Home / Madaniyat / Shabon oyi

Shabon oyi

namoz«Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamni kechalardan birida yuqotib quydim. Sung u kishini izlab chiqdim. Qarasam, u Zot Baqiyda boshlarini osmonga kutarib turgan ekanlar:

«Ey, Oisha, Alloh va Uning Rasuli sendan chetlashidan khavf qildingmi?», dedilar.

«Siz bazi ayollaringizga borgansiz, deb gumon qiluvdim», dedim. 
«Albatta, Alloh Shabonning yarmidagi kechada dunyo osmoniga tushadi va Kalbning quylari juni adadidan kuproqni magfirat qiladi
», dedilar.

Ibn Moja, Termiziy va Ahmad rivoyat qilgan.

«Baqiy» – Madinai munavvaradagi mashhur qabristonning nomi. Barcha Madinada vafot etgan sahobalar shu qabristonga dafn etilganlar. Zotan, Madinai munavvarada boshqa qabriston yuq ham.

«Kalb» – mashhur arab qabilasi bulib, tuliq nomi Bani Kalb. Usha vaqtda Bani Kalb eng quyi kup qabila bulgan. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Shabon oyi yarmida Alloh taolo juda kup gunohlarni magfirat qilishini ifodali qilib aytishda usha kup quyli qabila chorvalarining jun tolalari sonini esga olganlar.

Uylab kuradigan bulsak, bir dona quyning jun tolalari qancha bulishini sanashning uzi qiyin. Arab qabilalari ichida eng kup quyli qabilaning quylari jun tolasi qancha bulishini tasavvur qilib kuraverish kerak. Buning hammasi, usha kecha juda ham fazilatli ekaniga dalolat qiladi.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning kechasi bezovta bulib urinlarini tark qilib tashqariga chiqib ketgan vaqtlari ham bulgan.
2. Kechasi qabristonga kirish, osmonga qarab turish mumkinligi.
3. Oisha onamizda khotinlik qizganishlari borligi. Paygambarimizni bazi khotinlari oldiga ketgan bulsalar kerak, deb ortlaridan izlab chiqishlari shuni kursatadi. Bu esa ayb emas, balki tabiiy bir hol. Balki meyorida bulsa, ayol kishining ziynati ham.

4. Paygambar alayhissalomning Oisha onamiz roziyallohu anhoning ruhiy hollarini yakhshi tushunganlari.

5. Shabon yarmidagi tun fazilatli kecha ekani.

6. Mazkur kechada kuplab gunohlar magfirat qilinishi.

7. Shabonning yarmidagi kechada bedor bulib ibodat, istigfor va duo bilan mashgul bulish kerakligi.

Ushbu oyda ruza tutishlik ham nihoyatda savobli amal hisoblanib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu oyda kup ruza tutganliklari rivoyat qilinadi.

Abu Salama roziyallohu anhudan  rivoyat qilinadi:

Oisha roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruzalari haqida suradim. U onamiz: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruza tutardilar, biz u Zot faqat ruza tutmoqdalar», deb aytar edik. Ogiz ochib yurardilar, biz u Zot faqat ogiz ochib yuradilar», der edik. Shabon oyidan kura kuproq ruza tutganlarini hech kurmadim. Shabon oyini (deyarlik) barchasida faqat ozgina qoldirib tutardilar».

Quyidagi hadis esa bu oyda kamida ikki kun ruza tutish kerakligini kursatadi:

Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam bir kishiga: «Bu oyning urtasidan biror narsa tutdingmi?», dedilar.

Haligi kishi: «Yuq», dedi.

U Zot sollallohu alayhi vasallam: «Undoq bulsa, qachonki Ramazondan ogzing ochiq bulganda uning urniga ikki kun ruza tut», dedilar.

Ikki Shaykh rivoyat qilgan.

Boshqa bir rivoyatda:

«Shabon urtasidan ruza tutdingmi?» – deganlar.

U kishi, yuq, deganidan keyin: «Undoq bulsa, ogzing ochiq bulganida zimmangdagi urniga ikki kun ruza tut», deganlar.

Shabon oyida kuproq ruza tutishga harakat qilsak, Shabondan keyin Ramazon kelgach, qiynalmay farz ruzani tutaveramiz, inshaalloh. Asosiysi, ozmi-kupmi harakat qilaylik. Allohim, Shabonni khayrli utkazib, Ramazonga salomat etib, Allohning rizoligi talabida bardavom bulishimizni nasib aylasin!

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари