Home / Jamiyat / SEOA markaziy shtabi: 4 fevral holatiga kura Uzbekistonda koronavirus umuman qayd etilmagan
Место рекламы

SEOA markaziy shtabi: 4 fevral holatiga kura Uzbekistonda koronavirus umuman qayd etilmagan

Sogliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi 4 fevral holatiga kura navbatdagi malumotni elon qildi

Foto: AFP/SCANPIX

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 2020 yilning 4 fevral kuni olingan rasmiy malumotlarga kura, Khitoy Khalq Respublikasida jami 20471 nafardan ortiq fuqarolar kasallanib, kunlik usish 18,8 foizni (3233 nafar) tashkil etmoqda. 425 nafar fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan.

Joriy yilning 3 fevral kuni Agentlikning virusologiya laboratoriyasiga 60 nafar fuqarodan koronavirus infeksiyasi laboratoriya tahlili uchun namunalar keltirildi. Yanvar oyidan boshlab koronavirus infeksiyasiga 215 nafar fuqarolardan namunalar kelgan. Ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmagan.

Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi joriy yilning 4 fevral holatiga kura, Uzbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi umuman qayd etilmagan.

Uzbekistondan Khitoyga va Khitoydan Uzbekistonga aviaparvozlar vaqtinchalik tukhtatilgan.

Agentlikning markazi shtabi mutakhassislari tomonidan 71-276-49-66, 71-276-46-65 ishonch telefonlari orqali murojaat qilganlarga tushuntirishlar, aniq malumotlar va zarur tavsiyalar berib borilmoqda. Shu kungacha jami 1642 ta murojaatlarga javob berilgan.

I.Karimov nomidagi Toshkent khalqaro aeroportiga joriy yilning 3 fevral kuni khorijiy davlatlardan 33 ta samolyot qabul qilingan, 4441 nafar fuqarolar sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan utkazilgan.

Temir yullari AJ markaziy Sanitariya-epidemiologiya khizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan 3 ta poezdda jami  497 nafar fuqarolar utishgan, shulardan 62 nafarini khorij fuqarolari tashkil etadi. Tana harorati kutarilgan bemorlar aniqlanmagan.

Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlar orqali 1626 ta avtotransportlar, 23468 nafar fuqarolar utkazilgan, shulardan 11971 nafari chet fuqarolari hisoblanadi. Tana harorati kutarilgan fuqarolar aniqlanmagan.

2020 yilning 4-5 fevral kunlari Uzbekistonga Khitoy Khalq Respublikasining Pekin shahridan 2 ta hamda Ukhan provinsiyasidan 1 ta charter reyslar amalga oshiriladi.

Dastlabki reys Pekin shahridan amalga oshirildi hamda unda 250 nafar fuqarolarimiz olib kelindi. Birlamchi tekshiruvlarda ularning hech birida koronavirus alomatlari aniqlanmadi.

Khitoydan olib kelingan vatandoshlar koronavirusning Uzbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, khavfsiz sanitariya-epidemiologik holatni taminlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida makhsus tayyorlangan tibbiyot muassasasiga joylashtiriladi.

Makhsus tayyorlangan muassasalarda barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Jumladan, urin-joylar, oziq-ovqatlar, zarur dori-darmonlar, diagnostika, dezinfeksiya va shakhsiy himoya vositalari bilan taminlangan.

Fuqarolarning barchasi Jahon sogliqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga kura  14 kun davomida (kasallikning yashirin davri davomida) laboratoriya va tibbiy tekshiruvlardan utkaziladi. Mazkur tadbirlarga Sogliqni saqlash vazirligidan sohaning etakchi mutakhassislari jalb etilgan, ular tegishli tartibda kasbiy tayyorgarlikdan utkazilgan.

Fuqarolar yaqinlari bilan telefon orqali audio-video muloqot olib borish imkoniyatiga ega bulishadi, deyilgan malumotda.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

BaHUcghPE4idUvBIz2JaPSo_0Yiwk8Xx

Amerikalik qariya dunyoda koronavirusdan sogaygan eng keksa odam buldi

AQShning Oregon shtatida yashovchi 104 yoshli qariya, Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi Bill Lapschis koronavirus keltirib …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари