Home / Jahon / Rossiya buylab namoyishlar utkazilmoqda
Место рекламы

Rossiya buylab namoyishlar utkazilmoqda

Bugun, 23 yanvar kuni, Rossiyada Aleksey Navalniy va boshqa siyosiy mahbuslarni qullab-quvvatlash buyicha norozilik namoyishlari bulib utmoqda. Bunga davolanishdan sung Germaniyadan Rossiyaga qaytgan mukholifatchining hibsga olinishi sabab buldi.

Foto: Pavel Korolev / AFP / Scanpix / LETA

Rossiyaning 40dan ortiq shahrida piketlar, mitinglar va norozilik aksiyalari utkazilmoqda. Bu haqda Telegram’dagi «Komanda Navalnogo» kanali khabar berdi. Kanal muharririyati norozilik harakatlari kuzatilayotgan shaharlar ruykhatini yangilab bormoqda. Ruykhatda 40dan ortiq shahar mavjud.


Foto: Telegram / Komanda Navalnogo

Foto: Telegram / Komanda Navalnogo

YouTube’dagi «Navalniy Live» kanalida Navalniyni qullab-quvvatlashga bagishlangan aksiyalar buyicha translyasiyani kuzatish mumkin. «Moskva vaqti bilan soat 10:00dan kechgacha bizning jamoa butun Rossiyadagi norozilik namoyishlarini jonli efirda kursatadi», – deyiladi translyasiyada.

Moskvadagi Pushkin maydonida aksiya boshlanishidan ancha oldin «Men qurqmayman» degan yozuvni kutarib olgan fuqaro qulga olindi. U mahalliy ichki ishlar bulimiga olib ketilgan, deb khabar beradi Avtozak Live Telegram kanali. Juma oqshomidan boshlab Moskvadagi Pushkin maydoni deyarli qamalda qoldi: atrofda tusiqlar urnatilgan, polisiya va makhsus tekhnika, polisiya mashinalari jamlangan. Polisiya transporti «Moskva» mehmonkhonasi yaqinida ham tuplangan.


Foto: Telegram / OpenMedia

Foto: Telegram / OpenMedia

Foto: Telegram / OpenMedia

«Meduza» nashri mukhbiri Moskvaga yaqin hududda zirhli tekhnikalar ham harakatlanishga tayyor turganini qayd etgan. Mahalliy vaqt bilan soat 10:00da kolonna poytakht tomonga qarab yul olgan.

Blagoveshchenskdagi aksiya paytida khavfsizlik khizmati khodimlari kamida 10 kishini qulga oldi, deya ushlanganlarning uzi «OVD-Info»ga khabar berdi. Ular orasida voyaga etmagan shakhs va jurnalist Andrey Afanasev ham bor.

Vladivostokda polisiya khodimlari Aleksey Navalniy va Rossiyadagi boshqa siyosiy mahbuslarni qullab-quvvatlashga bagishlangan aksiyaga chiqqan fuqarolarni qulga olmoqda. Navalniyning Vladivostokdagi shtabi khabariga kura, kuchishlatar tuzilmalar bilan tuqnashuvlar ham yuz bermoqda.

Navalniyning Vladivostokdagi shtabi namoyish etgan videotranslyasiyada namoyishchilarning ommaviy qulga olinayotgani haqida khabar berildi. Harakat qatnashchilari ketayotgan Svetlanskaya kuchasi butunlay tusib quyilgan. Namoyishchilar mobil Internet tezligi pasayib ketganidan shikoyat qilmoqda.

Khabarovskda Navalniyni qullab-quvvatlash aksiyasida mahalliy deputat qulga olindi. U erda utkazilayotgan aksiya paytida khavfsizlik kuchlariga: «Hamma ushlansin!», degan buyruq bulgani aytiladi. Bu Navalniyning mahalliy shtabi tomonidan namoyish etilgan videoda aks etgan. Shundan sung, «OMON» fuqarolarni ommaviy qulga olishni boshlagan.

23 yanvar kuni Aleksey Navalniyni qullab-quvvatlash buyicha aksiyalar nafaqat Rossiyada, balki Evropa va dunyoning unlab boshqa shaharlarida ham bulib utadi.

Eslatib utamiz, Germaniyadan Rossiyaga qaytib kelganidan bir soat utmay, 44 yoshli Navalniy Moskvadagi Sheremetevo aeroportidagi chegara nazorati postida qulga olindi.

Rossiya Jazoni ijro etish federal khizmatining yakshanba (17 yanvar) kungi khabariga kura, Navalniy siyosiy motivga ega deb kurilgan firibgarlikda ayblanib, 2014 yilda olgan shartli jazo muddatini buzgani uchun hibsga olingan.

Sud hukmi elon qilinganidan kup utmay, Navalniy jamoasi tomonidan elon qilingan videoda uz tarafdorlarini norozilik bildirishga chaqirdi.

«Jim turmang. Qarshilik kursating. Kuchalarga chiqing – men uchun emas, uzingiz va kelajagingiz uchun», dedi Navalniy.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Uwx-bTHgXEX4Jmr69TwETvZAqJk2fTif

Pentagon Eronni Yaqin Sharqdagi beqarorlikning asosiy manbasi deb atadi

AQSh va Eron urtasidagi munosabatlar prezident Donald Tramp davrida taranglashgandi. Eron Yaqin Sharqdagi beqarorlikning asosiy …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари