Home / Sport / Rustam Assakalov turt raqibni engdi va Tokio Olimpiadasiga yullanmani naqd qildi
Место рекламы

Rustam Assakalov turt raqibni engdi va Tokio Olimpiadasiga yullanmani naqd qildi

Bugun, 15 sentyabr kuni Nur-Sulton shahrida sport kurashlari buyicha jahon chempionatining ikkinchi kuni davom etmoqda.

Bugun yunon-rim kurashi buyicha Olimpiya vazn toifalarida saralash bahslari utkazilyapti.

-87 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan uzbekistonlik kurashchi Rustam Assakalov saralash bosqichini panamalik Alvis Albino Almendra Khimenesga qarshi utkazib, sof galabaga erishdi.

Shundan sung, 1/16 finalda Assakalovga musobaqa favoriti, turkiyalik ikki karra jahon chempioni Metekhan Bashar (2017 yil Parijdagi turnirda -85 kg vaznda, 2018 yili Budapeshtda -87 kg vaznda) raqib buldi. Uzbekistonlik tajribali kurashchi bu jiddiy raqibini ham sof galaba bilan taslim etdi va nimchorak finalga yul oldi.


Foto muallifi Anvar Ilyasov

Foto muallifi Anvar Ilyasov

1/8 finalda rossiyalik Aleksandr Komarov ustidan ham sof galabaga erishgan Assakalov chorak finalda Tokio Olimpiadasi yullanmasi uchun gilamga tushdi.

Chorak finalda unga Kuba terma jamoasi vakili Daniel Gregorich Echavarria raqib buldi. Assakalov bu raqib ustidan 4:0 hisobida galaba qozonib, yarim finalga chiqdi va shu bilan birgalikda kelasi yili Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqini qulga kiritdi.

Endi unga yarim finalda vengriyalik Viktor Lorins raqib buladi.

Yarim finalning ikkinchi juftligi ukrainalik Jan Belenyuk va germaniyalik Denis Maksimilian Kudladan tarkib topgan.

Uzbekistonning yana ikki vakili ilk bahslardan keyinoq ishtirokini tukhtatdi, -67 kg vazndagi Mirzobek Rahmatov saralashda germaniyalik Frank Staeblerga 1:9 hisobida yutqazdi, -97 kg vazn toifasida Jahongir Turdiev 1/16 finaldan bahslarga qushildi, ammo u ilk bahsdayoq rossiyalik Musa Evloevga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib quydi.

Musobaqada 27 sportchi bilan yul olgan Uzbekiston delegasiyasi ilk olimpiada yullanmasiga ega buldi. Qolaversa, bu Uzbekiston delegasiyasi uchun Tokio Olimpiadasiga qulga kiritilgan beshinchi yullanma buldi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

4D1K6cQ92YhZhHhxe7LlIdrkQFS0vZHe

Olga Zabelinskaya velotrek buyicha Osiyo chempioni buldi

Janubiy Koreyaning Chinchkhon shahrida velotrek buyicha Osiyo chempionati yakunlandi. Utkazilgan poygalar milliy jamoamiz uchun muvaffaqiyatli …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари