Home / Madaniyat / Ramazon oyi ulug nematlardandir.
Место рекламы

Ramazon oyi ulug nematlardandir.

nematAlbatta, Ramazon oyi Alloh taoloning mumin bandalariga bergan ulug nematlaridandir.
Bu oy rahmatlar yogiladigan, gunoh va khatolar kechiriladigan, ajr va darajalar ziyodasi bilan yoziladigan va Alloh bandalarini duzakhdan ozod etadigan oydir.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar;
«Agar Ramazon oyi kirib kelsa, jannat eshiklari ochilib, duzah eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi». Muttafaqun alayhi. (ikki shaykh ittifoq qilgan).
Yana aytdilar;
«Kim Ramazon ruzasini iymon bilan savob umidida tutsa, uning utgan gunohlari kechiriladi».
Boshqa bir rivoyatda;
«Kim iymon bilan savob umidida ibodat ila kechasini bedor utkazsa, uning utgan gunohlari kechiriladi», deyilgan. Muttafaqun alayhi.
Ramazon oyiga kifoya qiladigan narsalardan yana biri unda qadrli kechaning borligidir.
Alloh taolo aytadi;
«Laylatul Qadr ming oydin yakhshiroqdir». (Qadr,3).
Bu Ramazon oyi fazilatlari haqidagi qisqagina mujaz malumot edi, uning boshqa kuplab fazilatlarini vaqt uzayib ketmasligi uchun qoldirdik.
Utgan narsalarda Alloh taoloning senga bergan nematining ulugligini bayon qilish etarlidir, singlim. Alloh seni boshqalardan ustun qilib senga ushbu oyning ruzasini tutish va kechasini qoim qilishni nasib etdi. Bizlar bilan utgan Ramazon oyida ruza tutib bu Ramazongacha etib kela olmagan qancha odamlar utdi. Bu nemat uchun, muslima singlim,  ushbu oyda solih amallarni kupaytirish bilan Allohga shukr qiling.
Albatta, shukr qalb va azolar hamda amallar bilan buladi, til bilan emas.
Alloh taolo aytgan:
«Ey Oli Dovud, shukr qilinglar! Bandalarimdan shukr qilguvchilari ozdir». (Saba, 13).
Ayol kishi uzi uchun qiyomat kuni yutuq va saodat keltiradigan narsalarda ushbu ulug oyning daqiqalaridan foydalanib qolishi hamda jannatga yaqinlashtirib duzakhdan uzoqlashtiradigan ishlarda uning kecha va kunduzlarini ganimat bilishi lozim.
Hattoki bu ulug oyda sizni Rohmanning roziligiga etkazib duzakhlaridan ozod qiladigan buyuk foydaga ega bulishingiz uchun ehtiyot bulishingiz kerak bulgan hamma ishlarda ayol kishi uz vaqtlarini saqlovchi bulishi lozim.
1. Ayol kishi uydan faqat zarur bulgan ish uchun yoki Allohning tayin qilingan toati va muhim bulgan hojat uchun chiqishi.
2. Bozorlarda dukonma-dukon kezishdan saqlaning. Ayniqsa, Ramazon oyining okhirgi un kunligida. Agar hayit kiyimlarini Ramazon oyidan oldin sotib olmagan bulsangiz, okhirgi un kunlik kirishidan oldin sotib oling.
3. Sababsiz ziyoratlarga borishdan saqlaning. Agar sababli ziyorat, masalan, bemor kurish kabi bulsa, u erda uzoq utirib qolmaslik kerak.
4. Bemani utirishlardan saqlaning, giybat, chaqimchilik, yolgon va boshqalarni maskhara qilish majlislarini tark eting.
5. Musobaqalar, turli boshqotirma, film va seriallar kurish hamda fazoviy kanallar payiga tushish bilan vaqtlarni zoe qilmang.
6.Tonggacha ukhlamay bedor bulishdan saqlaning, chunki bu namozlarni zoe bulishiga va kunning kup qismida ukhlashga olib keladi.
7. Kunning kup vaqtlarini uyquda utkazishdan saqlaning. Ayrim odamlar bomdoddan keyin ukhlab shomga yaqin turadilar, bu qanday ruza buldi?
8. Vaqtlarni turli taomlar, pishiriq va salatlar tayyorlash bilan zoe qilishdan ehtiyot buling, chunki bu ruza oyi, taom oyi emas.
9. Vaqtlarni telefon va yangi internet vositalari orqali gaplashish bilan zoe ketkazishdan saqlaning, chunki bu ochlik va tashnalikni kesishda iymoni zaiflarning qurol vositasidir. Agar ular Allohning kitobini uqish va urganishga kelganlarida uzlari uchun yakhshi bular edi.
10. Foydasiz, ortidan faqat vaqtlarni yuqotib gunohlarga tushib qolishni keltirib chiqaradigan urish-janjallardan saqlaning.
Agar, muslima singlim,  ushbu ishlarga chaqirilsangiz, «Men ruzador ayolman», deng.

Arabchadan Eshonguzar jome masjidi imom-khatibi Gulomov Abdullajon tarjimasi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

vKNYzK1LhHGS5YdWMC2UioBfj3bOR8qc

«Sirli dushman kimning ichiga yashiringanini bilmaymiz»: Italiyadagi hayot haqida hikoya

Sisiliyadagi plyajda joylashgan bar egasi Katya Afonina qatiy karantin sharoitida Italiyaning eng yirik orolidagi hayot …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари