Rossiya mudofaa vazirligi amerikalik inspektorlarga «Avangard» gipertovushli raketa majmuasini kursatdi.
Ushbu majmua Moskva Vashington urtasida 2010 yilda imzolangan Strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash buyicha chora-tadbirlar tugrisidagi shartnoma doirasida kursatildi.

Vazirlikning bildirishicha, «Avangard» 2019 yil dekabrdan jangovar navbatchilikka quyiladi.
Vladimir Putin 2018 yil martda «Avangard»ning qanotli jangovar bloki tovush tezligidan 20 baravar tezroq uchishini, uning yuzasidagi harorat 1600-2000 darajani tashkil etishini aytgan, shu bilan birga raketa ishonchli ravishda boshqarilishini qushimcha qilgandi.