Home / Siyosat / Rus millatchilari Moskvada Karimovga haykal urnatilishiga qarshi imzo tuplamoqda

Rus millatchilari Moskvada Karimovga haykal urnatilishiga qarshi imzo tuplamoqda

Moskvada Islom Karimovga bagishlab haykal urnatilishiga qarshi petisiyaga imzo yigish boshlandi. Tadbir tashabbuschisi, LDPR partiyasi namoyandasi Georgiy Gorodeskiy Ozodlik mukhbiri bilan suhbatda Rossiya poytakhtida “rusofob va diktator” Islom Karimovga yodgorlik urnatilmasligi, “madaniyatsiz va uqish-yozishni bilmaydigan uzbeklar”ga nisbatan esa, viza rejimini joriy qilish kerakligini gapirdi.

6c7ecb82-473e-4124-b55f-7f1360d70005_cx0_cy41_cw0_w1023_r1_s

Moskva rusofillari I.Karimov yodgorligi urnatilishiga qarshi

Turli nomalar, petisiya va tashabbuslar onlayn-platformasi hisoblangan Change.org saytida “Uzbekiston prezidenti Islom Karimovga Moskvada yodgorlik urnatilishiga qarshi” sarlavhasi ostida petisiya paydo buldi.

Biz, quyida imzo chekkan Rossiya Federasiyasi grajdanlari, Moskva meri Sergey Sobyaninning rus poytakhtida Moskva shahar byudjeti hisobiga Uzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovga yodgorlik urnatilishiga keskin norozilik bildiramiz. … Eslatib utmoqchimizki, Islom Karimov Urta Osiyodagi rusofobiya, qonunsizlik va hokimiyat uzurpasiyasi ramzi (1990 yilning 24 martidan 2016 yilning 2 sentyabrigacha boshqargan) bulib qolgan”, deyiladi bu petisiyada.

Mazkur chaqiriq matnida Karimovning asosiy kamchiliklari sifatida uning “ruslarga qarshi siyosat olib borgani”, lotin grafikasini kiritgani, desovetizasiya va Ulug Vatan urushiga bagishlab qurilgan memoriallarni vayron qilishdan iborat ekani takidlangan.

29 oktyabr kuni saytga quyilgan bu petisiyaga 7 noyabrga kelib qariyb 6 ming kishi imzoladi.

Karimov Moskva uchun hech narsa qilgani yuq!

Uzini “LDPR partiyasining sul-markazchi siyosatchisi, Urta Osiyo davlatlari bilan viza joriy etilishi tarafdori” deya tanishtirgan petisiya tashabbuschisi Georgiy Gorodeskiy Ozodlik mukhbiriga imzolangan hujjat shakhsan Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomiga yuborilishini aytadi.

Check Also

kk7G3uIXxIjKK_Berg4K_r9IKcVFK1MB

Rashid Qodirov qachon korrupsion skhema haqida hikoya qiladi?

Bosh prokuratura Akhborot khizmati rahbari Hayot Shamsuddinov sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov televidenie orqali qachon …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари