Home / Jahon / Rossiya chegarasi Uzbekiston fuqarolari uchun hamon yopiq. Muzokaralardan naf bulmayapti
Место рекламы

Rossiya chegarasi Uzbekiston fuqarolari uchun hamon yopiq. Muzokaralardan naf bulmayapti

Ayni paytda Qozogiston va Qirgiziston fuqarolaridan farqli ularoq, Uzbekiston fuqarolarining Rossiya hududiga kirishiga rukhsat yuq. Faqatgina hukumat qoshidagi tezkor shtab tomonidan chegara khizmatlariga taqdim etilayotgan ruykhat asosida tashkiliy tarzda ishga yuborilayotgan shakhslar RFga kiritilmoqda.

Foto: tvsamara.ru

Mehnat tatili yokhud pandemiya tufayli Uzbekistonga qaytgan, biroq uzi ishlayotgan korkhona uni qayta-qayta ishga chaqirayotganiga qaramay, u erga bora olmayotgan vatandoshlardan Kun.uz’ga kuplab murojaatlar kelib tushmoqda.

Kun.uz mukhbiri Uzbekiston va Rossiya urtasida muntazam aviaqatnovlar tiklanmayotganining sabablari, uzbekistonlik mehnat muhojirlari nima uchun Rossiyaga kiritilmayotgani, bu borada hukumatlararo muzokaralar qaysi bosqichda ekani yuzasidan rasmiylarga murojaat qildi.

«Rossiya chegaralarini qachon ochishi nomalum»

Navruz Ashurmatov, Transport vazirining matbuot kotibi:

— Ayni paytda Rossiya Federasiyasi hududiga kirishi mumkin bulgan shakhslar toifasi bor. Jumladan, elchilar, Uzbekistonning diplomatik konsulkhonalari vakillari va ularning oila azolari, davolanish uchun kelayotgan shakhslar, khorijda yaqin yoki kasal qarindoshi bor insonlar, diplomatik vakolatkhonalar surovi bilan tranzit utayotgan yulovchilargina ketishmoqda. Ular ham PZR test topshirishi va «Rospotrebnadzor» sayti orqali ruykhatdan utishi talab etiladi. Mana shunday proseduralari bor.

Bundan tashqari, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan tashkiliy tarzda Rossiyaga ishlashga yuborilayotgan fuqarolarimiz mamlakat hududiga kiritilmoqda. Biroq avvalgiday uzi individual tarzda ishlash uchun ushbu davlatga bormoqchi bulayotganlarga hozircha rukhsat yuq.

Rossiya qachon chegaralarini ochishi nomalum. Bu yilning hisobidan, menimcha, rukhsat bermasa kerak. Chunki Evropada koronavirus bilan kasallanishning yangi tulqini kuzatilmoqda. Rossiya Federasiya Makhsus komissiyasi ham chegaralar ochilmayotganini aynan pandemiya bilan izohlamoqda.

Bu borada aytishim mumkin bulgan bitta yangilik shuki, utgan hafta bulib utgan muzokaralardan sung Rossiyadan mehnat muhojirlarini Uzbekistonga olib qaytish uchun Moskvadan poezd quyilishiga rukhsat berildi. Ammo bu faqat qaytuvchilar uchun, Rossiyaga boruvchilar uchun emas.

Uzbekistonliklar ayni paytda yakka tartibda na samolyot, na poezd va na avtobus va avtomobilda Rossiya hududiga kira olmaydilar.

Bizga ham tezroq rukhsat berilsa, reyslar ochib yuborilsa, qaniydi. Aviasiya, temir yul, avtobus reyslaridan foydalanadigan yulovchilarning asosiy qismi Rossiyaga qatnardi, u erdan qaytardi. Cheklovlar tufayli ushbu yunalishlarda harakatlanish bugun tukhtab qolgan.

Qatnovlarning jonlanishi «Uzbekistan Airways» yoki «Uzbekiston temir yullari» AJga bogliq masala emas. Rossiya hukumati reyslar tiklanishiga rukhsat berishi bilan Uzbekistondagi transport kompaniyalari jadval asosida oldingidek qatnovlarni amalga oshiraveradi.

Shu urinda qayd etish kerakki, Khitoy ham boshqa davlatlar bilan chegaralarini ochgani yuq. Bu mamlakatda biznesi bor yoki shu erda uqiydigan vatandoshlarimiz ham qiynalishmoqda. Janubiy Koreya bilan ham muntazam parvozlar yulga quyilmagan, ammo charter reyslar amalga oshirilmoqda. Hozirga kelib Dubay, Almati, Minsk, Frankfurt va Istanbul aeroportlari boshqa davlat fuqarolari uchun ochilgan.

«Qozogiston va Qirgiziston fuqarolariga rukhsat bor. Negadir Uzbekistonga rukhsat berilmayapti»

Ortiqkhuja Norov, Tashqi mehnat migrasiya agenligi akhborot khizmati rahbari:

— Yurtdoshlarimiz yakka tartibda Rossiyaga ishlash uchun keta olmayotganidan khabarimiz bor. Biroq bu muammoning echimi bizga emas, Rossiya tarafiga bogliq bulib turibdi. Bu erda gap transport qatnoviga bogliqmas. Bitta muammo bor: hozirgi paytda Uzbekiston fuqarolarining Rossiya hududiga rukhsatsiz kirishi mumkin emas.

Aslida Rossiyada pandemiya boshlarida joriy etilgan karantin cheklovlari ortidan boshqa mamlakat fuqarolarining Rossiya hududiga kiritilishi tukhtatilgandi. Ayni paytga kelib Qozogiston, Qirgiziston fuqarolariga nisbatan ushbu cheklov bekor qilingan. Ular istalgan vaqtda istalgan turdagi transport vositasida Rossiyaga borishi mumkin. Faqat nimagadir Uzbekiston fuqarolariga rukhsat berilmayapti.

Agentligimiz tomonidan fuqarolarni tashkillashtirgan holda Rossiyaga yuborish ham oson kechayotgani yuq. Uzbekistonliklarning Rossiyaga kirishi uchun rukhsatni biz emas, balki ish beruvchilarning uzlari olishmoqda.

Rossiyada koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish buyicha tezkor shtab bor. Unga bosh vazir urinbosari Tatyana Golikova raislik qiladi. Bugungi kunda Uzbekiston fuqarolarining Rossiya hududiga kirishi uchun aynan shu shtabning rukhsati talab etilmoqda. Bunda mamlakatga kiritilishiga rukhsat berilgan fuqarolarning ruykhati (ism-familiyalari) chegara khizmatlariga taqdim etilmaguncha ular Rossiyaga kiritilmayapti. Muammo shunda.

Bu muammoga echim topish maqsadida bir necha marta uchrashuvlar, muzokaralar buldi. Vazirlar Mahkamasi va vazirlik darajasidagi delegasiyamiz Rossiyaga bordi, ularning vakillari Uzbekistonga kelishdi. Ammo uzbekistonliklarning Rossiya hududiga emin-erkin kirib chiqishiga quyilgan tusiq haligacha olib tashlanmadi.

Qozogiston fuqarolariga nima uchun mumkin, biznikilarga mumkin emas, buning sababini bilmayman. Bu vaziyatni pandemiya bilan izohlashmoqda. Ammo hamma davlat fuqarolari kira olmaganda edi, bunga ishonsa bulardi. Bu masalaga aralashish uchun bizning vakolatimiz yuq.

Shu paytgacha qancha fuqaromizni Rossiyaga ishlash uchun tashkiliy ravishda junatgan bulsak, ularning mamlakatga kirishiga rukhsatni biz olayotganimiz yuq. Bizdan ishchi surayotgan Rossiyadagi nufuzli neft-gaz, qurilish kompaniyalarining uzlari tezkor shtabdan uzbekistonlik ishchilarning kirishiga rukhsatni olishmoqda, shundan sung biz odamlarni yuboryapmiz. Ular rukhsatni qay tarzda olayotganidan khabarimiz yuq. Hamma ham bunday rukhsatni ololayotgani yuq, asosan yirikroq ish beruvchilar buning uddasidan chiqmoqda, kichik firmalarga Uzbekistondan ishchi olib kirishga rukhsat berilmayapti.

Ishchilar qanday tanlab olinayotganiga kelsak, ayrimlar pandemiyagacha uzlarida ishlagan odamlarning ruykhatini berib, shular kelolmayapti, yordam beringlar deb aytayotgan bulsa, bazilar bizga ish surab murojaat qilgan, ruykhatimizda bor odamlarni uzlariga kerak mutakhassisliklar asosida tanlab olishmoqda.

Deylik, kimgadir 50 nafar payvandlovchi, 100 nafar gisht teruvchi kerak. Bunday paytda bazamizdagi ishga muhtoj mutakhassislarni taklif etamiz. Ular videokonferensiya orqali ishchilar bilan tugridan tugri gaplashib, til bilishi, malakasi va salomatligiga qarab, malum bir qismini tanlab olishmoqda. Ayrimlar shakhsan kelib ishga boruvchilar bilan suhbatlashishmoqda.

Ish beruvchilarning ruykhatlari asosida biz tanlab olingan fuqarolarning pasport malumotlari asosidagi ruykhatini ularga yuboramiz. Rukhsat olingandan sung uzbekistonliklar charter reys asosida Rossiyaga yuborilmoqda.

Yakka tartibda Rossiyaga keta olmaganlar Belarus orqali ushbu davlat hududiga utishayotgani haqida eshitdim. Lekin bu nolegal, ertaga bu khatti-harakat uchun fuqaro faqatgina deportasiya qilinmaydi, balki chegarani noqonuniy tartibda kesib utgani bilan jinoiy javobgarlikka ham tortilishlari mumkin.

***

Tashqi ishlar vazirligi akhborot khizmatining malum qilishicha, hozirgi paytda mazkur masala yuzasidan Uzbekistonning Rossiya Federasiyasidagi diplomatik vakolatkhonalari tomonidan muzokaralar davom ettirilmoqda. Vazirlik masul khodimi tez orada bu borada rasmiy munosabat bildirilishini malum qildi.

  • Uzbekiston rasmiylari Rossiya bilan qatnovlarni tiklashga tayyorligi va ikkinchi tomon bilan muzokaralar olib borayotgani haqida bundan uch oy oldin bayonot berishgan edi.
  • 17 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin yillik ananaviy matbuot anjumanida mamlakat chegaralari imkon bulishi bilan ochilishini aytdi.
  • 18 dekabr kuni MDH sammitida Uzbekiston etakchisi Shavkat Mirziyoev Uzbekiston uzaro aviaqatnovlarni imkon qadar tezroq tiklash tarafdori ekanini bayon qildi.
Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Otabekov britancha shtamm qanday belgilar bilan kechishi haqida malumot berdi

Koronavirusga qarshi kurash shtabi azosi Nurmat Otabekov britancha shtamm bilan kasallanganda qanday belgilar kuzatilishi haqida …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари