Uzbekistonda «tovar sertifikatlangan» va «khizmatlar lisenziyalangan» jumlalarini ishlatmaslikka rukhsat berildi. Bu haqda «Reklama joylashtirish tartibi»ga kiritilgan tegishli uzgartirishga asoslanib, «Spot.uz» khabar berdi.

reklamaFoto: «Spot.uz»

Avvalroq, agarda mahsulot majburiy sertifikatlashtirish yoki lisenziyalashdan utgan bulsa, reklamada «mahsulot sertifikatlangan» va «khizmatlar lisenziyalangan» degan jumlalar ham bulishi shart edi.

Shu bilan birga, tegishli hujjatlarsiz bu kabi mahsulotlarni reklama qilish hamon taqiqlangan — reklama qiluvchi reklama beruvchidan uz mahsulotining sertifikati va lisenziyasi talab qilishga haqli.

Sertifikat va lisenziyaga ega bulishi kerak bulgan, biroq hujjatlari yuq reklama tarqatuvchi EKIHning 5—7 barobari miqdorida jarimaga tortiladi, shuningdek, reklama beruvchi ham savdo qoidalarini buzganlik va lisenziyasiz faoliyat kursatganligi uchun javobgarlikka tortiladi.