Home / Madaniyat / Ramazoni sharif
Место рекламы

Ramazoni sharif

ramazanAlloh taolo bizlarni ruza tutadigan qilgani bilan ham bir-birimizni tabrik qilamiz. Chunki Allohning bu ibodatini qilishga muyassar bulishning uzi katta bakht. Ana shu bakhtga erishganimiz bilan bir-birimizni tabrik etamiz. Khudosizlardan, boshqa dindagilardan yoki murtad bulganlardan qilmaganiga shukr qilib, bir-birimizni tabrik qilamiz.Qalblari iymon-ikhlosga tuliq bulib turib, uzrli sabab ila, ogir kasalligi uchun ruza tuta olmay khijolat chekayotgan din qardoshlarimizga tasalli berish bilan birga, biz ham ana shunday holga tushib qolmaganimizga shukr qilib, bir-birimizni tabriklaymiz. Ogzida musulmonman, deb turib ruza tutmayotgan munofiqlardan qilmaganiga shukr qilib, bir-birimizni tabriklaymiz…

MUBORAK RAMAZONI ShARIF

Alhamdulillahi Robbil alamin vassalotu vassalomu ala Muhammadin ashrafil mursalin va ala alihi va ashobihi ajmain.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.
Aziz va muhtaram mumin-musulmon birodarlar! Sizlarning barchangizni muborak oy – ruza va Quron oyi, taqvo va tavba oyi, rahmat va shafqat oyi, magfirat va duzakhdan ozod bulish oyi, baraka va savob oyi Ramazoni sharif  kirib kelishi bilan chin qalbdan qutlashga ijozat bergaysiz.
Ha, bu oyda ruzani iymon bilan, Allohdan savob talab qilib tutuvchi har bir shakhsni qanchalik tabrik etsa, shuncha oz bulgan oydir. Biz ruza tutuvchi mumin- musulmonlar bu muqaddas oy kirishi bilan, Alloh taolo bizlarni musulmonlar zumrasidan qilgani ila bir-birimizni tabriklaymiz. Chunki dunyoda musulmon bulishdan katta bakht yuq.
Ha, muborak Ramazoni sharif oyi kirishi bilan ruza tutuvchi musulmonlar bir-birlarini tabriklamay, kim tabriklasin!
Chunki bu muqaddas oy biz uchun yil davomida har kuni uqigan besh vaqt namozlarimiz tufayli ham, boshqa ibodat va khayri sadaqalarimiz tufayli ham kechirilmay qolgan gunohlarimizni magfirat qilishini Alloh taolodan surab olishimiz uchun bir yilda bir bor beriladigan imkoniyatdir.
Ha, bu ulkan fursat faqat Ramazon oyi ruzasini tutuvchi mumin-musulmonlargagina beriladi. Sevimli Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazon oyining ruzasini iymon bilan savob talabida tutsa, uning utgan gunohlari magfirat qilinadi», deganlar.
Azizlar, men barchangizni usha ulug imkoniyat oyi bilan tabriklayman. Islomda sochlari oqargan piribadavlat otakhonlarni, mushtipar-munis onakhonlarni ularga umrlarida tutgan ruzalari qatoriga yana bir Ramazon ruzasi savobini qushish imkoni Alloh tomonidan berilgani bilan chin qalbdan muborakbod qilaman.
Siroti mustaqimda qadam tashlab kelayotgan mumin bandalarni, mumina opa-singillarni, avvali rahmat, urtasi magfirat va okhiri duzakh otashidan ozod bulish oyi bilan tabriklayman.
Alloh taoloni uziga Robb, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni Paygambar, Islomni din, Quronni hidoyat mayogi qilib olgan yosh-yigit qizlarni uzlarining saodatli umrlari avvalida taqvo hosil qilish uchun berilgan ulkan imkoniyat – Ramazon ruzasini tutish bakhti bilan muborakbod etaman.
Turli sabablarga kura qornini tuygiza olmay yurgan, ahli ayolini tuygiza olmay qiynalayotganlarni esa qorni tuqlar ham majburiy ravishda ularning holiga tushishlari va nihoyat qorni ochlarni ham eslashlari, ularning holidan khabar olishlari imkoni bilan va yil davomida och yurib, yana Ramazon ruzasini tutgani uchun kupaytirib beriladigan savob va Ramazoni sharif tufayli keladigan khayru barakotlar bilan tabriklayman.
Aziz va mutabar dindoshlarim! Ramazon oyi ruzasi hammani: kattani ham, kichikni ham, boyni ham, kambagalni ham, hokimni ham, mahkumni ham, kuchlini ham kuchsizni ham, tuqni ham, ochni ham barobarlashtiradigan oy bulishi bilan birga, ularning hammasiga uzligini tanib olish uchun, bandalik burchini his etish uchun berilgan fursat hamdir. Hammamiz bu muborak oyning ruzasini tutish ila usha bandalik burchini taqvodorlikni khosil qilishga urinaylik. Ana shundagina maqsadga erishamiz.
Men yana bir bor barchangizni Ramazoni muborak ila tabriklayman.
Alloh taolo barchamizni, bu oyning khayru barakasidan unumli foydalanishimizni nasib etgan bulsin.

RUZANING FARZ BULIShI

Ramazon oyining ruzasini tutish Islomning asosiy ruknlaridan biri bulib, Alloh taolo uni har bir musulmonga farz qilgandir. Bu ulkan ibodatni Alloh taolo ikkinchi hijriy sananing Shabon oyida farz qilgan. Quroni Karimning Baqara surasidagi: «Ey iymon keltirganlar, sizdan oldingilarga farz qilinganidek, sizga ham ruza farz qilindi», oyati ila farz bulgan.
Bizda ruza suzi arab tilidagi «savm» suzi urniga ishlatiladi. «Savm» suzi  lugatda har bir narsadan uzini tiyib turishni anglatadi. Shariatda esa Ramazon oyida tong otgandan quyosh botguncha niyat bilan uzini emoq-ichmoq va shahvatdan tiyib turishga aytiladi.
Ramazon oyining kirishi  yangi Oyni kurish bilan sobit buladi. Shuningdek, bu oyning tamom bulishi ham Shavvol oyining yangi Oyini kurish bilan buladi. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam uz hadisi shariflarida: «Oyni kurib (ruza) tutinglar va oyni kurib (ruzani) ochinglar», deganlar. Buning uchun Ramazondan oldingi Shabon oyining yigirma tuqqizinchi kuni Quyoshga botish paytida qaralsa, yangi Oy biroz kurinadi. Kim kursa, guvohlik beradi va ertasidan ruza tutish boshlanadi. Agar u kuni kurilmasa, Shabon oyini uttiz kun hisoblab, keyingi kundan ruza tutish boshlanadi. Shuningdek, Ramazon oyi yigirma tuqqiz kun bulganida, Shavvol oyining boshlanishini bilishi uchun Oyga qaraladi. Quyosh botishi paytida yangi Oy kurisa, ertasiga hayit elon qilinadi. Kurimasa, uttizinchi kunni ham tutilib, keyin hayit buladi. Ana shunda Paygambar sollallohu alayhi vasallamning amrlariga amal qilingan bulinadi. Oyni ulchov qilishda katta hikmatlar borligidan shundoq qilingan. Avvalo Oy borliqdagi eng katta alomatlaridan biri hisoblanadi. Uni kurib ruzani boshlash va yana kurib tugatish degani bu ishda hamma narsa ochiq-oydin bulsin, hech kim va hech qanday taraf uzgartirish kirita olmasin deganidir. Qamariy sananing shamsiy-quyosh yilidan kunlari oz buladi. Shuning uchun har yili ruza avvalgisidan un ikki kun oldin tutiladi va uttiz uch yil deganda bir aylanib, yil fasllarining har bir kunida ruza tutiladi. Uzoq va qisqa, issiq-sovuq yoki mutadil kunlarda hamma Oyga qarab tutaveradi. Bir mintaqada oson, boshqasida qiyin bulib, bir khil vaqtida uzgarmas bulib qolmaydi.
Oyni kurish bilan ruza tutish yoki uni tugatish barcha musulmonlarga barobar hukm bulib, bu ularning birliklari ramzi hamdir.
Ruza tutishga aynan Ramazon oyining ikhtiyor qilinishi ham katta hikmatlarga molik ishdir. Avvalo, bu oy muborak oy. Alloh subhanahu va taolo uzining okhirgi kitobi, ilohiy mujizasi Quroni Karimni tushirishga munosib vaqt deb khuddi shu oyni ikhtiyor qilgan edi. Bu oy – Islom davati boshlangan oy. Bu ulkan hodisani har qancha eslansa, yodga olib bayram qilishga arziydi. Aynan ushbu oyni Islomning ruknlaridan biri bulmish ruzani tutish muddati, deb ikhtiyor qilinishi bu oyning fazliga fazl, ulugligiga uluglik qushadi.
Ramazon oyi muminlarning savob kasb qilishlariga eng qulay fursat hisoblanadi. Bu oyning ruzasini tutganlarga ulkan ajr savoblar, ikki dunyoning bakht-saodati vada qilingan. Ramazon oyida qilinadigan yakhshi amallarning savobi ham shu oyning hurmatidan kupaytirib beriladi. Buyuk vatandoshimiz, hadis ilmining imomi Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Bukhoriy rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Ramazon ruzasini iymon ila savob tilab tutsa, uning oldingi barcha gunohlari magfirat qilinadi», deganlar.
Boshqa bir hadisda Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Ramazon kirsa, jannat eshiklari ochilib, duzakh eshiklari berkiladi va shaytonlar zanjirlanadi», deganlar.
Bunga ukhshash, ruza tutuvchilarga ajr, savob va okhirat darajalarini vada qiluvchi hadislar juda ham kup. Lekin ruza tutishning foydasi shu bilan chegaralanib qolmaydi. Balki ruza tutishda bugungi kunda inson hayotiga ulkan foydalar kup.
Ruza uni tutuvchining faqat uziga emas, balki oilasi, jamiyati, butun insoniyat va qolaversa, barcha mavjudotga foyda keltiradi.
Uz ikhtiyori bilan, Allohdan savob umid qilib, bir oy davomida, kunduz kunlar emoq-ichmoqdan, shahvatdan uzini tukhtatib yurgan inson ulkan foydalar topadi. Avvalo, ruza insonga uz khohish va istaklarini jilovlashni urgatadi. Agar insonlarda bu sifat bulmasa, dunyo tezda halokatga uchrashi mumkin. Ruza sabr madrasasi hamdir. Faqat haqiqiy ruzadorlargina haqiqiy sabr darajasiga erishadilar. Uz ikhtiyorlari ila ruza tutib, ochlik, chanqoqlarga chidagan inson goyatda mustahkam irodali bulib etishadi.
Bugungi kunda ruzaning foydalarini nafaqat musulmonlar, balki Islomdan, Qurondan khabari yuq kishilar ham tushunib etdilar. Turli taraqqiy etgan ulkalarda och qoldirib davolash shifokhonalari ishlab turibdi. Turli qitalarda yashovchi olimlar ilmiy tajribalar utkazib, ikhtiyoriy och qolish tani sihatlik uchun zarur omil ekanini takidlamoqdalar. Jumladan, rus olimlari bu borada katta yutuqlarga erishdilar. Professor Nikolaev uz hamkorlari bilan elon qilgan «Oddiy haqiqatlar» nomli kitobining «Soglik uchun och-nahor yurish» deb nomlangan bobini ruzaning foydalarini yangi ilmning tasdiqlashi, desak buladi. Unda aytilishicha, ikhtiyoriy ochlik bilan majburiy ochlikning farqi bor. Majburiy ochlik, qaroqchining pichogidek zararga, balki halokatga sabab bulsa, ikhtiyoriy ochlik tabibning pichogidek shifoga sabab buladi. Bu ilmiy ishning natijasida ruza hozirgi eng kup tarqalgan 29ta dardga davo ekanligi, kishi doim sog yuray desa, har yili 28-30 kun ikhtiyoriy och qolishi zarurligi takidlangan. Siz bilan biz–musulmonlarga bu foydali ishni 1400 yil avval ibodat qilib quygan Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar bulsin. Hammamizning tutadigan ruzalarimizni uz dargohida qabul qilsin.

RAMAZONI ShARIF

Har yili muborak Ramazon oyi yaqinlashib kelar ekan, kishilar uni kutib olish uchun tayyorgarlik kura boshlaydilar. Lekin afsuski, bu tayyorgarliklarning kupi Ramazoni sharifning asl mohiyatidan uzoq bulgan tayyorgarliklar buladi.
Aslida yilning un ikki oyining eng ulugi bulgan, alohida ajrab chiqqan, Alloh taolo uzining okhirgi kitobi va abadiy mujizasi Quroni Karimni nozil etgan, ruzasini tutishga amr qilgan bu mutabar oyni boshqacharoq kutib olish lozim buladi.
Ushbu muborak oyni ruzasini Alloh taolo amr qilganidek, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam kursatib urgatganlaridek tutish, bu oyning fayzu barakotidan kuproq manfaatdor bulib qolish yullarini yakhshilab urganish bilan kutib olish kerak buladi.
Chunki bu ulug imkoniyat, Allohning roziligini topish imkoniyati, taqvo hosil qilish imkoniyati va boshqa yakhshiliklar imkoniyati yilda bir marta beriladi, kholos. Shuning uchun Ramazon ruzasi hukmlarini uni tutishdan oldin yana bir bor pukhta urganib olish lozim buladi. Bunday urganish bilmaganga bilim, bilganga pukhtalash buladi.
Ayniqsa, uzoq vaqt khudosizlik tuzumi ostida ezilgan, uz dinini urganish imkonidan mahrum bulganlar uchun juda ham zarurdir.
Ramazon suzi arabcha bulib, «ramzau» uzagidan olingan va lugatda uta issiq manosini bildiradi. Ulamolarimiz bu lugaviy manoni voqelik va balogat ilmi nuqtai nazaridan sharh qiladilar. Ramazon voqelikda ruza tutish avvalgi dafada uta issiq vaqtga tugri kelganini bildiradi. Balogat ilmida esa khuddi issiq madanning zangini kuydirganidek, Ramazon ham uning ruzasini tutganlarning gunohlarini kuydirib, uzlarini sayqallab poklaydi.
Ruza, shariat ulamolari tarifida, Ramazon oyida tong otgandan quyosh botgunga qadar niyat qilib, uzini emak-ichmoq va shahvoniy ishlardan tutib turishdan iborat bulib, Islom dinining asosiy besh ruknidan biri hisoblanadi. Ushbu besh rukn, iymon, namoz, ruza, zakot va hajlar bulib, ularning birortasisiz, jumladan, ruzasiz Islomni tasavvur qilish ham mumkin emas.
Ramazon oyi ruzasini tutish har bir balogatga etgan aqlli shakhsga, Allohning amri, Paygambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari va Islom ummatining ijmosi ila ikkinchi hijriy yilda farz bulgan. Yani ikkinchi hijriy yilda Alloh taolo Quroni Karimda Ramazon oyi ruzasini tutish haqidagi oyatlarni nozil qilgan.
Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam uzlari ruza tutib, boshqalarni ham tutishga undaganlar, kuplab hadisi shariflarida ruzaning farz ekanini bayon etganlar.
Ramazon ruzasining farz ekanligiga usha vaqtdan hozirgacha hamma musulmonlar ittifoq qilganlar. Hech kim buni inkor qilmagan. Kim Ramazon ruzasini tutish farz ekanligini inkor etsa, kofir buladi. Islom millatidan chiqadi, dindan qaytgan murtadga berilgan jazoga tortiladi.
Kommunistik mafkura rasman bekor qilingunga qadar, bizning yurtimizda khudosizlar – ochiqdan-ochiq Islomni, jumladan, Ramazon ruzasini inkor qiladiganlar, kofirliklari bilan fakhrlanadiganlar kup edi. Endi esa ochiq aytish zohiran mulohaza qilinmay qoldi. Ammo boshqacha kurinish paydo buldi. Odamlar ichida men dinni hurmat qilaman, uzimni musulmon hisoblayman, ammo din degani Khudo bilan bandaning urtasidagi khos aloqa bulishi kerak. Khudoni tan oldikmi, etadi, boshqa tomonini uzimiz bilamiz, deydiganlar urchiy boshladi. Ular bu gaplari bilan kupchilikni ham uzlariga ukhshab adashtirmoqdalar. Islom shariati qoidasiga binoan, ularga ham uzlarining gunohlari, ham ularning gapiga kirib aldanganlarning gunohlari buladi. Ularning gapiga kirib adashganlarga esa uz gunohlari buladi.
Islom – odamlar uziga uzi belgilab oladigan din yoki shariat emas. Islom – Allohning bandalariga amr qilib, ishonish va tatbiq qilishi lozim bulgan aqiydalar va amaliyotlar majmuasidir. Bandalar Alloh yuborganidek etiqod qilishga, Alloh buyurganidek amal qilishga majburdirlar. Ana shunday bulgandagina kishilar Alloh taologa buysungan, taslim bulgan, yani musulmon bulgan buladilar. Aks holda esa musulmonlikdan asar ham qolmaydi. Uzimiz uylab kuraylik: kimdir biror firqaga, tashkilotga, jamiyatga «Men sizlarning fikringizga qushilaman-u, ishlaringiz, har bir azoga quygan talablaringizga buysunmayman», desa, albatta, unday odamni hech bir firqa, tashkilot yoki jamiyat uz safiga qabul qilmaydi.
Oddiy insoniy aloqalarda qabul qilib bulmaydigan narsani nima uchun Robbul olamiynning diniga nisbatan qullashga utiladi? Tugrisini aytganda, bunday fikr musulmon emas millatlarga kur-kurona taqlid qilishdan boshqa narsa emas.
Islomda Alloh taologa shart quyib, banda bulish yuq. Islomda faqat Alloh taologa butunlay taslim bulish bor. Shuning uchun ham «Men Allohga iymoni bor musulmon odamman-u, biroq ruza tutmayman, bu men bilan Allohning oramizdagi ish», deyishga hech kimning haqqi yuq. Musulmonman degan odamga bu fikr tamoman yot bulishi kerak.
Ruza tutishdan qochadiganlarning yana bir qismi khuddi yuqoridagi buzuq fikrga ukhshash, ammo anchadan beri kishilar orasida yurgan nomaqul fikrni uziga dastak qilib oladilar. Bu gapni kupchilikka urnashib qolishida uzlarini diniy ilm egasi qilib kursatib yurgan shakhslar ham sabab bulgan. Bu fikr egalari «Inson mumin bulsa, ibodatlarini qilmasa ham, jumladan, ruza tutmasa ham Alloh kechirishi mumkin ekan», deydilar. Avvalo, mazkur buzuq fikrni aytib yurganlar, shahodat kalimasini ayta olmaydigan, muhit sharoiti ila uzini musulmon sanab yuradigan odamlar buladilar. Ularning tegirmoniga suv quyayotgan, uziga diniy ilm nisbatini berayotganlar esa tarikhda bulib utgan fikriy kurash va mutaassiblik ortidan chiqqan fikrni notugri talqin qiladilar. Bir vaqtlarda «khavorijlar» – khorijiylar nomi ila bir ashadiy mutaassib toifa chiqqan, ularning asosiy yunalishlaridan biri sal narsaga ham musulmonlarni kofirga chiqarish edi. Khorijiylar hatto hazrati Ali roziyallohu anhuni ham kofirga chiqarishgacha etganlar. Ular bilan bulib utgan tortishuvlarda «Gunohi kabira qilgan muminning hukmi qanday buladi?» degan savol tugrisida alohida gap-suzlar bulgan. Khorijiylar: «Mumin kishi gunohi kabira qilish bilan kofirga aylanadi, uni murtad sifatida uldirish kerak», deganlar. Khorijiylarga mukholif bulganlar esa «Mumin kishi gunohi kabirani qilishi joiz, deb etiqod qilsa, kofir buladi, ammo qilish joiz emas, deb etiqod qilsa-yu, khato yoki zaiflik tufayli gunohi kabira qilsa, osiy buladi, iymon doirasidan chiqmaydi», deganlar. Bu erda gap bir marta gunoh qilish haqida ketadi. Bora-bora khorijiylarga qarshi ularning uzlariga ukhshash ashaddiy «murjia» mazhabi paydo bulgan. Bu mazhabning muboligali gaplarini jumhur ulamolari tanqid qiladilar. Musulmonlar ommasining asosiy aqiydaviy mazhabi bulmish, Ahli sunna val jamoa mazhabi ulamolari gunohi kabira qilgan, shu jumladan, ruza tutmagan odam, gunohni birinchi marta sodir etgandan sung, uni muhokama qilib, nima uchun bu gunohni qilgani, misol uchun bir kun ruza tutmaganining sababi suraladi. «Agar men buni qilsa bulaveradi, deb etiqod qilaman», desa, dindan chiqqanligiga hukm qilinadi, agar «Bu ishni tugri tushunaman, lekin dangasalik qilibman», desa, unga tavba qildiriladi va shariat buyicha kursatilgan jazo kuriladi va ikkinchi marta bu gunohni takrorlamaslik uqtiriladi, deganlar. Agar shundan keyin ham usha gunohda davom etaversa, misol uchun ruza tutmay yuraversa ,tavbaga ham urin qolmaydi, deganlar.
Quroni Karimda, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida, sahobai kiromlar, ulug ulamolar gaplarida, ruzani hamma tutishi farzligi haqida qayta-qayta takidlangan, biror joyda biror kun tutmay qolishga ham rukhsat yuq. Khorijiylar mazhabi bilan «Gunohi kabira qilgan muminning iymoni qoladimi yuqmi?» degan savol yuzasidan tortishuvda aytilgan fikrni «Umr buyi ruza tutmay yuraversa buladi», degan fatvoga aylantirib olishga ham hech kimning haqqi yuq!
Uzrsiz Ramazoni sharifning bir kunlik ruzasini tutmagan odam shariat hukmi ila oltmish kun ketma-ket, orasini uzmay ruza tutib berishi kerak. Bu ham yamoq solganga ukhshash ish buladi. Chunki Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Bir kun farz ruzani tutmagan odam umr buyi ruza tutib utsa ham, usha ruzasi tutilmay qolgan kunning urnini tulgiza olmaydi», deganlar.
Boshqa bir hadisi sharifda esa:«Bir kun ruzani tutmagan odam qirq yilgacha jannat hidini ham hidlay olmaydi», deyilgan.
Nazariy iymonga suyanib, Allohning amrlarini bajarishdan, jumladan, namoz, zakot, ruza kabi ibodatlardan buyin tovlaydigan odamlar katta khato qiladilar. Ulamolarimiz unday kishilarni shaytondan farqi yuq, deydilar. Chunki shayton ham Alloh taoloning biru borligiga qattiq ishonadi. Ammo odamga sajda qil, degan amriga buysunmagani uchun lanatga uchragan. Ushbu notugri fikrlarni tuzatib, Allohning barcha amrlarini bajarishga, jumladan, ruza tutishga utganlar uzlari uchun foyda qiladi.

RAMAZONNI QARShILAB

Bazi kishilarimizda «Ruzador kishini tuydirgan odam ruza tutganning savobini oladi», degan gapni notugri talqin etib, iftorlik marosimi qilib, kup odamlarni chaqirib, keyin uzi ruza tutmay yuraverish odati ham yuq emas. Bu odat mutlaqo notugri tushuncha oqibatidir. Avvalo, ruza tutganlarga taom bergan kishi, ruza tutganning savobini oladi, degani «uzi ruza tutmasa bulaveradi», degani emas. Qolaversa, hech bir savob ish shariatda farz qilingan ibodatni ado qilmay quyishga sabab bula olmaydi.
Miskin kishiga taom berishning ruza tutgan urniga utishi esa fidya berish deyiladi. Bu ishni qilishga Quroni Karimda rukhsat berilgan, uta qariganlari sababli ruza tuta olmay qolgan otakhon va onakhonlar haqlilar kholos. Ulamolarimiz bu toifaga tuzalishidan umid yuq surunkali kasalga chalingan kishilarni ham qushganlar. Faqat ana shu mazkur toifalargina tuta olmagan har bir kunlik ruzalari urniga bir miskinni tuygazadilar. Qolganlarga bu rukhsatning dakhli yuq. Boshqa kishilar dunyodagi barcha miskinlarni tuygazsalar-da, farz ruzaning bir soati ham ulardan soqit bulmaydi.
Avvallari keng tarqalgan notugri tushunchalarning yana biri «Qariganda, nafaqaga chiqqanda ibodat qilarmiz», deb barcha gunohlarni qilib yuraverish, shu jumladan, Ramazon ruzasiga ham khuddi shundoq munosabatda bulishdir.
Shuni yakhshi tushunish lozimki, Islom dini qarib, nafaqaga chiqib, ishga, gunoh qilishga yaramay qolganlarning dini emas. Mumin-musulmonman degan odam, balogatga etganidan boshlab Alloh taoloning amrlarini bajarishga mukallafdir. Balogat yoshi esa qiz bolalarga hayz kurishdan, ugil bolalarda ehtilom bulish – uyquda bulganishdan boshlanadi. Ana shu yoshdan boshlab har bir qilgan ishi nomai amoliga yozila boradi va qiyomat kuni hisob-kitob qilinadi. YOshlikda qilingan ibodat esa uzgacha fazlga ega buladi. Balogat yoshiga etganlarni shariat hukmlariga amal qildirish, jumladan, ruza tutdirish ota-onalarning, valiyul amrlarning burchidir. Qariganda qilgan ibodat uz vaqtining ibodati buladi. U vaqtdagi ibodatni yoshlik paytiga kuchirib bulmaydi. Barcha ibodatlar kabi ruza ham kishi boshiga farz. Har kim uz vaqtida, uz shakhsi ila ado etmogi lozim. Qarilar tutgani bilan yoshlardan, ota tutgani bilan boladan, ona tutgani bilan qizdan soqit bulib qolmaydi.
Ruza tutishlari uta uzrli bulgan haddan tashqari keksa va surunkali ogir kasalga chalinganlar fidya berishlari haqida yuqorida zikr qilib utildi.
Shu bilan birga, bazi uzrli kishilarga ruzani qazo qilishga ham yani, Ramazon oyida uzr sababli tuta olmagan har bir kunlik ruza urniga bir kundan ruza tutib berishga rukhsat etilgan.
Bu toifaga safardagi kishilar, ogir kasallar, hayz va nifosli ayollar kiradilar.
Ramazon oyida safarga chiqqan odamga, safar qiyinchiliklari etiboridan keyin qazo ruza tutib berishga rukhsat berilgan. Qiynalmasa, ruzani safarda tutsa ham bulaveradi.
Ramazon oyida kasal bulib qolib, ruza tutsa kasali ziyoda bulishi yoki tuzalishi orqaga surilishi khavfi bulgan mumin musulmon, ishonchli tabiblar tomonidan tasdiqlangan odam ham keyin qazo qilib tutib berishi mumkin. Ulamolarimiz khuddi shu toifaga homilador va emizikli ayollarni ham qushganlar, ular ham uzlariga yoki bolalariga zarar etishidan qurqsalar, Ramazon paytida tuta olmasalar keyin qazosini tutadilar.
Hayzli va nifosli ayollar esa, uzlaridagi mavjud holat tufayli poklanish imkonlari yuq bulganidan namoz uqish yoki ruza tutishlari mumkin emas. Hayz va nifosdan pok bulganlaridan keyin qazosini tutib beradilar.
Ushbu zikr etilgan toifalardan boshqa kishilar albatta ruzani uz vaqtida tutishlari, shuningdek boshqa ibodatlarni ham ado etishlari lozim.
Kishining uzini emoq-ichmoq va shahvoniy ishlardan tiymogi bilan ruza hosil buladi. Ammo, ruza mukammal bulishi uchun inson uzini turli bulmagur gap suz, urish-janjal va beodobchiliklardan ham tiymogi lozim buladi. Ana shundagina ruzasi barkamol bulib, tutgan ruzasidan kuzlangan maqsadga erishiladi. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «Kim yolgon gapirishni va unga amal qilishni tark qilmasa, uning taomini va sharobini tark qilishiga Allohning hech hojati yuq», degan hadislarini ana usha manoda tushunamiz.
Ramazoni sharifni sharofati ila solih amallarning savobi kupayishini hamma yakhshi biladi. Shu bilan bir qatorda Ramazoni sharifda qilingan gunohlarning iqobi ham kuchayishini ham barcha bilishi kerak.
Ruzador inson befoyda, yolgon, tuhmat, buhton gap-suzlarga mutlaqo yaqin yulamasligi, boshqa birov urish-janjal boshlasa, men ruzadorman, deb chetla- nishi lozim. Ruza tutgan shakhs iloji boricha kuproq Allohning zikrini qilsa, Quron tilovat qilsa juda yakhshi buladi.
Iftorlik qilish bilan ruza soqit bulmasligini yuqorida aytib utdik. Ramazon oyida iftorlik marosimi qilib ruzadorlarni tuydirish yakhshi ish. Ammo boshqa khayru ehsonlar kabi bu marosim ham shariatda aslida beva-bechora, miskin-faqirlarni kuzlab joriy qilinganini unutmaslik kerak. Iftorlik marosimi qilish hech kimga farz ham emas, vojib ham emas. Bizda, ayniqsa yaqin qarindoshlari olamdan utgan odamlar, nima qilib bulsa ham kattaroq iftorlik qilishga, kuproq odam chaqirishga urinadilar. Uziga tuq va puldor odamlar ehtimol iqtisodiy qiyinchilikka uchramaslar, ammo kambagal kishilar uzlarini, bola-chaqalarini qiynash evaziga iftorlik qilishlari hech shariatga tugri kelmaydi. Iftorlik qilib boy-badavlat, kazo-kazolarni iloji boricha aytib fakhrlanish, beva-bechora, miskin-faqirlarni aytmaslik esa mutlaqo Islom shariati ruhiga tugri kelmaydigan ishdir.
Yana shuni ham takidlash lozimki, iftorlik qilish deganida, albatta uyiga qozon osib, dasturkhon yozib, tup-tup odam aytishni tushunmaslik kerak. Kambagal, muhtoj kishilarga iftorlik taomini olib berish yoki kerakli mablagni berish eng yakhshi iftorlik buladi. Chunki ruzador va haqdor odamni riyokorliksiz iftor qildirilgan buladi.
Bazi iftorliklarda khujakursinga, dabdabaga berilib ketib noshariy ishlar aralashtirib yuborish hollari ham uchrab turadi. Bunga ukhshash notugri tasavvur va ishlarga barham berish kerak.
Ramazoni sharifdagi sadaqai fitr ham tutilmagan ruzaga beriladigan soliq emas. Balki, inson uzini poklash uchun, ruza tutish davomida sodir bulgan bazi kamchiliklar urnini tuldirish uchun, kambagal va muhtojlarga yordam bulishi uchun joriy qilingan moliyaviy ibodatdir. Bu moliyaviy ibodatni hamma musulmonlar kishi boshiga ado etadilar, kambagal musulmonlar esa undan foydalanadilar.
Ulamolarimiz, khususan hujjatul Islom imomi Abu Homid Gazzoliy rohmatullohu alayhi ruzador odam oddiy vaqtlardagi nonushtasini saharlik, kechki ovqatini iftorlik qilgani maqul, deydilar. Zotan ruzaning hikmati ham shunda. Yani, oddiy vaqtdan kura oz taom istemol qilishdadir.
Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam uz hadisi shariflarida saharlikni okhirgi vaqtgacha chuzib borishni, iftorlikni avvalgi vaqtda qilishni qayta-qayta takidlaganlar.
Shuningdek, u zoti bobarakot sollallohu alayhi vasallam ruzani ulab tutmaslikni, yani qasddan saharlik qilmay utkazib yubormaslikni ham tayinlaganlar.
Iftor vaqtida astoydil duo qilish hamda hul va shirin narsalar bilan ogizni ochish haqida ham kuplab hadisi shariflar kelgan. Ramazon kunduzini ruza tutish bilan utkazgan odam, uning kechasini iloji boricha ibodat bilan utkazishga urinishi lozim.
Alloh taolo, hammamizni qayta-qayta Ramazonga etkazsin. Alloh taolo barchamizni Ramazon ruzasini tula-tukis ado etishimizni nasib aylagan bulsin! Omin!

RUZA IBODATI BANDALAR UChUN ALLOHNING RAHMATIDIR

Biz, mumin musulmonlar, butun dunyoni va undagi hamma narsalarni Alloh yaratganiga iymon keltiramiz. Shuningdek, Alloh taolo insonni ushbu borliqda azizu mukarram va uzining er yuzidagi khalifasi bulishi uchun yaratganiga ham iymon keltiramiz.
Alloh yaratgan inson, Alloh yaratgan borliqda faqat Allohning kursatmasi, diniga amal qilib yashamogi lozim ekanligiga ham iymon keltiramiz. Alloh taolo uzi yaratgan borliqda uzi yaratgan inson qanday qilib yashasa, ikki dunyo bakhtu saodatiga erishishini eng yakhshi biladigan Zotdir. Ana shu bilimi asosida insoniyatni uzoq tarikh davomida asta tarbiyalab kelib, insoniyat kamoliga etganda uzining barkamol va boqiy dini Islomni yubordi. Islom shariatining har bir hukmi inson bakhti-saodatiga qaratilgandir. Uning hech bir hukmi hikmatdan kholi emas. Faqatgina Allohning cheksiz hikmati oldida ojiz inson bu hikmatlarni uz vaqtida, tulaligicha tushuna olmaydi. Shariat hukmlarini faqat uz foydasiga ekanligini inson kerakligicha tushunganida uzi uchun bitmas tuganmas khayru barakotni tushungan bular edi. Ming afsuski, kupchilik buni tushuna olmaydi.
Alloh taolo bandalarning ibodatiga, shariatiga amal qilishlariga muhtoj emas, rivoyat qilingan hadisi qudusiylardan birida Alloh taolo: «Bandalarimning hammasi: oqiyu qorasi, arabiyu ajami dunyodagi eng taqvodor odam qalbiga ega bulib menga ibodat qilganlarida, menga zarracha foyda qilmas, shuningdek, bandalarimning hammasi: oqiyu qorasi, arabiyu ajami dunyodagi eng fojir odam qalbiga ega bulib menga isyon qilganlarida, menga zarracha ziyon bulmas», degan. Ha, kishilarning shariatga amal qilishlarida faqat uzlariga foyda bor, Allohga ham, Paygambar sollallohu alayhi vasallamga ham, davatchilarga ham foyda yuq. Lekin Alloh taolo bandalariga mehribon bulganidan, ularga lutfu marhamat kursatib, saodatning eng tugri va eng oson yulini kursatib bergandir. Aslida, Alloh taolo insonni yaratib, unga kuz, quloq, til, va boshqa his qilish azolari ato qilib, aql berganidan keyin «Shu bergan nematlarim bilan meni top, menga ibodat qil», desa haqi bor edi, ayni adolat bular edi. Ammo, Alloh taolo bunday qilmadi. Uz bandalariga bu ishni osonlashtirish uchun Paygambar yubordi, Quron tushirdi, hidoyat yulini uzi kursatib berdi. Inson uchun faqat ilohiy kursatmalarga amal qilish qoldi, kholos. Ana shunda u ikki dunyo saodatiga erishishi turgan gap.
Misol uchun, Ramazoni sharif ruzasini tutishni olaylik. Bu ibodatni ado qilishda Alloh taologa hech bir foyda yuq. Hamma foyda ruza tutuvchi inson uchun buladi.
Avvalo, Alloh taolo ruzani farz qilish bilan bandalarga ulkan bakht-saodat eshigini ochib quyganini aytish lozim. Agar Alloh taolo musulmonlarga ruza tutishni farz qilmaganida kuplab yakhshiliklardan, bu dunyoyu okhirat manfaatlaridan mahrum bular edilar. Ruza ibodatidan ruzador mumin-musulmonlarga keladigan yakhshiliklar, manfaatlar haqida ruza farz bulganidan buyon gapirib kelinmoqda, zamon utishi bilan esa ruzaning yangidan yangi foydalari namoyon bulmoqda. Keling, Robbimiz siz bilan biz musulmon bandalarga farz qilgan ibodat – ruza tutish ibodatining hikmatlari, foydalari haqida qisqacha tukhtalib utaylik.
Avvalo, ruza ibodati bandaga Alloh taologa qurbat hosil qilish, uning roziligini topish, kuproq savob topib jannatga kirish uchun kerakli zodi rohila topish imkonini beradi. Ruza tutgan kishidek Allohga yaqinlasha olgan odam bulishi qiyin. Chunki ruza tutgan inson faqat Alloh uchun, uning roziligiga erishish uchun och qoladi, chanqaydi, tashna buladi. Alloh subhanahu va taolo Hadisi Qudsiylardan birida: «Odam bolasining hamma ishi uzi uchun, illo ruza men uchun, uning savobini Uzim bilib beraman», dedi. Alloh taolo boshqa ibodatlarga qanchalik savob berishi tayinli. Ammo, ruzaniki haddan tashqari kupligidan, uni tayin qilmay, uzim beraman demoqda. Darhaqiqat, ruzadan boshqa ibodatlarda ibodat qiluvchi khohlasa-yu khohlamasa, bir oz khujakursinlik buladi. Namoz uqisa, birovlar kuradi, namozkhon ekan, degan fikrga keladilar. Namozkhonning uzida ham odamlar kurib turganining etibori buladi. Zakot bersa, hech bulmasa zakotni qabul qilib olgan odam biladi, tashakkur aytadi, haqqiga duo qiladi. Haj bulsa, ayniqsa bizning sharoitimizda dabdabaga aylanib ketadi. Ruza tutuvchi esa kechasi hech kim kurmaydigan vaqtda saharlik qiladi. Kun buyi boshqalardan hech farqi bulmagan holda yuradi, faqat Allohdan qurqqani uchun ruzasini ochmay okhiriga etkazadi. Ana shuning uchun ham, Alloh «Ruzani bandam men uchun tutadi», demoqda. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam uz hadisi shariflaridan birida «Ruzadorga ikki khursandchilik bor: iftor paytidagi khursandchilik va Robbisiga muloqot bulgan paytdagi khursandchilik», deganlar. Boshqa ibodatlarga bunga ukhshash vadalar qilinmagan. Banda uchun eng yuqori mukofot Robbil olamiynning jamoliga musharraf bulishdir. Mashhur zohidlarning asl maqsadlari ham ushbu maqomga ega bulish bulgan. Alloh taolo aynan ushbu maqomni ruzador bandalariga vada qilmoqda.
Hadisi sharifda jannatning «Rayyon» ismli eshigi bulib, undan faqat ruzadorlar kirishi takidlab aytilgan. Ruzaning bu kabi okhiratga taalluqli fazilatlarini aytib okhiriga etkazish qiyin. Ulamolarimiz bu haqda alohida kitoblar yozganlar.
Ruzaning ruzador shakhsiga utkazadigan tasirlari ham juda kup. Ruza, ayniqsa, kishilarda kupgina fazilatlarning  mujassam bulishida katta khizmat qiladi.
Alloh taolo Ramazon sharifning ruzasini farz etib tushirgan dastlabki besh oyat Baqara surasidadir. Usha besh oyatning birinchisi: «Ey, iymon keltirganlar, sizlarga uzingizdan oldin utganlarga farz qilinganidek ruza farz qilindi. Shoyadki taqvodor bulsangiz», oyatidir.
Ushbu oyatda, shoyad, odamlar taqvodor bulsalar, deb ruza farz qilingani ochiq aytilmoqda.
Ikkinchi oyat esa: «Agar bilsangiz, ruza tutmogligingiz siz uchun yakhshilikdir», deb tamom buladi. Demak, kishilarga yakhshilik bulsin, deb ruza farz qilingan.
Uchinchi oyat esa: «Shoyadki, shukr qilsangiz», deb tugatiladi. Demak, kishilar Allohga shukr qilsin, deb ruza farz qilingan.
Turtinchi oyat: «Shoyadki, rushdi hidoyat topsalar», deb tugatiladi. Demak, kishilar rushdi hidoyat topsinlar, deb ruza farz qilingan.
Beshinchi oyat: «Shoyadki, taqvo qilsalar», deb tugatiladi. Demak, ruza kishilar taqvodor bulsalar, deb farz qilingan. Etibor beradigan bulsak, ushbu oyatlar majmuasi taqvo bilan boshlanib, taqvo bilan tugatilmoqda. Shundan ruzaning asosiy hikmatlaridan biri kishilarda taqvodorlik malakasini oshirishdir, deya olamiz. Ha, ruza tutgan odamda taqvodorlik hissi ortadi. Haqiqiy ruza tutgan odamni taqvosi ortishidan boshqacha ruza tutganlardan ajratib olsa buladi. Insoniyat tarikhida utgan barcha paygambarlar, aziz avliyolar, buyuk mutafakkirlar, ulug dohiylar hammalari ruza tutib ulug maqomga erishganlar.
Faqat Allohni rozi qilish maqsadida chin ikhlos bilan ruza tutgan odam har lahzada Robbisining nazarini his qilib turadi va unda taqvodorlik hissi ortadi.
Bu Quroniy haqiqatni un besh asrdan sung, Islomdan, Qurondan umuman khabari yuq turli millatlarga mansub ilmiy khodimlar tasdiqlamoqdalar. Taqvodorlik esa har bir inson uchun ikki dunyo saodatiga erishish yulidagi eng muhim sifatdir. Musulmonlar uchun un besh asr avval bu sifatni kasb qilish yulini ibodat qilib quygan mehribon Allohga hamdu sanolar bulsin! Omin!

RUZANING MOHIYaTI

Alloh taolo Ramazon oyi ruzasini farz qilingani haqidagi oyati karimada:«Ey iymon keltirganlar, sizlardan oldingilarga farz qilinganidek, sizga ham ruza farz qilindi. Shoyadki taqvodor bulsangiz», deydi. Ushbu oyatni uqigan odam, musulmonlar, ulardan avvalgilarga farz qilinganidek ruza farz qilinibdi, deb ketaverishi mumkin. Lekin tuzukroq taammul qilinsa, oyatga tegishli malumotlar, tafsirlar urganilsa, uta ahamiyatli haqiqatlar yuzaga chiqadi. Ushbu oyati karimani uqiganimda, mumin-musulmonlarga manosini aytib berganimda, vazlarda sharhlaganimda, «Hilol» tafsirida tafsir qilganimda, doimo bir narsa khayolimdan utadi. Bolalikda Sovet maktabida, Ramazon paytida bir uqituvchi (agar ushanday odamni uqituvchi deb atash mumkin bulsa), ruzani arabistonlik Muhammad degan odam uylab chiqargan. Arabistonda issiq buladi. Bir kun sasib qolgan gushtni eb odamlar zaharlanib qolgan. Ushanda Muhammad odamlarga ovqat emaslikni buyurgan. Keyinchalik odat tusiga kirib qolgan, degan edi. Ushanda kichkintoy uquvchilar ruzaning mohiyatini tushunmasalar ham, uqituvchi degan shakhs yolgon gapirganini yakhshi anglagan edilar. Ushbu oyatda esa ruzani Muhammad ismli odam emas, balki Muhammad sollallohu alayhi vasallam ismli odamning va barcha odamlarning Robbisi amr etgani bildirilmoqda. Ruza ibodati faqat Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlariga emas, utgan barcha ummatlarga ham farz qilinganini bildirmoqda. Chunki barcha ummatlarning Robbisi bir, barcha paygambarlarning yuboruvchisi bir, barcha kitoblarning tushuruvchisi bir, barcha shariatlarning joriy qiluvchisi bir – Alloh taoloning uzidir.
Yuqoridagi oyati karimaning tafsirida kuplab tafsirchi olimlarimiz, dunyodagi barcha dinlarda, hatto samoviy emas, odamlar uzlari uylab chiqargan dinlar, mazhablarda ham ruza borligini tarikhchilarga asoslanib takidlaydilar. Chunki ruza tutish inson hayotining taqozosidir. Ruzaning inson uchun zarur narsa ekanligini inkor etish uchun yoki insonlik tabiatidan chiqish kerak yoki kommunist bulish kerak. Boshqalar hammasi u yoki bu shaklda ruzani ikhtiyor qilganlar va qilib kelmoqda. Agar inson sogligini saqlash uchun harakat qilayotgan mutakhassislarga quyib berilsa, aynan islomiy ruzani butun dunyodagi odamlarga farz qilishlarida shubha qolmadi. Chunki boshqa samoviy dinlarda ham ruza mohiyati zamon utishi bilan kishilar tomonidan buzib yuborilgan. Misol uchun, hozirda eng kup tarqalgan dinlardan birida ruza hayvon mahsulotlari, yani gusht, sut, tukhum kabilarni tanavvul qilishni tukhtatishni anglatadi. Yana buni manaviy jasorat, deb ataydilar. Bunda Allohning amrini buzishning bir kurinishi borligi ochiq-oydin kurinib turibdi. Bu ishda okhirat, ilohiy amrlarga tegishli ishlar behuda ketganligida shubha yuq, ammo bu dunyoga ham foyda yuqligini tabiblar va ovqatlanish mutakhassislari ham takidlamoqdalar. Ularning takidlashlaricha, islomiy ruzadagi kabi mutlaqo eb-ichishning hamma turlarini tark etmaguncha ochlik foyda berib, soglikni unglamaydi. Bazi ovqatlarni tark etish esa ovqat parhezi bulib zararli ekan.
Ushbu fikrlar kishini musulmonlarning ruzaga bugungi kunda bulayotgan munosabatlariga tortadi. Hamma emas-ku, bazi kishilar ruzaning mohiyatini anglab eta olmaydilar. Har yili ruzaga bir-ikki oy qolganda uzini Islom davlati deb nomlayotgan yurtlarda akhborot vositalari zur berib, Muborak Ramazonni munosib kutib olish uchun chet ellardan qushimcha gusht-yog, hayvonlar, turli oziq-ovqat mahsulotlari olib kelinayotgani haqida gapira boshlaydilar. Odamlar ham jon-jahdi bilan oziq-ovqat gamlashga utadilar. Bozorlarda oziq-ovqat narkhi keskin kutarilib ketadi. Natijada Ramazondan kissalari bushab, qorinlari tulib, bir necha kilo semirib chiqadilar. Ramazondan kuzlangan asosiy maqsad, taqvodorlik hissi, sabr, mehr-shafqat, birdamlik ruhi kabi oliy maqom insoniy fazilatlarni nima bulganini Allohning uzi biladi. Bazi bir osiy, fosiq-fojirlarga Allohning amriga buysun, ruza tut, desang, sening ishing bulmasin, uzim bilaman, deydi. Agar, ruza tut, ozasan, sogliging yakhshi buladi, desang, unday bulsa, tutsak bular ekan, deydi. Qachon hammamiz ruzaning mohiyatini tushunib etamiz? Qachon Allohning amrini suzsiz ado etadigan bulamiz? Qachon dunyodan okhiratni ustun quyadigan bulamiz?! Alloh taolo uzi tugri yulga boshlasin! Omin!

RUZANING FOYDALARI

Ruzaning ruzador shakhsiy sifatlariga beradigan foydalari haqida suzlar ekanmiz, sabr sifati haqida gapirmay utib bulmaydi. Ruzador kishida sabr-matonat sifati paydo bulishini  mustahkamlanishini hatto ruzaga dushman bulganlar ham rad qila olmaganlar. Inson uz ikhtiyori bilan och qolishi, tashna bulishi, shahvatdan uzini tiyishini va bu holat bir oy davom etishi insonda sabrli bulish sifatini kuchaytiradi. Hozirgi kunimizda esa bu juda ham kerakli sifatdir. Agar tuzukroq mulohaza qiladigan bulsak, bugungi kunimizda odamlar boshiga tushayotgan kupgina musibatlar ayni sabrsizlikdan bulmoqda. Ayniqsa, kishilarning oziq-ovqat mahsulotlaridan, turli ichimliklardan uzlarini tiya olmasliklaridan kelib chiqmoqda. Erkak va ayollarning uz shahvoniy hislarini tiya olmasliklari oqibatida kelib chiqayotgan balo-ofatlar hammaning kuz ungida yaqqol kurinib turibdi.
Ana shundan ruza orqali topadigan va sayqallanadigan shakhsiy sifatlarga har lahzada muhtoj ekanligimizni bilib olamiz. Buning ustiga inson umri davomida turli favqulodda holatlarga tushib turishini ham qushsak, mazkur foydalarning ahamiyati yana ham ortadi. Sharq adabiy merosimizda bunga kuplab misollar keltirilgan. Ana usha misollaridan birida ikki kishi zindonga solingani, ulardan biri semiz va baquvvat, ikkinchisi ozgin va kuchsiz kuringani, ovqatsiz qolishganidan sung semiz odam halok bulib, ozgin odam tirik qolgani, surishtirib kurilsa, ozgin ruza tutishga odatlangan odam ekanligi haqidagi qissa ham bor. Bunga ukhshash holatlar inson hayotida doimo takrorlanib turishini eslasak, ruza har bir kishi uchun zarurligiga ishonchimiz yana ham ortadi.
Ruzadan hosil buladigan shakhsiy sifatlardan yana biri, rahm-shafqatli bulish sifatidir. Ramazoni sharif oyining birinchi un kunligini Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam rahmat un kunligi deb elon qilganlar. Bu nafaqat Alloh taoloning bandalarga rahmati, balki bandalarning bir-birlariga rahmli,shafqatli bulishini ham uz ichiga oladi.
Ruza tutgan odam birov bilan sukishmasligi, urushmasligi qattiq tayinlanishidan maqsad ham shu. Uz ikhtiyori bilan och qolgan, tashna bulgan odamda uz-uzidan rahm-shafqat hislari uygonadi. Uzgalarga yakhshilik qilish tuygulari kuchayadi. Buni ruza tutgan har bir odam darhol mulohaza qiladi. Ayniqsa, ochlik va tashnalikni uz tanasida sinab kurgan shakhs, turli sabablarga kura doimo och qolganlarga rahm-shafqat qilish lozimligini tula tushunib etadi. Shuning uchun ham, ruzadorlardan och-yalongoch, beva-bechora, kambagal-miskinlar foydasiga khayr-sadaqa qilish kupayadi.
Bugungi kunda mehr-shafqatga, rahmdillikka va khayri ehsonga muhtoj kishilar qanchalik kup ekanliklarini hisobga oladigan bulsak, ruzaning ahamiyati yana ham ortadi.
Buning ustiga ruza tufayli musulmonlar ichida uzaro tenglik, birodarlik, mehribonlik aloqalarini yana ham ortadi. Boy-badavlat kishilar, podshoh va hokimlarning saroylari-yu qasrlarida ham, kambagal, beva-bechoralarning kulbalarida ham bir khil holat, bir khil ruhoniyat hukm suradi. Balki saroy va qasrlarning eshiklari ochilib, kambagallar ichkariga taklif etilib, aziz va mutabar mehmonlarga aylanadilar. YOki aksincha bulib boylar, amirlar, hokimlar boshlarini egib, kambagal, beva-bechoralarning kulbalariga iftorlik, khayr-sadaqa, zakotlarini kutarib borib, Alloh uchun qabul qilishlarini suraydilar. Kambagallarning qornini tuydirishi, ustini but qilish, kelajakka jamgarma tuplab olish ishlariga yordam beradilar. Ramazon sharafida uta sakhiy bulish Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning odatlaridir.
Imom Bukhoriy va Imom Muslimlar Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng sakhiy odam edilar. U kishining eng sakhiy bulishlari Ramazonda bular edi».deyilgan. Biz Ramazonning foydalari haqida dengizdan bir tomchisini aytib utdik, kholos. Alloh taolo barchamizni Ramazonning hamma foydalaridan manfaatlanishga nasib etsin.

RUZA VA SALOMATLIK

Ruzaning insonga keltiradigan foydalari haqida gap ketar ekan, uning inson salomatligiga nisbatan uta foydali ekanligi eng kup gapiriladigan mavzulardan biriga aylanib qolganini aytib utmoq lozim. Ha, bu haqda bugun butun dunyo gapirmoqda. Bundan avval ham gapirgan. Faqat khudosiz kommunistlargina ruza kishi salomatligi uchun zararli, deyishar edi. Uzlariga ilm nisbatini bergan bu johillar yaqin-yaqingacha odamlarga ruza soglikni buzuvchi eng katta omil ekanini uqtirmoqchi bulib keldilar. Ruza yaqinlashishi bilan kommunistik akhborot vositalari unga qarshi tashviqot ishlarini boshlar edi. Hamma joylarda «Bilim jamiyati» deb nomlangan jaholat markazlarining gumashtalari odamlarga ruzaning zararlari haqida maruza uqishni boshlar edilar. Tabib nomiga dog tushiruvchi oq kiyimli kishilar esa asosan, tib nomidan qora ishlarni qilib, ruzani inson sogligiga zarar, deb safsata sotishar edilar. Ishkhona, uquv yurtlarida ruzadorlarga qarshi kurilgan jazo choralarini gapirishning uzi insoniyat uchun or-nomus. Lekin shu bilan bir vaqtda, Islomdan, Qurondan, shariatdan. umuman, bekhabar khalq va yurtlar vakillari ulardagi bilim va tib khizmatlari ruzaning insoniyatga, khususan, soglik sohasida qanchalik foydali ekanligi haqida kashfiyotlar qilishar, tajribalar utkazishar, ilmiy asarlar yozishar edilar. Eng qizigi, usha ruzaning, ikhtiyoriy och qolishning foydasi haqida gap kutarganlarning kuzga kuringanlari bizdagi khudosizlarning katta ogalari – urislar ichida edi. Keyinroq boshqa taraqqiy etgan davlatlarda bu borada ancha ishlar qilinganligi aniq buldi. Jumladan, Angliya, Fransiya, Olmoniya va AQShdagi olimlar kishilarni ochlik bilan davolash haqida sezilarli natijalarga erishdilar.
Rus professori Nikolaev va sheriklarini ochlik bilan davolashlari haqida yuqorida tukhtalib utdik.
Amerikalik mutakhassis Pol Bregg bulsa uzining ellik yillik shakhsiy tarjibasi mahsuli ularoq «Mujizakor ochlik» deb atalgan kitobini yozdi. Dunyodagi kuplab tillarga tarjima qilingan bu kitob, ruza inson sogligi uchun eng zarur omil ekanligining tashviqotchisiga aylandi. Inson sog-salomat bulay desa, ruza tutishi zarur ekan. Bu esa Imom Tabaroniy uzlarining «Al-Avsat» kitoblarida Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan: «Ruza tutinglar – salomat bulasizlar», degan hadisi sharifning ilmiy tasdigidir.
Eng ajablanarlisi, ruza bilan davolovchilar kishi sog-salomat yurishi uchun yiliga 28-32 kun ikhtiyoriy och qolishi kerak, degan khulosaga kelganlar. Alloh taolo esa bu muddatning urtachasi 30 kun Ramazonni biz musulmonlarga bundan 15 asr ilgari farz ibodati qilib quygan. Buyuk vatandoshimiz Shaykhur rais Ibn Sino ham kishilarni ochlik yuli bilan davolagan.
Hozirgi kunimizda Suriya bosh muftiysi Shaykh Ahmad Kuftaru hazratlari Islom olamida ruza bilan davolash bobida ancha shuhrat qozonganlar. Ayniqsa, u kishining huzurlarida mashhur sportchi, asrimiz boks tarikhi afsonasiga aylanib qolgan jahon chempioni Muhammad Alining shifo topishi katta shov-shuvga sabab buldi. Bazi azolari qaltiraydigan kasalga mubtalo bulgan Muhammad Ali shifo izlab bormagan joyi qolmagan edi. U uzini davolatish uchun 30 million dollar sarflagan, ammo biror natijaga erishmagan edi. Alloh unga yigirma kunlik ochlikdan sung shifo berdi. Yaqinda ochlik bilan saraton – rak kasalidan shifo topgan odamlar haqida ham khabarlar tarqaldi. Ana shunday foydali narsani biz musulmonlarga savob, manaviy ibodat qilib quygan Alloh taologa hamdu sanolar bulsin.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

bx_-tNwjJVWz4egYAK6IJgMpRni9CyY0

Propiska tizimini soddalashtirishga oid loyiha elon qilindi. Jiddiy uzgarishlar kutilmoqda

“Taraqqiyot strategiyasi” Markazi uzining rasmiy saytida Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish tizimini …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари