblar buyicha mazhabimizning asosiy manbalaridan bulmish «Bariyqai Mahmudiya sharhi Toriyqai Muhammadiya» nomli kitoblarda Safar oyiga oid quyidagi malumotlarni uqiymiz:
«Safar oyida safar qilmaydigan, nikoh va dukhulga oid va boshqa ishlarni boshlamaydigan, Nabiy alayhissalomdan rivoyat qilinadigan «Kim menga safar chiqqanining bashoratini bersa, men unga jannatning bashoratini beraman» degan gapni mahkam tutib olgan kishilar haqida suradim. Bu rivoyat uzi tugrimi? Safar oyida bakhtsizlik va mashumlik bormi? U oyda bir ish qilishdan qaytarish bormi?» deb suradim. U kishi quyidagi javobni berdi:
«Safar oyi haqida aytgan gaplari (johiliy) arablarning gapidir. Nabiy sollallohu alayhi vasallamga nisbat berib aytgan rivoyatlari qip-qizil yolgondir».
(«Javohirul fatavo»dan).
Safar oyidan shumlanishga qarshi faqat tushuntirish ishlari olib borish bilan kifoyalanib qolinmadi. Balki amaliy va namunali ishlar ham qilindi.
Johiliyat ahlining safar oyidan shumlanishiga tamoman zid ularoq bu oy Islomda «Safarul khayr» – «Safar yakhshilik» deb nomlandi.
Johiliyat ahlining safar oyida ish boshlab bulmaydi, degan khurofotiga zid ularoq Islomda kupgina ishlar aynan safar oyida boshlandi.
Masjidi nabaviyning qurilishi birinchi hijriy sananing aynan safar oyida buldi.
Johiliyat ahlining safar oyida safarga chiqib bulmaydi, degan etiqodiga zid ularoq musulmonlar khuddi boshqa oylardagi kabi bemalol safarlarga chiqdilar. Paygambar alayhissalom safar oyida safarga chiqib Khaybarni fath qildilar.
Johiliyat ahlining safar oyida nikohlanib bulmaydi, degan safsatasiga qarshi ularoq musulmonlar bu oyda nikohlarini utkazdilar. «Tuhfatul Muhtoj fii sharhil Minhoj» nomli kitobda va boshqa manbalarda imom Zuhriyning rivoyatlari asosida keltirilishicha, Paygambarimiz alayhissalom aynan safar oyida uz qizlari Fotimai Zahroni Ali roziyallohu anhuga nikohlab berdilar. Ushanda hijratning ikkinchi yili edi.
Avval bilmasak, endi bilib oldik. Safar oyidan shumlanishni yigishtiraylik. Bilmaganlarga ham bu oy tugrisida uzimiz bilgan islomiy haqiqatni etkazaylik.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари