Home / Jamiyat / Rossiyadan boshqa azo davlatlarning savdo balansi manfiy — EOII haqida faktlar suzlaganda
Место рекламы

Rossiyadan boshqa azo davlatlarning savdo balansi manfiy — EOII haqida faktlar suzlaganda

Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi mavzusi kutarilgach Uzbekiston hukumati bu ittifoqqa kirish yoki kirmaslik haqida qaror qabul qilishdan oldin barcha malumotlar, imkoniyatlar va tahdidlar yakhshilab tahlil qilib chiqilishini malum qilgandi.

Kuni kecha Oliy Majlis Senati qumita raisi urinbosari Odiljon Iminov Kun.uz’ga bergan intervyusida ittifoqqa kirish qarorini yoqlab, iqtisodiy manfaatdorlikni argument sifatida keltirib utdi. Fikrimcha, iqtisodiy vajni asos qilishda nazariyadan tashqari amaliy malumotlarga kuz tiksak tugri tushuncha hosil buladi.

Raqamlar suzlaganda

Senator janoblari iqtisodning asosiy kursatkichlari sifatida eksport va import urtasidagi «savdo balansi» farqini aytib utgan. Darhaqiqat, mamlakat mahsulotlari jahonda qanchalik talabga ega bulsa, boyish shunchalik oson kechadi. Shu bilan birga, eksport qilinayotlan tovarlar iloji boricha kattaroq qushilgan qiymat bilan ishlab chiqarilgan bulishi talab etiladi. Asosan khom ashyo mahsulotlari eksporti bilan cheklanish tayyor mahsulotlarni tashqaridan kuproq import qilishni taqozo etadi. Bu degani mamlakatda ishlab chiqarish rivojlanmaydi, ishsizlik surati oshib boradi, soliq tushumlari kamayadi, natijada mamlakat qashshoqlashib boradi. Bu haqda uzoq yozish mumkin, lekin, keling bevosita EOII savdosi bilan bogliq raqamlarga murojaat qilaylik.

  • EOII tashqi bozor balansi (yani ittifoqqa kirmagan boshqa davlatlar bilan sof savdo hajmi)

Jadval Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi malumotlari asosida tayyorlangan

Yuqoridagi raqamlar quyidagilarni kursatyapti: Qirgiziston va Armaniston EOIIga azo bulgach, hech qachon ijobiy savdo balansiga chiqa olmagan. Yani, bu davlatlar uz mahsulotlarini tashqi bozorga importni qoplaydigan darajada taklif qila olmagan. Belarusga kelsak, bu davlat uzining mavjud sanoat salohiyatiga qaramay, savdo balansini barqaror ushlab turishga erisha olgani yuq. Belarusliklar 2018 yili 4,29 mlrd AQSh dollariga teng savdo balansiga ega bulgan bulsa, joriy yil yakunigacha bu kursatkich zurga 2 mlrd AQSh dollarigacha chiqishi kutilyapti.

Rossiya va Qozogiston savdo balansi musbat kursatkichga ega, yani bu davlatlarning eksport ulushi tashqi savdo amaliyotlarida importga nisbatan kuproq.

Shu urinda quyidagi faktlar inobatga olinishi kerak: Rossiya eksportining 81 foizi neft va gaz mahsulotlariga, qora va rangli metall, mineral ugitlarga tugri keladi, Qozogistonda khuddi shu mahsulotlar eksportning 76 foizini tashkil etadi (2018 yil uchun malumot).

Yani, tabiiy boyliklardan iborat bulgan mahsulotlar eksportda juda katta urinni egallaydi. Bundan tashqari, 2019 yilning 8 oyi davrida iqtisodiy sustlashish kuzatilib, joriy yil oldingisiga nisbatan savdo kursatkichlari kamayishi kuzatilyapti. Khalqaro tahlilchilarning fikricha, bunga jahon bozorida EOII mahsulotlariga talab kamayib borishi va khalqaro sanksiyalar tasiri asosiy sabablar bulmoqda.

Tabiiy zakhiralar jahondagi savdosi uchun hech qanday iqtisodiy ittifoqqa zaruriyat bulmagan, EOIIning tashkil etilishi azo davlatlarda katta qiymat qushadigan ishlab chiqarishni va tashqi eksportni sifat va miqdor nuqtayi nazaridan rivojlantirmagan.

Senator Odiljon Iminov EOIIga kirishning ijobiy tarafi sifatida uzaro savdo aloqalari yakhshilanishini ham keltirdi. Keling, yana raqamlarga yuzlanamiz.

  • EOII ichki bozor balansi (yani ittifoq azolari urtasida sof savdo hajmi)

Jadval Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi malumotlari asosida tayyorlangan

Ichki savdoda Rossiyadan tashqari barcha azo davlatlarning savdo balansi manfiy, yani faqat Rossiya uz mahsulotlarini bu davlatlarga hammadan kura kuproq sotyapti. «Ittifoqdan asosiy iqtisodiy manfaat faqat Rossiya biznesi uchun buladi» deyilganda jumladan khuddi shu holat ham nazarda tutilgan edi.

Mamuriy richag

Rossiya importni mamuriy yullar bilan cheklab, uz ichki bozorini himoya qilishga odatlangani anchadan beri kuzatiladi (vaholanki, bu – EOII goyalariga zid amaliyot). Birgina misol keltiramiz, joriy yil yozida «Rosselkhoznadzor» Qozogiston shimolida ishlab chiqariladigan sut mahsulotlarini Rossiyada sotishga cheklov quydi. Balki qozogistonlik biznesmenlarning keskin bayonotlaridan keyin, balki Uzbekiston uchun EOIIning jozibasini tiklash uchun, har qalay oktyabr oyida Rossiya tomoni bazi qozogistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun bunday cheklovni bekor qildi.

Yuqoridagi misol Rossiya uzining ichki bozorini ittifoqdoshidan himoyalashini kursatadi. Bazida esa siyosiy sabablar bilan ham shunday qadamlar tashlanishi mumkin. Yana bir misol keltiramiz: joriy yilning 1 iyunida Rossiya hukumati Qozogiston kumiri Ukrainaga borishini ogohlantirishsiz tukhtatib quydi. Shu vaqtdan boshlab, Qozogistondagi yoqilgi ishlab chiqaruvchilar oyiga 11 mln AQSh dollaridan zarar qila boshlashdi. Bu faqat joriy yuqotishlardir. Jahon bozorida Qozogiston kumiriga nisbatan ishonch yuqolishi, shuningdek EOII bozorlarida kumir taklifi haddan ziyod ortishi natijasida narkhlar keskin tushib ketishi Qozogiston iqtisodiga qanchalik ziyon etkazayotgani hisob-kitob qilib kurilsa, albatta natijalar EOII foydasiga bulmaydi.

Ittifoqqa kirish tarafdorlari Rossiyadagi uzbekistonlik mehnat muhojirlariga engillik tugdirishiga kup urgu qaratishmoqda. Iqtisodchi olim Sherzod Eraliev Kun.uz saytida elon qilingan maqolasida ittifoqqa kirish uchun uzbekistonlik migrantlar bilan bogliq iddaolar asossizligini isbotlab berdi. Biz ham keyingi maqolamizda EOIIga azo bulish oqibatida mehnat migrasiyasi borasida vaziyat hozirgidan ham ogirlashib ketishi haqida aytib utamiz.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

2C654058-2721-4100-BD85-432BF9CEB3C1_cx9_cy6_cw91_w1023_r1_s

Competitive analytics in the market of goods and services

Competitive analysis is a system monitoring of the market, aimed at identifying real demand and …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари