Home / Madaniyat / Ramazonda jinsiy yaqinlik..

Ramazonda jinsiy yaqinlik..

yakinlik Garchi voqelikdagi ushbu misolda ish bir oz engilroq bulib kurinsa ham, aslida ish uta ogirdir. Ramazon ruzasining bir kunini uzrsiz utkazib yuborish ulkan gunohdir. Uning urnini tuldirish juda ham mushkuldir. Ushbu hadisda zikr qilinayotgan kaforatlar bir kun tutilmay qolgan, khato tufayli ochilgan ruzaning kaforatidir. Agar usha miqdor ikki yoki uch kunga utsa, bir oy yoki bir umrga utsa, nima bulishini bir uylab kurish kerak…

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Halok buldim, ey Allohning Rasuli!» dedi.

«Seni nima halok qildi?» dedilar.

«Ramazonda khotinimning ustiga chiqdim», dedi.

«Qul ozod qilishga narsa topa olasanmi?» dedilar.

«Yuq», dedi.

«Ikki oy ketma-ket ruza tuta olasanmi?» dedilar.

«Yuq», dedi.

«Oltmish miskinga taom berishga narsa topa olasanmi?» dedilar.

«Yuq», dedi.

Sungra kutib utirdi. Paygambar sollallohu alayhi vasallamga bir zanbil khurmo keltirildi. U Zot (haligi odamga): «Mana buni sadaqa qilib yubor», dedilar.

«Ey, Allohning Rasuli, bizdan kura faqirroqqami? Allohga qasamki, u(Madina)ning ikki cheti orasida bizdan kura muhtojroq ahli bayt yuq», dedi.

Shunda Paygambar sollallohu alayhi vasallam kuldilar, hatto tishlarining oqi kurinib ketdi. Sungra: «Bor! Uni ahlingga taom qilib ber», dedilar». Beshovlari rivoyat qilganlar.

Sharh: Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Ruzador jinsiy yaqinlik qilsa, ruzasi ochilishi.

2. Ruzasini buzgan ruzador kaforat berishi vojibligi.

3. Eng avvalgi kaforat qul ozod qilish ekani.

Bu – Islomning quldorlikka qarshi kurashining kurinishlaridan biri. Musulmon kishining gunohini yuvishga qul ozod qilishning shart qilib quyilishi shuni kursatmasa, nimani kursatar edi! Faqat gunohkor qul ozod qilishga qodir bulmasagina, unga qarshi boshqa choralar kurila boshlaydi.

4. Kaforat berish vojib bulgan odam qul ozod qilishga qodir bulmasa, ketma-ket, orasini uzmay oltmish kun ruza tutishi lozim.

Ramazon ruzasini tutish davrida sabrsizlik qilgani sababli, sabrli bulishga tuzukroq odatlanib olishi uchun.

Albatta, oltmish kun ketma-ket ruza tutish oson emas. Albatta, bunga qodir bulishi mumkin kishilarga boshqa chora ham yuq. Lekin ushbu biz urganayotgan qissaning qahramoni, arobiylardan bulmish Salama ibn Sakhr roziyallohu anhu oltmish kun ketma-ket ruza tutishga qodir emas edilar. Boshqa bir rivoyatda kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:

«Ikki oy ketma-ket ruza tuta olasanmi?» deganlarida,

«Ruzani deb shu holga tushib turibman-ku!» degan.

5. Ramazonda jinsiy aloqa qilib, ruzasini ochib yuborgan odam ikki oy ketma-ket ruza tutishga qodir bulmasa, oltmish miskinga taom beradi. Har bir miskinga bir mudd (1 mudd – 1843 gram) miqdorida taom beradi. Bu esa, uz navbatida gunohkor kishining gunohini yuvishga imkon yaratib berish bilan birga, miskinlarga yakhshilik qilish yuli hamdir. Islom dini miskin-faqirlarga moddiy yordam kursatish uchun har bir qulay imkoniyatni tuliq ishga solgan.

Hadisning okhirida Salama ibn Sakhr roziyallohu anhuning arobiylarga khos soddalik va ochiqliklarining guvohi bulamiz. U kishi Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning uzlariga hadya qilib keltirilgan khurmo qobigidan tuqilgan zanbildagi oltmish miskinga etadigan, oltmish mudd miqdoridagi khurmoni oltmish miskinga berish haqidagi gaplarini eshitishi bilan Madinada uzidan kura miskinroq ahli bayt yuq ekanini eslatdi. Bu, «Uzim eb quysam bulavermaydimi?» degani edi. Shundoq ham buldi. Lekin buni ruzasini buzgani uchun mukofot manosida tushunmaslik kerak. Bu Salama ibn Sakhr roziyallohu anhuning uziga khos. Boshqalarga mumkin emas. Qolaversa, hozircha «Uzing eb tur, keyin topganingda kaforatni berasan», degan mano ham bor.

Jumhur ulamolar jinsiy aloqada qatnashgani uchun ayol kishi ham kaforat beradi, deganlar.

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam, uzrsiz bir kun ruza tutmagan odam umr buyi ruza tutib utsa ham, usha kunning urnini tulgiza olmaydi, deganlar.

Yana boshqa bir hadisda bir kun ruza tutmagan odam qirq yil jannatning isini ham hidlay olmaydi, deganlar. Shuning uchun Alloh etkazganiga shukr qilib, ruzani kanda qilmay tutish kerak.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари