Home / Jahon / Rossiyalik sobiq vazirdan Rossiya sud tizimi tarikhidagi rekord summa undirildi
Место рекламы

Rossiyalik sobiq vazirdan Rossiya sud tizimi tarikhidagi rekord summa undirildi

Rossiyaning Ochiq hukumat ishlari buyicha sobiq vaziri Mikhail Abizov va unga qarashli khorijiy kompaniyalardan bosh prokuratura davosi bilan 32,5 mlrd rubl undirildi. Takidlanishicha, bu Rossiya sud tizimida undirilgan rekord summa hisoblanadi.

Moskvaning Gagarin tuman sudi malum qilishicha, undirilgan pullar davlat foydasiga utkaziladi. Prokuraturaning takidlashicha, Abizov bu pullarni vazir lavozimini egallagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanib, noqonuniy ishlab topgan. Jumladan, u mansabdor shakhslar uchun korrupsiyaga qarshi qonunchilik sohasida urnatilgan taqiqlovlarni buzgan, offshor kompaniyalarga ega bulgan, aksiyalar oldi-sotdisi bilan shugullangan va uz mavqei hisobiga boyigan.

Ushbu summa Rossiya sud tizimi tarikhida undirilgan rekord summa buldi. Takidlanishicha, bungacha jinoiy yul bilan topilgan va davlat foydasiga musodara qilingan mol-mulkning qiymati 10 mlrd rubldan oshmagan.

Bundan tashqari, davlat khizmatiga utishdan avval Abizov egalik qilgan “Gruppa E4”ning bankrotga uchrashi ishi buyicha hakamlik sudi kreditorlarning sobiq vazir, uning rafiqasi Ekaterina Sirotenko va “E4”ning sobiq prezidenti Andrey Malishevdan 34 mlrd rubldan kuproq pul undirish buyicha bir nechta arizalarini kurib chiqmoqda.

Abizovga nisbatan quzgatilgan ishlardan biri buyicha unga firibgarlik (RF Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi) va uyushgan jinoiy guruhni tashkil etish (Jinoyat kodeksining 210-moddasi) ayblovi quyilgan. U ushbu ish buyicha besh nafar ayblanuvchi bilan birgalikda qator energetika kompaniyalari mablaglarini ugirlab, chet elda joylashgan offshor kompaniyalarga olib chiqib ketishda ayblanmoqda. Bu qonunga zid harakatlardan etkazilgan zarar 4 milliard rublni tashkil qiladi.

2019 yil avgustida esa sobiq vazirga qarshi tadbirkorlik faoliyatida noqonuniy ishtirok etish buyicha ikkinchi jinoiy ish quzgatilgan. Rossiya tergov qumitasida takidlanishicha, Abizov vazir lavozimini egallab turib, uziga tegishli kompaniyalarni boshqargan va 32 mlrd rubl ishlab topgan.

Abizov uz aybini tan olmayapti va hozirda tergov izolyatorida qolmoqda.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

UsBw7H2fly-QtU2vbL1KWlzVA1Wj2LnQ

Tramp saylov natijalarini tan olmasligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp prezident saylovlaridagi maglubiyatini tan olmasligini aytdi. Uning takidlashicha, Demokratlar partiyasi nomzodi …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари