Home / Madaniyat / Shabon oyi bir oyki, unda amallar Robbil olaminga kutarilur

Shabon oyi bir oyki, unda amallar Robbil olaminga kutarilur

islom-dini-nimaOisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Ramazondan boshqa oyning ruzasini tuliq tutganlarini kurmadim. Shabonda tutganchalik kup ruza tutganlarini ham kurmadim. Uning faqat ozgina ruzasini tutmas edilar. Balki hammasini tutar edilar, desak ham bulaveradi».

Turtovlari rivoyat qilishgan.

Sharh: Ushbu rivoyatda asosan, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam faqat Ramazon oyining ruzasini tuliq tutganlarini bilib olamiz. Chunki Allohning amri shundoq. Ramazondan keyin eng kup ruzasi tutiladigan oy Shabon ekan.

Ummu Salama roziyallohu anho: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Shabon va Ramazondan boshqa ikki oyni ketma-ket ruza tutganlarini kurmadim», dedilar».

Termiziy yakhshi sanad bilan rivoyat qilgan.

Sharh: Shabon va Ramazon oylari ketma-ket kelishi malum, Paygambarimiz alayhissalom shu ikki oyning ruzasini tutgan ekanlar. Bundan ham Shabon oyi ruzasi fazilatli ekanini bilib olamiz.

Imron ibn husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir kishiga: «Bu oyning urtasidan biror narsa tutdingmi?» dedilar. haligi kishi: «Yuq», dedi. U Zot sollallohu alayhi vasallam: «Undoq bulsa, qachonki Ramazondan sung ogzing ochiq bulganda uning urniga ikki kun ruza tut», dedilar».

Ikki Shaykh rivoyat qilgan.

Sharh: Boshqa bir rivoyatda: «Shabon urtasidan ruza tutdingmi?» deganlar. U kishi «Yuq» deganidan keyin: «Undoq bulsa, ogzing ochiq bulganida zimmangdagi urniga ikki kun ruza tut», deganlar.

Bundan Shabon oyida hech bulmasa ikki kun ruza tutish kerakligi kelib chiqadi.

Uz-uzidan «Nima uchun Shabon oyida nafl ruza tutishga bunchalar ahamiyat beriladi?» degan savol paydo buladi.

Bu savolning javobini Imom Nasaiy Usoma roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisdan topamiz. Unda quyidagilar aytiladi: «Ey Allohning Rasuli, oylardan hech birida Shabonda ruza tutganingizdek ruza tutganingizni kurmadim», dedim.

U Zot sollallohu alayhi vasallam: «Bu bir oyki, odamlar undan gofil qolurlar. U Rajab bilan Ramazonning orasida. Bu bir oyki, unda amallar Robbil olaminga kutarilur. Mening amalim kutarilayotganda ruzador bulishni yakhshi kuraman», dedilar.

Buning ustiga ruzasi farz qilingan Ramazon oyidan oldingi oyda, Shabonda ruza tutishni yakhshilab mashq qilib, Ramazonga kirilsa, uning ruzasi yana ham mukammal va benuqson buladi. Bu khuddi farz namozidan oldin sunnat namoz uqib, yakhshilab tayyorgarlik kurib olishga ukhshaydi.

Avvalgi urgangan hadislarimizda Ramazondan keyin ruzasi eng afzal oy Muharram oyi deyilgan edi. Endi esa Shabon ham shu manoga davogar bulib qolmoqda. Shuning uchun ham bazi ulamolarimiz, Muharram oyi ruzasining afzalligi Ramazon va Shabonnikidan keyin, deganlar.

Ushbu faslda urgangan hadislarimizda iloji boricha Shabon oyida kuproq ruza tutishga targib qilinmoqda. Ruza tutish nahiy qilingan kunlar faslida esa Shabon oyi okhiridan bir yoki ikki kun ruza tutish harom. Shabon oyining un oltinchisidan boshlab ruza tutmoq makruh, deyilgan edi. Bu bir-biriga qarama-qarshi hukmlar emasmi?, degan savol tugilishi tabiiy. Javob shuki, bu erda hech qanday qarama-qarshilik yuq. Chunki usha ruzasi tutilishdan nahiy qilingan kunlar faslining uzida ham, agar ruza tutishga odatlangan bulsa, deyilgan. Demak, Shabon oyida doimo nafl ruza tutishga odatlangan odam bulsa, u tutaveradi. Ammo odatlanmagan bulsa-yu, Ramazon kirib qolgan bulsa, nima buladi, degan vasvasa bilan kishilar urtasida ikhtilof paydo qilishi mumkin bulgan ruzadan nahiy qilingan.

Demak, urtada hech qanday qarama-qarshilik yuq.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари