Home / Madaniyat / Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytib bergan fitnalar

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytib bergan fitnalar

hadisSayyidimiz Muhammad alayhissalomning paygambarliklarini tasdiqlovchi va uz ummatiga uta mehribon ekanlariga ishora etadigan jumlalarga tukhtalamiz.
Agar siz Mustafo alayhissalom ummatini borib kursangiz va ularni bugungi kundagi boshidan kechirayotgan voqeliklariga etibor bersangiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnati har bir holatda biz bilan birga yashayotgani va hayotimizda yuz beradigan barcha mushkulliklarimizda bizga yordam beruvchi guzal nasihatlarini uchratasiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalar orasida aytgan suzlari faqatgina ular bilan yashamaydi va bu suzlarni faqatgina ularning uzlariga aytgan emaslar, balki ularga aytib bizlarga nasihat qilganlar. Ularga nasihat qilgan bulsa, bizlarni ogohlantirgan, ularni ogohlantirgan bulsa, bizlarni sirganchiq va toyilib ketish mumkin bulgan yullardan ogohlatirib ehtiyot qilish uchun oldinda uchratishimiz mumkin bulgan barcha hodisa va fitnalarni vasf qilib berganlar.

Fitnalar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarga bu tugrisida juda kup bora aytib, bulardan saqlanish yullarini bir necha marta tushuntirgan va uning muolajasini aniq kursatib berganlar. Sahobai kiromlarning bunga ehtiyojlari bulmasa-da, ammo bu biz uchun nubuvvat rahmati bulgan edi. Chunki Mustafo sollallohu alayhi vasallam uzidan keyingi khalqlarni bu nasihatlarni ehtiyot qilib saqlay olmasliklarini va bundan ehtiyot bulish uchun gayrat qilmasliklarini ham sezgan edilar.
Keling, Rasululloh alayhissolatu vassalom zamonlarida mavjud bulmagan, hozirda biz boshimizdan utkazayotgan voqelikka taalluqli bulgan u Zot sollallohu alayhi vasallamning bir nechta nasihatlariga quloq tutamiz.
Imom Bukhoriy uzining sahihida Huzayfa ibn Yamoniydan qilgan rivoyatida u kishi aytadi:
«Odamlar Rasulullohdan yakhshiliklar haqida surar edilar. Men esa biror kun uzimga etib qolishidan qurqib, yomonlik haqida surar edim. Men u Zotga:
«YO Rasululloh, albatta, biz johiliyatda va yomonlikda edik. Bas, Alloh azza va jalla bizga ushbu yakhshilikni keltirdi. Ushbu yakhshilikdan keyin yomonlik bormi?» – dedim.
«Ha», – dedilar.
«Usha yomonlikdan keyin yana yakhshilik bormi?» – dedim.
«Ha. Uning tutuni ham bor», – dedilar.
«Uning tutuni nedir?» – dedim.
«Hidoyatsiz va sunnatimsiz yul boshlaydigan qavmdir. Ulardan (bazi narsalarni) yoqtirasan va (bazi narsalarni) inkor qilasan», – dedilar.
«Usha yakhshilikdan keyin yomonlik bormi?» – dedim.
«Ha. Jahannam eshigida turgan davatchilar. Ularga kim ijobat qilsa, uning ichiga oturlar», – dedilar.
«YO Rasululloh, ularni bizga sifatlab bering», – dedim.
«Ular uzimizning qavmdandir. Uzimizning tilimizda gapiradilar», – dedilar.
«Usha narsa menga etsa, nima qilishimga amr qilasiz?» – dedim. Huzayfaning savoliga javob berib Rasululloh:
«Musulmonlar jamoasini va ularning imomini lozim tutasan», – dedilar.
«Agar ularning jamoati ham, imomi ham bulmasachi?!» – dedim.
«Ushal firqalarning barchasidan chetda bulib, uying ichini lozim tut. Agar darakhtning tomirini tishlab bulsa ham, bu firqalardan chetda bul. Senga ulim kelganda ham, ushal holda bulishga harakat qil», – dedilar».

Imom Bukhoriy va Muslim rivoyat qilgan uzun bir hadisda Paygambar alayhissalom aytdilar:
«Quylarini etaklab tog daralariga etaklab ketishi, kishi molining yakhshisi bulishi mumkin bulib qoladi». Yani odamlardan chetda bulishi yakhshi bulib qoladi.

Imom Bukhoriy rahmatullohi alayhi Abu Bakrdan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ogoh buling! Albatta, kelajakda kup fitnalar buladi. Ogoh buling! Albatta, kelajakda kup fitnalar buladi. U vaqtda (jim) utiruvchi tik turuvchidan yakhshi, tik turuvchi (fitnaga qarab) yuruvchidan yakhshi, yuruvchi shoshiluvchidan yakhshidir. Ogoh buling! Agar shu kun voqe bulsa, har biringiz uz uyining ichini lozim topsin. Etkaza oldimmi, etkaza oldimmi, etkaza oldimmi?»– dedilar.
Shunda odamlardan biri: YO Rasululloh, agar menga shu kun etib kelsa, nima qilaman?–dedi.
«Qilichingning tigiga tosh bilan urasan» – deb, u er-bu erda bulayotgan fitna olamonlariga qushilib ketmaslikka kinoya qildilar.
Shunda bir kishi: «YO Rasululloh, agar bir kishi meni qilichi bilan ursa yoki uq kelib meni qatl qilsa-chi?» – dedi.
«Unga ham uzining gunohi, ham sening gunohing buladi. Hamda u duzakh sohiblaridan buladi»,– dedilar».
Imom Bukhoriy aniq va ravshan bayon qilgan yana bir rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
Ogoh buling! Albatta, kelajakda kup fitnalar buladi. Ogoh buling! Albatta, kelajakda kup fitnalar buladi. U vaqtda (jim) utiruvchi tik turuvchidan yakhshi, tik turuvchi (fitnaga qarab) yuruvchidan yakhshi, yuruvchi shoshiluvchidan yakhshidir. Ogoh buling! Agar shu ishlar sodir bulsa, kimning tuyasi bulsa, (fitnalardan yiroq bulib) uz tuyasini quvib etsin, kimnngi quyi bulsa, quyining izidan borsin, kimning eri bulsa, uz erini lozim tutib(dekhqonchiligini qilsin).
U Zotning yonlarida utirganlardan bir kishi :«Ayting-chi, yo Rasululloh, agar bir kishining tuyasi, quyi va eri ham bulmasa-chi?– dedi.
Shunda Rasululloh: «Qilichini olib, tosh bilan tigiga uradi. Sungra qochishga qodir bulsa, qochib ketadi. Allohim, etkazdimmi?! Allohim, etkazdimmi?! Allohim, etkazdimmi?!» – dedilar.
Imom Bukhoriy va Muslim rivoyat qilgan sahih hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Agar uziga itoat qildiruvchi khasis odamni, ergashuvchi havoi nafsni, tasir qiluvchi dunyoni va har fikr egasi uz fikri bilan maqtanayotganini kursang, uzing bilan mashgul bulib, kupchilik ishini quygin»– dedilar.
Ushbu hadislar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning biz – ummatlariga mehribonligi sababli, Alloh taolo bandalarini imtihon qilishni iroda etgan turli fitnalardan, ayniqsa, qiyomat soati yaqinlashgan zamonda qanday qilib qutilish mumkin ekanini bayon qilib bergan ayrim nasihatlaridir.
Nima uchun Rasululloh bizlarga bunday nasihatlar qildilar? Nima uchun bu narsalarni Rasululloh fitnalar deb nomladilar? Nima uchun bu nasihatlar sahobalarga tegishli emas edi? Nimaga Rasululloh uz sahobalarini qilichlarini quyishga va uning tigini utmas qilishga buyurmagan edilar? Nima uchun?! Chunki Rasululoh sollallohu alayhi vasallam fitnalar deb nomlagan musibatlar nozik manoni ifoda qiladi. Agar bir inson ushbu fitnalardan qutulish uchun bir chora yulini topsa, topgan ana shu yulning uzi uni yana boshqa bir katta fitnaga uloqtirib tashlaydi.
U odam fitnadan qutulishni khohlaydi, ammo Alloh va Rasuli rozi buladigan soglom va musaffo yulni kura olmaydi. Nima ham qila oladi, chunki yullar qop-qorongu zimiston, sabablar ham berkitib tashlangan, Rasululloh sifatlab bergan sabablardan boshqa sababga boglanishning imkoni qolmagan.
«Agar uziga itoat qildiruvchi khasis odamni, ergashuvchi havoi nafsni, tasir qiluvchi dunyoni va har fikr egasi uz fikri bilan maqtanayotganini kursang…»
Mana shu erda yullar chalkashib ketadi, mana shu erda vositalar aralashib ketadi. Inson balolardan qochishga kuch topa olmay qoladi, topganda ham usha balodan qutulmay turib, undan battar yomonlikka duchor buladi. Bundan qutulish chorasi nima? Buning chorasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan narsadir.
Ajablanarlisi shuki, ayrim odamlarga tavotur darajasiga etgan ushbu sahih hadislar eslatilsa, ularni eshitishni khohlamaydilar. Balki ayrim hollarda bunday eslatma beruvchi va unga chorlovchilarga salbiy baho beradilar. Kim? Rasululloh salbiy ishga chaqiradimi? Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning suzi-ku!
Agar bu nasihatlar muayyan bir kishiga yoki ayrim ozchilik kishilarga qaratilganida salbiy bular edi, lekin Rasululloh bu nasihatlarni musulmonlar jamoasining har biriga alohida-alohida, birma-bir vasiyat qildilar-ku.
Tasavvur qilib kuringlar, musulmonlarning har biri uzini bilib, uz qilichiga hushyor va khatarsiz bulsa hamda Alloh taoloning chegaralarida ayoli, farzandlari va uziga tegishli bulgan kishilarni boshqara olsa, qaerga borsa va qaerdan kelsa, ularni yakhshilikka buyurib yomonlikdan qaytarsa, agarda musulmonlarning hammasi mana shunday bulsalar, bu fitnalar yakhshilik olovida erib yuq bular edi. Musulmonlarning hammalari shu shaklda bulsalar, tugunlar yuqolib yullar ravshan bular edi.
Men sizlarga bir marta aytgan edim, tarbiyachi ustozlar uz madrasalarida tolibi ilmlarga qarata aytgan bu suz, bir tarbiya yuli bulgan edi.
Ulardan biri aytadi: Agar muallim darskhonasiga kirib, u erda gapiruvchi suzini anglab bulmaydigan darajada shovqin suron qilayotgan talabalarni uchratsa. Unisi u erda, bunisi yana boshqa erda shovqin qilsa, hatto muallim ham ularga gapirish uchun baland ovozda murojaat qilsa, shovqin ustiga yana shovqin qushiladi. Mana shu notinchlikni tukhtatib, tinchlik va sukunatni joyiga qaytarishning eng chiroyli usuli nima?
Buning chorasi muallim ushbu joyda ularga shunday yul tutishi lozim: ularni har birini uzini bosib tinchlanib olishga chaqiradi va bir kishi boshqa kishi nomidan javobgar emasligini tushuntiradi. Chunki bir shakhs boshqalarni masuliyatini uz zimmasiga olgan vaqtda, unga murojaat qiluvchilar sababidan shovqin kelib chiqadi.
Lekin habibimiz va muallimimiz chorlagan mana shunday tarbiyaviy asosni biz ham qullasak va har bir kishi bir lahza uziga kelib tinchlansa, bu erni tinchlik va omonlik holatiga qaytganini kurasiz.
Ey odamlar Rasulullohning aytgan suzini yana bir bor aytaman:
«Ogoh bulinglar! Qiyomat oldidan qop-qorongu tun bulaklaridek fitnalar buladi. Kishi mumin holda tong ottirib, kofir holda kech kirgizadi».
Shunda sayyidimiz Ali roziyallohu anhu: «Bundan qutulish chorasi qanday buladi, YO Rasululloh?» deganida «Allohning kitobi va mening sunnatim», deb javob berdilar.

Rasulullohning sunnati va Alloh subhanahu va taoloning kitobini mahkam tutinglar! Shunda Alloh taolo bizlarni bu fitnalar botqogidan chiqarib oladi.
Biz bu ishlarni rozilik bilan qabul qilib taslim bulamiz, chunki Allohning hukmi, shak-shubhasiz, amalga oshadi. Shu bilan birg,a har kunni kechiktirganimizda va tong ottirganimizda ushbu kalimani aytishga odatlanishimiz zarurdir.:
رضينا بالله رباً وبالإسلام ديناً وبمحمد نبياً ورسولاً
Manosi: Allohni robb, Islomni din va Muhammad alayhissalomni Nabiy va Rasul deb ikhtiyor qildik.
Mustafo sollallohu alayhi vasallam sahobalarga musibatlar haqida qanchalik kup nasihat qilib eslatsalar ham, okhirgi paytlarda bundan saqlanishni boshqa bir narsa bilan urgatib ketganlar.
Bilingki, u hayru sakhovat va sadaqa qilishdir. Bu narsani muminlarning onalariga va uz sahobalariga doim nasihat qilar edi. Sadaqa baloni daf qilishi tugrisida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kup marta turli uslublar bilan yoritib bergan.
Ey odamlar, biz Allohning fayzu rahmatini tushira olmasak-da, uning tushishiga juda muhtojmiz. Bilasizlarm,i bu rahmatni qanday tushirasizlar? Oralaringizda mehru-shafqatni oshkora qilish bilan tushirasizlar. Khayru-sakhovat bilan ikrom qilish uchun fuqarolarni izlab topishingiz bilan tushirasizlar.
Fitna yomonligini uchirish yulida har biringiz yakhshilik qulini qoim qilish bilan Allohning rahmatini tushiringlar.
Bu yulda yakhshilik qulini qanday qoim qilinadi? Muhtojlarga ehson ulashish bilan. Fuqarolarga sadaqa berish bilan. Mana shu ishlar bilan Allohning roziligini izlanglar. Buni hisob qilinmaslik uchun ado etinglar. Allohning khazinalari ochiq ekaniga hamda Alloh yulida qilingan sakhovatga shubhasiz evaz berilishiga ishongan holingizda ehson qilinglar.
Ey odamlar! Ustingizdan Allohning gazabi kutarilishi uchun hamda tepangizga fayzu rahmatlari yogilishi uchun bir-biringizga mehribonlik qilishga harakat qilinglar. Mehribonlik suz bilan emas, amal bilan buladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vasiyat qilgan bu nasihatlarni ruyobga oshirish uchun bor imkoniyatingizni ishga solinglar. Men buni sizlarga eslatdim. Siz ham aka-ukangiz, dustu yoringizga etkazing. Agar bizga Alloh izzat-ikrom kursatishini istasangiz, bir-biringizni hurmat qilinglar. Boylar faqirlarni ikrom qilsin. Kholi tang bulgan muhtojlarga etibor beringlar. Hech kim: «Men faqirlarni bilmayman, sen bilasanmi?» deb aytmasin. Ularni qidirib topishingizni Alloh sizga yuklagan. Ularni uz joylaridan va tor maskanlaridan qidiring. Siz uchun berganingizga beriladigan savob barobarida, qidirganingizga ham ajr beriladi.
Allohim, sendan hidoyat, taqvo, ofiyat va behojatlik tilaymiz.
Suzimni Allohning ushbu suzi bilan tamomlayman:

Bas, kim zarra ogirligida yakhshilik qilsa ham, kuradir.
Va kim zarra ogirligida yomonlik qilsa ham, kuradir.
Zalzala, 7,8.
(Yakhshilikning ham, yomonlikning ham katta-kichigi bulmaydi. Hammasining hisob-kitobi buladi, qiyomatda javob berish kerak. Har doim yakhshilikni qilib, agar u kuzga kurinmas zarra miqdorida bulsa ham, yomonlikdan qochish kerak.)

Albatta, molu jonda sinovga uchraysiz. Albatta, sizdan oldin kitob berilganlardan va shirk keltirganlardan kuplab ozor eshitasiz. Agar sabr qilsangiz va taqvo qilsangiz, albatta, bu salmoqli ishlardandir.
Oli Imron. 186.
(Barcha aqida va davatlarda, albatta, balo-ofat va sinovlar bulishi shartdir. Dushmanlardan ozor eshitish va jafo kurish ham bor narsa. Bunday paytlarda sabr-toqatli, chidamli bulish va Alloh taologa taqvo qilish zarurdir. Chunki bu yul oliy maqsad yulidir. Jannat yulidir. Jannat yuli doimo tikanlar bilan uralgan buladi. Duzakh esa shahvoniy ishlar, lazzatlar bilan uralgan buladi.«Tafsir hilol»)

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари